Kontent qismiga oʻtish

Yaguar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yaguar
Yaguar

Yaguarkatta mushuklar ostoilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi. Gavdasining uzunligi 2 m gacha, dumi 75 sm gacha, jussasining koʻrinishi yoʻlbarsga oʻxshash, qizgʻish yungida qora dogʻlari va halqalari boʻladi. Janubiy, Markaziy Amerika va Shimoliy Amerikaning janubida tarqalgan. Tropik va subtropik oʻrmonlarda, ahyon-ahyonda togʻlarda uchraydi. Daraxtlarga chiqa oladi. Tuyoqlilar, maymunlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.