Pablo Torre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Pablo Torre
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pablo Torre Carral
Tavallud sanasi 3-aprel 2003-yil (2003-04-03) (20 yosh)
Tavallud joyi Soto de la Marina, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona B
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2015 Marina Sport
2015-2020 Racing Santander
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Racing Santander B 0 (0)
2020-2022 Racing Santander 55 (14)
2022- Barcelona B 1 (0)
2022- Barcelona 0 (0)
Milliy terma jamoa
2020 Spain U17 1 (0)
2021-2022 Spain U19 8 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-oktabr 2022-yil uchun)

Pablo Torre Carral (2003-yil, 3-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Barcelonaning Atletic klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Racing Santander[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soto de la Marina shahrida tugʻilgan, Kantabriya, Torre 2015-yilda CD Marina Sportdan Racing de Santanderning yoshlar tarkibiga qoʻshildi[1]. 2020-yilning 15-aprelida yosh bulishiga qaramay u klub bilan 2025-yilning iyuniga qadar professional shartnoma imzoladi[2][3].

Torre kattalar safidagi debyutini zaxiradan maydonga tushgan holda 2020-yil, 19-iyul kuni Tercera División pley-off bosqichi Gimnastica de Torrelavegaga qarshi safarda 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan[4]. Avgust oyida, atigi 17 yoshda toʻlgan Torre, bosh murabbiy Javi Rozada[5] qoʻl ostidagi mavsum oldidan asosiy jamoa tarkibida mashgʻulot oʻtkazib turgan va sentabr oyida asosiy tarkibga koʻtarildi[6].

Torre 2020-yilning 18-oktabr kuni Segunda B divizionining 2020-21-yilgi ochilish o‘yinida, Club Portugaletega qarshi o‘z uyida 1:1 hisobida durang qayt etilgan oʻyinda Racing safidagi ilk debyutini o‘tkazgan[5][7]. U oʻzining birinchi golini 21-fevral kuni oʻz maydonida CD Laredoga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan[8]; Olti kundan soʻng u Barakaldo CF mehmoni boʻlgan 4:0 hisobida dubl qayd etdi[9].

Kattalar safidagi birinchi toʻliq mavsumida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushgan Torre 2021-22-yilgi mavsum oldidan Primera División RFEF deb nomlangan yangi uchinchi bosqichda 10-raqamli formaga ega boʻldi[10]. U 32 ta oʻyinda (pley-off oʻyinlari bilan birga) oʻnta gol urishga hissa qoʻshdi, natijada Racing Segunda divizioniga koʻtarildi.

Barcelona[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 4-martda Barcelona klubi Racing bilan Torrening transferi bo‘yicha 5 million yevro va o‘zgaruvchilar[11] evaziga kelishuvga erishdi va u dastlab 2022-23-yilgi mavsum uchun B jamoasiga qoʻshildi[12][13]. U 15-iyun kuni Barcelona bilan 2026-yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi[14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torrening otasi Esteban ham futbolchi va yarim himoyachi boʻlgan[15]. U faoliyatining koʻp qismini Racingda oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 5-oktabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Rayo Cantabria 2019-20 Tercera divizioni 0 0 1 0 1 0
Racing Santander 2020-21 Segunda B divizioni 24 4 1 0 25 4
2021-22 Primera Divizion RFEF 31 10 1 0 32 10
Jami 55 14 1 0 1 0 57 14
Barcelona Atlétic 2022-23 Primera Federación 1 0 0 0 1 0
Barcelona 2022-23 La Liga 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Karyera jami 56 14 1 0 1 0 2 0 59 14

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Racing Santander

  • Primera divizioni RFEF: 2021-22

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pablo Torre, el nuevo talento del Sardinero que golea y lidera en el centro del campo“ (es). Mundo Deportivo (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  2. „El juvenil Pablo Torre rubrica un contrato profesional con el Racing hasta el 30 de junio de 2025“ (es). Racing Santander (15-aprel 2020-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  3. „El contrato de Pablo Torre marca el camino de un nuevo Racing“ (es). Diario AS (14-aprel 2020-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  4. „La Gimnástica se mete en la final más por oficio que por fútbol“ (es). El Diario Montañés (19-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „Pablo Torre no para de crecer“ (es). El Diario Montañés (1-mart 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  6. „Saúl se juega su continuidad ante Bilbao Athletic y Sporting B“ (es). Diario AS (21-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  7. „Pablo Torre, la esperanza del racinguismo“ (es). Golsmedia (22-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  8. „El Racing se da un homenaje ante un Laredo que llegó una hora tarde“ (es). Diario AS (21-fevral 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  9. „El Racing tira de calidad y goléa al Barakaldo“ (es). Grada 3 (27-fevral 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  10. „La plantilla del Racing elige sus dorsales oficiales para la temporada 2021/22“ (es). Racing Santander (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  11. „Racing y Fútbol Club Barcelona acuerdan el traspaso del futbolista Pablo Torre“ (es). Racing Santander (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  12. „Agreement for Pablo Torre to join FC Barcelona B“. FC Barcelona (4-mart 2022-yil).
  13. „El Barça cierra el fichaje de Pablo Torre por 5 millones más variables“ (es). Marca (5-mart 2022-yil).
  14. „Pablo Torre is officially blaugrana“. FC Barcelona (15-iyun 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  15. „El padre de Pablo Torre: "Lo que marcó la diferencia fue la llamada de Xavi"“ (es). Mundo Deportivo (9-iyun 2022-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.