Hansi Flick
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Hans-Dieter Flick[1] | ||
| Tavallud sanasi | 24-fevral 1965-yil | ||
| Tavallud joyi | Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya | ||
| Boʻyi | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona (bosh murabbiy) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1971–1976 | BSC Mückenloch | ||
| 1976–1981 | SpVgg Neckargemünd | ||
| 1981–1983 | SV Sandhausen | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1982–1985 | SV Sandhausen | 69 | (8) |
| 1985–1990 | Bayern Munich | 104 | (5) |
| 1990–1993 | 1. FC Köln | 44 | (1) |
| 1994–2000 | Victoria Bammental | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 1983 | Gʻarbiy Germaniya U-18 | 2 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1996–2000 | Victoria Bammental | ||
| 2000–2005 | TSG Hoffenheim | ||
| 2006 | Red Bull Salzburg (yordamchi) | ||
| 2006–2014 | Germaniya (yordamchi) | ||
| 2019 | Bayern Munich (yordamchi) | ||
| 2019–2021 | Bayern Munich | ||
| 2021–2023 | Germaniya | ||
| 2024– | Barcelona | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Hans-Dieter „Hansi“ Flick (olmoncha talaffuz: [ˈhanzi ˈflɪk];[2], 1965-yil 24-fevralda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda La Liga klubi „Barcelona“ murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Flick futbolchilik faoliyati davomida „SV Sandhausen“, „Bayern Munich“ va „1. FC Köln“ jamoalarida toʻp surgan. U murabbiylik faoliyatini toʻrtinchi diviziondagi „Victoria Bammental“ klubida futbolchi-murabbiy sifatida boshlagan. 2000-yilda u yana bir toʻrtinchi divizion jamoasi – „TSG Hoffenheim“ning murabbiyiga aylangan va 2005-yilda ketishidan oldin jamoani Regionalliga Süd ligasiga olib chiqqan. 2006-yildan 2014-yilgacha Flick Germaniya milliy terma jamoasining Joachim Löw boshchiligidagi murabbiylar shtabida yordamchi murabbiyi boʻlib ishlagan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi chempionlikka hissa qoʻshgan. Keyinchalik, u 2014-yildan 2017-yilgacha Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) ning sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-yilda „Bayern Munich“ jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida qaytib kelgan Flick, noyabr oyida Niko Kovač ketgach, vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Keyinchalik doimiy bosh murabbiyga aylanib, oʻsha mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻlib, klubning ikkinchi treblini (uchta asosiy sovrinni bir mavsumda qoʻlga kiritishni) amalga oshirdi. 2021-yilda Flick FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati va yana bir Bundesliga sovriniga ega chiqdi[3]. U va Pep Guardiola, jamoalari bilan olti sovrin yutgan yagona murabbiylar hisoblanadi. Shuningdek, 2021-yilda Flick Germaniya milliy termasi bosh murabbiyi boʻlib, jamoani 2022-yilgi Jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli oʻtkazdi, biroq 2023-yilda lavozimidan ozod qilindi. 2024-yilda esa Ispaniyaning „Barcelona“ klubiga bosh murabbiy qilib tayinlanib, birinchi mavsumida uchta sovrin qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hansi Flick, Silke Flick bilan oila qurgan. 2020-yilga kelib, ular 30 yildan ortiq vaqt birga yashashgan. Ularning ikki qizi va ikki nabirasi bor[4][5].
Murabbiylik statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2025-yil 15-may holatiga ko‘ra
| Jamoa | Ishga kirishgan sana | Tark etgan sana | Natijalar | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O‘ | G‘ | D | M | UG | O‘G | GN | G‘ % | Man. | |||
| Victoria Bammental | 1996-yil 1-iyul | 2000-yil 30-iyun | 122 | 44 | 33 | 45 | 205 | 218 | −13 | 36,07 | [6][7][8][9] |
| TSG Hoffenheim | 2000-yil 1-iyul | 2005-yil 19-noyabr | 196 | 88 | 46 | 62 | 345 | 263 | +82 | 44,90 | [10][11][12][13][14][15] |
| Bayern Munich | 2019-yil 3-noyabr | 2021-yil 30-iyun | 86 | 70 | 9 | 7 | 255 | 85 | +170 | 81,40 | [16][17] |
| Germaniya | 2021-yil 1-iyul | 2023-yil 10-sentabr | 25 | 12 | 7 | 6 | 60 | 30 | +30 | 48,00 | [18] |
| Barcelona | 2024-yil 29-may | 58 | 43 | 7 | 8 | 169 | 69 | +100 | 74,14 | ||
| Jami | 487 | 257 | 102 | 128 | 1 034 | 665 | +369 | 52,77 | |||
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayern Munich
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bundesliga: 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90[19]
- DFB-Pokal: 1985/86[19]
- DFB-Supercup: 1987[19]
- Yevropa kubogi finalchisi: 1986–/87[19]
1. FC Köln
- DFB-Pokal finalchisi: 1990/91[20]
Murabbiylik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya (yordamchi murabbiy sifatida)
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA Jahon chempionati: 2014; uchinchi oʻrin: 2010[19]
- UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2008; uchinchi oʻrin: 2012[19]
TSG Hoffenheim
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oberliga Baden-Württemberg: 2000/01[21]
- Shimoliy Baden kubogi: 2001/02, 2002/03, 2003/04, 2004/05[22]
Bayern Munich
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bundesliga: 2019/20[23], 2020/21[24]
- DFB-Pokal: 2019/20[25]
- DFL-Supercup: 2020[26]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2019/20[27]
- UEFA Superkubogi: 2020[28]
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2020[29]
Barcelona
[tahrir | manbasini tahrirlash]- La Liga: 2024/25[30]
- Copa del Rey: 2024/25[31]
- Ispaniya Superkubogi: 2025[32]
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- UEFA tomonidan Yil erkaklar jamoasi murabbiyi: 2019/20[33]
- IFFHS tomonidan Dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2020[34]
- World Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi: 2020
- Globe Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020[35]
- Germaniyada Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020
- VDV tomonidan Bundesligada Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: 2019/20[36]
- La Ligada Oyning eng yaxshi murabbiyi: 2024-yil avgust[37], 2024-yil oktabr[38], 2025-yil fevral[39]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Squad List: FIFA Club World Cup Qatar 2020: FC Bayern München“. FIFA (2021-yil 1-fevral). 2022-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ein Jahr Flick – sein Aufstieg zum Rekord-König | SPORT1“ [One year of Flick – his rise to record king | SPORT1] (german). YouTube. SPORT1 (2020-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 6-may.
