Héctor Bellerín

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Héctor Bellerín
1 hector bellerin 2015.jpg
Bellerín Arsenal safida (2015)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hector Bellerin Moruno
Tavallud sanasi 19-mart 1995-yil (1995-03-19) (27 yosh)
Tavallud joyi Barselona, Kataloniya, Ispaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Himoyachi (futbol)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal (futbol klubi)
Raqami 2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012- Arsenal 183 (8)
2013-2014 Watford (ijara) 8 (0)
2021–2022 Real Betis (ijara) 23 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Ispaniya U16 6 (1)
2012 Ispaniya U17 6 (0)
2013-2014 Ispaniya U19 9 (0)
2015-2017 Ispaniya U21 14 (0)
2016- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-noyabr 2020-yil uchun)

Hector Bellerin Moruno (1995-yil 19-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, APLning "Arsenal” klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va hujumkor qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Bellerin o'z faoliyatini "Barselona"da boshlagan va 2011-yilda "Arsenal"ga o'tgan. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan 2023-yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi[1].

Bellerin Ispaniya terma jamoasi safida U16 dan U21 yoshgacha bo'lgan yosh toifasida o'ynagan. U 2016-yilda Ispaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va keyinchalik o'sha yilgi Yevropa chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bellerin "Arsenal" safida (2015)

Kataloniyaning Barselona shahrida tug'ilgan Bellerin futbolchilik faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida boshlagan. U 2011-yilning yozida "Arsenal"ga o'tdi va keyingi yili o'zining birinchi professional shartnomasini imzoladi[2]. "Arsenal"ning yosh o'yinchisi sifatida Bellerin klubga 2012-13 yilgi NextGen seriyasida to'rtinchi o'rinni egallashga yordam berdi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar va "Watford"ga ijaraga berilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bellerin 2013-yil 25-sentyabrda Liga kubogining uchinchi turida “West Bromwich”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyutini amalga oshirdi[3].

Ikki oy o'tgach, Bellerin Championship klubi "Watford"ga ikki oylik ijara shartnomasi asosida qo'shildi va oradan sakkiz kun o'tib "Yeovil Town"ga qarshi o'yinda debyut qildi[4]. «Watford»dagi ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi[5], ammo 2014-yilning fevralida «Arsenal» uni qayta chaqirib oldi[6].

2014–15: Angliya kubogidagi ilk gʻalaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mathieu Debuchy, Calum Chambers va Nacho Monrealning jarohatlari sabab Bellerin Chempionlar ligasidagi debyutini 2014-yilning 16-sentyabrida Dortmundning "Borussiya"siga 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchralgan uchrashuvda o'tkazdi[7]. U 2015-yilning 1-fevralida “Arsenal” uchun birinchi golini “Aston Villa”ga qarshi oʻyinda (5:0) urishga muvaffaq bo'ldi[8] va 4-aprel kuni “Liverpul” ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda garchi Raheem Sterlingga qarshi qo'pol o'ynab penaltidan gol kiritilishiga sababchi bo'lgan esa-da, jamoaning ikkinchi golini kiritib, g'alabaga o'z hissasini qo'shdi[9].

2021–22: Real Betisga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 31-avgustda Bellerin o'n yildan so'ng Ispaniyaga qaytib, "Real Betis"ga mavsumiy ijara asosida qo'shildi[10].

Xalqaro maydonda...[tahrir | manbasini tahrirlash]

U19 terma jamoasi bilan 2013-yilgi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan Bellerin[11] 2015-yilning 30-martida Albert Celadesning U21 terma jamoasida debyut qildi va Leonda Belarus ustidan 4:0 hisobidagi zafar quchilgan o'rtoqlik o'yinida to'liq 90 daqiqa harakat qildi[12].

2016-yilning 29-mayida, Yevropa chempionatida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida qayd etilganidan soʻng, Bellerin St. Gallendagi AFG Arenada Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:1) maydonga tushib, milliy terma jamoa safida debyut qildi[13]. Ikki kundan so'ng, Dani Karvaxal jarohat tufayli o'yinni tark etganidan so'ng, u yakuniy tarkibga chaqirildi[14].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 15-may holatiga ko'ra[15][16]
Klub, mavsum va musobaqalar kesimidagi o'yinlardagi ishtirok va gollar jadvali
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Diviziya O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Goals O'yin Gol
Arsenal 2012–13 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2013–14 Premier League 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2014–15 Premier League 20 2 3 0 1 0 4 0 0 0 28 2
2015–16 Premier League 36 1 2 0 0 0 6 0 1 0 44 1
2016–17 Premier League 33 1 4 0 0 0 5 0 42 1
2017–18 Premier League 35 2 0 0 3 0 8 1 1 0 47 3
2018–19 Premier League 19 0 0 0 0 0 0 0 19 0
2019–20 Premier League 15 1 3 0 2 0 3 0 23 1
2020–21 Premier League 25 1 1 0 1 0 7 0 1 0 35 1
2021–22 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2022–23 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 183 8 12 0 8 0 33 1 3 0 239 9
Watford (ijara) 2013–14 Championship 8 0 8 0
Real Betis (ijara) 2021–22 La Liga 23 0 5 0 4 0 32 0
Faoliyati bo'yicha jami 214 8 17 0 8 0 37 1 3 0 279 9

