Raheem Sterling
Sterling Angliya milliy futbol jamoasi bilan 2018 FIFA Jahon chempionatida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raheem Shaquille Sterling[1] | ||
Tavallud sanasi | 8-dekabr 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Kingston, Jamaica | ||
Boʻyi | 5 feet 7 inches (1.70 m)[2] | ||
Ampluasi | Winger, hujumchi yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999-2003 | Alpha & Omega | ||
2003-2010 | Queens Park Rangers F.C. | ||
2010-2012 | Liverpool F.C. | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012-2015 | Liverpool F.C. | 95 | (18) |
2015-2022 | Manchester City F.C. | 225 | (91) |
2022- | Chelsea F.C. | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009-2010 | Angliya U16 | 7 | (1) |
2010-2011 | Angliya U17 | 13 | (3) |
2012 | Angliya U19 | 1 | (0) |
2012-2013 | Angliya U21 | 8 | (3) |
2012- | Angliya terma jamoasi | 77 | (19) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21 avgust uchun) |
Raheem Shaquille Sterling – 1994-yil 8-dekabrda tugʻilgan. Ingliz professional futbolchisi, Premier Leaguening „Chelsi“ klubi va Angliya terma jamoasida qanot va hujumkor yarim himoyachisi.
Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota-onasi Yamaykada tugʻilgan Sterling besh yoshida Londonga koʻchib kelgan. U 2010-yilda "Liverpul" bilan shartnoma imzolashdan oldin „Queens Park Rangers“ jamoasida toʻp surgan. 2014-yilda „Golden boy“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yil iyul oyida yangi shartnoma boʻyicha uzoq davom etgan bahsdan soʻng, u "Manchester Siti " tomonidan 49 million funt sterlinglik transferga imzo chekgan. Bu oʻsha paytda ingliz futbolchisi uchun toʻlangan eng yuqori transfer narxi boʻlib, Sterling 2017-18 va 2018-19 yilgi mavsumlarda „Manchester Siti“ga ketma-ket Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 2018-19 yilgi mavsumda u PFA Premer-ligasida yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlangan.
Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sterling Angliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yilning noyabr oyida oʻtkazgan, Angliya yoshlar jamoasi tarkibida 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan bahslarda ishtirok etgan. U 2014-va 2018-yillarda futbol boʻyicha jahon chempionati va 2016-va 2020-yillarda UEFA Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Sterling 2010-yilning fevral oyida oʻsha paytdagi akademiya direktori Frenk Makparlend va Rafael Benites tomonidan „Queens Park Rangers“ akademiyasidan "Liverpul" tomonidan 450 000 funt sterlingga boshlangʻich toʻlov evaziga, asosiy jamoada qancha oʻyin oʻtkazganiga qarab 2 million funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkin boʻlgan shartnoma tuzishgan[3][4][5].
2012-yil 24-mart kuni Sterling 17 yoshu 107 kunligida „Wigan Athletic“ga qarshi liga oʻyinida „Liverpul“ jamoasi tarkibida zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan va klubda oʻynagan eng yosh uchinchi futbolchiga aylangan[6].
2012-yil avgust oyida u klub uchun Yevropadagi debyutini o‘tkazgan hamda UEFA Yevropa Ligasi saralash bosqichi doirasida Gomelga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan[7]. Keyingi hafta Sterling „Bayer Leverkusen“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida birinchi boʻlimda jamoasi tarkibidagi ilk golini urgan. 2012-yilning 23-avgustida u „Liverpul“ safidagi ilk o‘yinini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida „Harts“ mehmoni bo‘lgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba bilan boshlagan[8]. U ligadagi ilk uchrashuvini uch kundan soʻng Enfildda Manchester Siti bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan[9]. Sterling 2-sentabr kuni "Arsenal"ga, 15-sentabrda " Sanderlend "ga qarshi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan shu bilan bir qatorda Sterling uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 20-oktabr kuni Sterling „Liverpul“ safidagi birinchi yirik raqobatdosh golini „Reading“ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobidagi g‘alabaning 29-daqiqasida jarima maydonchasi chetidan zarbasi bilan kiritgan. Natijada u faqat Maykl Ouenni ortda qoldirib, „Liverpul“ safida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylangan[10].