- ↑ „Hansi Flick wird neuer Bundestrainer“ (de). Germaniya futbol assotsiatsiyasi (2021-yil 25-may). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Hansi Flick: Privatleben und Karriere – alle Infos zum Bayern-Trainer“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Hansi Flick: 5 things on Bayern Munich's new coach“. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FC Bammental " Fixtures & Results 1996/1997“. WorldFootball.net. 2023-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FC Bammental " Fixtures & Results 1997/1998“. WorldFootball.net. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Verbandsliga Nordbaden, Saison 1998/99“ [Verbandsliga Nordbaden, 1998–99 season] (de). ASC Neuenheim. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Verbandsliga Nordbaden, Saison 1999/00“ [Verbandsliga Nordbaden, 1999–2000 season] (de). ASC Neuenheim. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2000/2001“. WorldFootball.net. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2001/2002“. WorldFootball.net. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2002/2003“. WorldFootball.net. 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2003/2004“. WorldFootball.net. 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2004/2005“. WorldFootball.net. 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „1899 Hoffenheim " Fixtures & Results 2005/2006“. WorldFootball.net. 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayern München " Fixtures & Results 2019/2020“. WorldFootball.net. 2020-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayern München " Fixtures & Results 2020/2021“. WorldFootball.net. 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Deutscher Fussball-Bund Hansi Flick“. Dfb.de.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 19,4 19,5 „Hansi Flick“. FC Bayern Munich. 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Flick: "Es gab nur eine Alternative"“ (de). 1. FC Köln (2022-yil 5-mart). 2024-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „5 Fakten zum Bundesligaspiel gegen Hoffenheim“ (de). FC Bayern Munich (2020-yil 29-fevral). 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ehrentafel Nordbadische Pokalsieger“. Deutscher Sportclub für Fußballstatistiken e. V. (DSFS).
- ↑ „Bayern Bundesliga 2019/20 title win“ (en). bundesliga.com. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ninth successive title for Bavarian giants“ (en). beinsports.com. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayer Leverkusen 2:4 Bayern München“ (de). DFB (2014-yil 10-may). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayern Munich win DFL-Supercup to claim 5th trophy of 2020“ (en). thescore.com (2020-yil 30-sentyabr). 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayern Munich win the Champions League: How social media reacted to the Bavarians being kings of Europe“. ESPN (2020-yil 23-iyul). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bayern win Super Cup: Javi Martínez heads extra-time winner against Sevilla“. UEFA (2020-yil 24-sentyabr). 2021-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Hansi Flick’s Barça: League champions“ (en). www.fcbarcelona.com.
- ↑ „FC Barcelona crowned Cup Kings in classic encounter“ (en). RFEF (2025-yil 26-aprel).
- ↑ „FC Barcelona win the Super Cup in a final for the history books (2-5)“ (en). RFEF (2025-yil 13-yanvar).
- ↑ „Hansi Flick wins Men's Coach of the Year award“. UEFA (2020-yil 1-oktyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „IFFHS WORLD AWARDS 2020 – THE WINNERS“. IFFHS (2020-yil 4-dekabr). 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Flick Globe Soccer Best Coach of the Year 2020“. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Flick VDV Bundesliga Coach of the Season“. spielergewerkschaft.de (2020-yil 1-oktyabr). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Hans Dieter Flick wins Coach of the Month for August“. La Liga (2024-yil 9-sentyabr).
- ↑ „Hansi Flick is Coach of the Month for October“. La Liga (2024-yil 28-oktyabr).
- ↑ „Hansi Flick, LALIGA EA SPORTS Coach of the Month for February“. La Liga (2025-yil 24-fevral).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FC Barcelona vebsaytidagi sahifasi
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Heidelbergda tugʻilganlar
- Olmoncha IPA ga ega sahifalar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Gʻarbiy Germaniyalik erkak futbolchilar
- SV Sandhausen futbolchilari
- FC Bayern Munich futbolchilari
- 1. FC Köln futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Germaniyalik futbol murabbiylar
- TSG 1899 Hoffenheim murabbiylari
- FC Bayern Munich murabbiylari
- Germaniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- FC Barcelona murabbiylari
- Bundesliga murabbiylari
- La Liga murabbiylari
- FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari
