Kontent qismiga oʻtish

Futbol boʻyicha 2016-yilgi Yevropa chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
UEFA Euro 2016
Championnat d'Europe de football 2016
(fransuzcha)
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Fransiya
Sana 10-iyun – 10-iyul
Jamoalar 24
Bellashuv joylari 10 (9 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Portugaliya (1-marta)
2-oʻrin  Fransiya
Statistika
Oʻyinlar soni 51
Gollar soni 108 (har oʻyinda oʻrtacha 2.12 ta)
Muxlislar soni 2 427 303 (har oʻyinda oʻrtacha 47 594 ta)
Toʻpurar(lar) Fransiya Antoine Griezmann (6 goals)[1]
Eng yaxshi oʻyinchi Fransiya Antoine Griezmann[2]
Eng yaxshi yosh oʻyinchi Portugaliya Renato Sanches[3]
2012
2020

UEFA Yevro 2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan[4][5]. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliyayerma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.

Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi[6]. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finalnidan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasidagi ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.

Fransiya 2010-yilning 28-mayida 2016-yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Musobaqa mezbonligi uchun raqobatda Turkiyani magʻlub etgan[7][8]. Oʻyinlar oʻnta shahardagi oʻnta stadionda boʻlib oʻtgan: Bordeaux, Lens, Villeneuve-d’Ascq, Décines-Charpieu, Marsel, Nice, Parij, Saint-Denis, Saint-Étienne va Tuluza.

Musobaqada gʻalaba qozongani uchun Portugaliya 2017-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan[9].

Chempionat mezbonini aniqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 9-martga qadar 4 mamlakat musobaqani oʻz maydonida qabul qilish istagini bildirgan. Fransiya, Italiya va Turkiya yakka, Norvegiya va Shvetsiya esa birgalikda mezbonlik qilish taklifi bilan UEFAga murojaat qilishgan[10]. Norvegiya va Shvetsiya 2009-yil dekabr oyida takliflarini qaytarib olishgan[11].

Musobaqa mezboni 2010-yil 28-may kuni aniqlangan[12].

Ovoz berish natijalari[13]
Davlat Tur
1 (ochkolar) 2 (ovozlar)
Fransiya bayrogʻi Fransiya 43 7
Turkiya bayrogʻi Turkiya 38 6
Italiya bayrogʻi Italiya 23 -
Jami 104 13
  • 1-tur: UEFA Ijroiya qoʻmitasining oʻn uch aʼzosining har biri 3 ta taklifni birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga joylashtirib chiqqan. Birinchi oʻrindagi davlatga 5 ochko, ikkinchi oʻrin uchun 2 ochko va uchinchi oʻrin uchun 1 ochko berilgan. Mezbonlikka daʼvogar davlat fuqaroligiga ega boʻlgan rasmiy shaxslar ovoz berish jarayonida ishtirok etishmagan.
  • 2-tur: Xuddi shu oʻn uch aʼzodan iborat qoʻmita ikki mamlakat (Fransiya va Turkiya)dan biriga ovoz bergan.

Saralash bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Yevro-2016 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoa
  Yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan jamoa

2014-yil 23-fevralda Nicedagi Palais des Congrès Acropolis saroyida saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtgan[5]. Birinchi tur bahslari 2014-yilning sentyabr oyida oʻtkazilgan[4].

53 ta jamoa 23 ta oʻrin uchun kurash olib borgan. Fransiya msobaqa mezboni sifatida avtomatik tarzda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Gibraltar 2013-yilda UEFAga aʼzo boʻlganidan beri birinchi marta Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etdi. Savatchalar UEFA koeffitsientlar jadvali asosida shakllantirildi. Yevro-2012 chempioni Ispaniya va mezbon Fransiya terma jamoalari avtomatik ravishda birinchi savatchadan oʻrin egallashdi.

53 milliy jamoa oltita jamoadan iborat sakkizta guruhga ajratildi. Bir guruhdan esa beshta jamoa oʻrin oldi. Guruh gʻoliblari, ikkinchi oʻrin egalari va bitta eng yaxshi uchinchi oʻrin egasi toʻgʻridan-toʻgʻri Fransiyada oʻtkazilgan musobaqaning guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi. Uchinchi oʻrinni egallagan qolgan sakkizta jamoa esa soʻnggi toʻrtta yoʻllanma uchun ikki oʻyinli pley-off bahslarida oʻzaro kurash olib borishdi[14][15][16].