2012-yilning 21-dekabrida Sterling shartnomani uzaytirishga qaror qilgan va kelajagini „Liverpul“ga topshirgan[11]. U 2013-yilning 2-yanvarida „Sanderlend“ga qarshi o‘yinda darvozabon Simon Minyoleni ortda qoldirib, 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub uchun ligadagi ikkinchi golini kiritgan[12].
2015-yilning 12-iyulida uning dastlabki 44 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transferi bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan. Yana 5 million funt sterling qoʻshimcha pul berilishi, uni barcha davrlarning eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirgan[13][14]. 14-iyul kuni Sterling rasman „Manchester Siti“ga kelib, 5 yillik shartnoma tuzgan[15]. Uning debyuti 10-avgust kuni „Vest Bromvich“ uyida boʻlib, 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshlagan[16]. Oʻn toʻqqiz kun oʻtgach, Sterling "Manchester Siti" stadionida "Uotford "ga qarshi oʻyinda (2:0) „Manchester Siti“ uchun birinchi golini kiritgan[17]. Raheem Sterling 17-oktabr kuni „Bornmut“ ustidan 5:1 hisobida g‘alabaga erishganida, faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan[18].
Sterling „Liverpool“ jamoasining kattalar tarkibida 31-avgust kuni Uayt Xart Leynda „Tottenxem“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ilk golni kiritgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[19]. Sterling „Liverpul“da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan[20].
2022-yilning 13-iyulida Sterling „Chelsi“ bilan 47,5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma tuzgan[21]. 6-avgust kuni u Premer-ligada „Everton“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub debyutini oʻtkazgan[22].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Raheem Sterling“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 16-iyul 2022-yil.
- ↑ Hunter, Andy. „Raheem Sterling: the mother's boy from Jamaica who became a man“. The Guardian (2-iyun 2018-yil). Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
- ↑ Johnston, Neil. „On the Bench ... With Raheem Sterling, a Winger Catching the Eye at Liverpool“. FanHouse UK. AOL (16-fevral 2011-yil). Qaraldi: 22-aprel 2011-yil.
- ↑ „10 things you need to know about Raheem Sterling plus video of him in action“. Daily Mirror (16-fevral 2011-yil). Qaraldi: 22-aprel 2011-yil.
- ↑ „Liverpool 1–2 Wigan Athletic“. BBC Sport (24-mart 2012-yil). Qaraldi: 24-mart 2012-yil.
- ↑ Bascombe, Chris. „Europa League: FC Gomel 0 Liverpool 1 – match report“. The Daily Telegraph (2-avgust 2012-yil). Qaraldi: 2-avgust 2012-yil.
- ↑ „Own goal gives Reds advantage“. ESPN Soccernet (23-avgust 2012-yil). Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
- ↑ „Liverpool 2-2 Man City“.
- ↑ „Rodgers reveals work behind goal“. Liverpool F.C. (20-oktabr 2012-yil). 5-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2014-yil.
- ↑ „Sterling commits future to LFC“. Liverpool F.C. (21-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Liverpool 3-0 Sunderland“.
- ↑ „Raheem Sterling: Man City sign Liverpool winger in £49m deal“. BBC Sport (14-iyul 2015-yil). Qaraldi: 4-aprel 2016-yil.
- ↑ „Man City transfers: Blues agree £49m Raheem Sterling deal“. Manchester Evening News. Qaraldi: 4-aprel 2016-yil.
- ↑ „Raheem Sterling: Man City sign Liverpool winger in £49m deal“. BBC Sport (14-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.
- ↑ „West Brom 0–3 Man City“. BBC Sport (10-avgust 2015-yil). Qaraldi: 10-avgust 2015-yil.
- ↑ „Raheem Sterling scores his first goal for Manchester City – but doesn't want to talk about it afterwards“. The Daily Telegraph (29-avgust 2015-yil).
- ↑ „Manchester City's Raheem Sterling hits hat-trick in rout of Bournemouth“. The Guardian (17-oktabr 2015-yil).
- ↑ „BBC Sport Tottenham Hotspur 0–3 Liverpool“. BBC Sport (31-avgust 2014-yil). Qaraldi: 31-avgust 2014-yil.
- ↑ „Revealed: August's Player of the Month“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 21-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Raheem Sterling: Chelsea sign forward from Man City for £47.5m, with Thomas Tuchel saying he was their number one transfer priority“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
- ↑ „Chelsea opened the Premier League season with victory over Everton as Jorginho's penalty decided a scrappy contest at Goodison Park“. BBC (6-avgust 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.