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 12-noyabr holatiga ko'ra[17]
Terma jamoa va yil bo'yicha o'yinlardagi ishtirok va gollarI jadvali
Milliy terma jamoa Yil O'yin Gol
Ispaniya 2016 3 0
2020 1 0
Jami 4 0

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2014–15[18], 2016–17[19], 2019–20[20]
  • FA Community Shield: 2015[21], 2017[22], 2020[23]
  • EFL Cup kumush medalsohibi: 2017–18[24]

Real Betis

Ispaniya U21

  • Yevropa chempionati U21 kumush medal sohibi: 2017[26][27]

Individual

  • Yevropa chempionati U19 eng yaxshi jamoasi: 2013 
  • Yilning eng yaxshi yosh kataloniyalik futbolchisi: 2015[28]
  • PFA yil jamoasi: 2015–16 Premer-liga[29]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arsenal defender Hector Bellerin keen on extending stay with Real Betis“ (8-aprel 2022-yil).
  2. „Bellerin – I'm so happy I joined Arsenal“. Arsenal F.C. (29-avgust 2012-yil). 27-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentabr 2013-yil.
  3. Harris. „WBA 1–1 Arsenal (3–4 pens)“. Arsenal F.C. (25-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2013-yil.
  4. „Bellerin joins Watford on loan“. Arsenal F.C. (22-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2013-yil.
  5. „OFFICIAL: Bellerin's Back“. Watford F.C. (3-yanvar 2014-yil). 4-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentabr 2016-yil.
  6. „Arsenal have recalled young defender Hector Bellerin from his loan with Watford“. Watford Observer (18-fevral 2014-yil). Qaraldi: 18-fevral 2014-yil.
  7. Johnston. „Borussia Dortmund 2–0 Arsenal“. BBC Sport (16-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2014-yil.
  8. Dawkes. „Arsenal 5–0 Aston Villa“. BBC Sport (1-fevral 2015-yil). Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
  9. McNulty. „Arsenal 4–1 Liverpool“. BBC Sport (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2015-yil.
  10. „Hector Bellerin moves to Real Betis on loan“. Arsenal F.C. (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
  11. „The Future is theirs: Héctor Bellerín, speed embodied in a footballer“. Real Federación Española de Fútbol (16-may 2015-yil). 30-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
  12. Muñoz. „MATCH REPORT: Spain thrashes Belarus (4–0)“. Real Federación Española de Fútbol (30-mart 2015-yil). 3-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
  13. „Arsenal's Hector Bellerin makes Spain debut as defending champions warm up for Euro 2016 with a win“. Daily Mirror (29-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
  14. „Euro 2016: Arsenal's Hector Bellerin in Spain squad after injury forces out Dani Carvajal“. BBC Sport (31-may 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2016-yil.
  15. Andoza:Soccerbase
  16. „H. Bellerin: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  17. „Héctor Bellerín“. EU-football.info. Qaraldi: 31-may 2016-yil.
  18. McNulty, Phil. „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (30-may 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
  19. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (27-may 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
  20. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  21. Cryer, Andy. „Arsenal 1–0 Chelsea“. BBC Sport (2-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
  22. Rostance, Tom. „Arsenal 1–1 Chelsea“. BBC Sport (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
  23. Sanders, Emma. „Arsenal 1–1 Liverpool“. BBC Sport (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  24. McNulty, Phil. „Arsenal 0–3 Manchester City“. BBC Sport (25-fevral 2018-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
  25. „Real Betis won their first Copa del Rey since 2005 after beating Valencia on penalties in Seville.“. BBC (23-aprel 2022-yil).
  26. „Under-21 2017 - History - Spain“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
  27. „Under-21 2017 - History - Matches“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
  28. „Hector Bellerin shares a new picture with his date at the Catalan Awards“. 101 Great Goals.com. 7-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
  29. „PFA awards: Leicester and Spurs dominate Premier League team“. BBC Sport (21-aprel 2016-yil). Qaraldi: 21-aprel 2016-yil.