2012-yilning mart oyida oʻsha paytdagi UEFA bosh kotibi Gianni Infantino saralash musobaqasinining „zerikarli“ boʻlib qolmasligi uchun musobaqa formatini qayta koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlab oʻtgan[17]. 2011-yil sentyabrida UEFAning yigʻilishida Michel Platini ikki guruh bosqichidan iborat saralash musobaqasi formatini taklif qilgan, biroq tashkilotga aʼzo mamlakatlar bu taklifni qabul qilmagan edi[18]. 2013-yilning may oyida Platini 2013-yil sentyabr oyida Dubrovnikda boʻlib oʻtadigan UEFA ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida yuqorida taklif etilgan format yana muhokama qilinishini tasdiqlagan[19].

Saralash bosqichidan oʻtgan terma jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevro-2012 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan oʻn oltita jamoadan oʻn uchtasi (mezbon Fransiya ham) 2016-yilgi chempionatga ham yoʻllanma olishdi. Angliya terma jamoasi saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunladi (10 ta oʻyinda 10 ta gʻalaba)[20], amaldagi Yevropa chempioni – Ispaniya va jahon chempioni – Germaniya terma jamoalari qatorasiga 12-marta Yevropa chempionati guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi[21].

Ruminiya, Turkiya, Avstriya va Shveytsariya 2012-yildagi chempionatni oʻtkazib yuborishgan edi[22]. Belgiya uzoq tanaffusdan soʻng (soʻnggi marta Yevro-2000da mezbon sifatida ishtirok etishgan edi) yana Yevropa chempionatida ishtirok etsh huquqiga ega boʻlishdi. Vengriya 44 yillik tanaffusdan soʻng (soʻnggi ishtirok Yevro-1972 turnirida boʻlgan) guruh bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[23].

Toʻrtta jamoa Yevropa chempionatida oʻz debyutini amalga oshirdi: Albaniya, Islandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels[22]. Shimoliy Irlandiya va Uels terma jamoalari ilgari jahon chempionatida ishtirok etishgan, Albaniya va Islandiya esa hech biror marta yirik turnirda qatnashmagan edi. Slovakiya terma jamoasi Chexoslovakiya davlati davrida uchta Yevropa chempionati va sakkizta jahon chempionatida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yevropa chempionati mustaqil davlat sifatida ular uchun ilk yirik turnir hisoblangan[22][24][25]. Avstriya va Ukraina birinchi marta saralashdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Avval ular mezbon sifatida (mos ravishda 2008 va 2012-yillarda) musobaqalarda ishtirok etishgan edi[26][27].

Shotlandiya Britaniya orollari tarkibiga kiruvchi saralash bosqichidan oʻta olmagan yagona jamoa boʻldi[28]. Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi terma jamoalari ilk marta bir vaqtda guruh bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi[29]. 2004-yilda chempion boʻlgan Gretsiya oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallab, 2000-yildan beri birinchi marta saralashdan oʻta olmadi. Yana ikki sobiq chempion – Gollandiya (1988) va Daniya (1992) ham guruh bosqichiga chiqa olishmadi. Gollandiya termasi Yevro-1984dan beri birinchi marta saralashdan oʻta olmadi[30]. Daniya pley-off bosqichida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi va 2008-yildan beri ilk marta Yevropa chempionatining guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kirita olmadi.

Qurʼa tashlash marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 12-dekabr kunida Parijdagi Kongre de la Porte Maillot saroyida boʻlib oʻtgan[4][5][31][32]. 24 ta terma jamoa toʻrtta qilib oltita guruhga taqsimlangan. Mezbon Fransiya avtomatik ravishda A guruhiga joylashtirilgan. Qolgan jamoalar quyidagicha savatlarga joylashtirilgan: 1-savatda 5 ta jamoa, 2-3- va 4-savatlarda 6 tadan jamoa. Ispaniya chempioni sifatida 1-savatdan oʻrin olgan, qolgan 22 jamoa esa UEFA tomonidan 2015-yil 14-oktyabrda eʼlon qilingan koeffitsientlar jadvaliga muvofiq keyingi oʻrinlarga joylashtirilgan[33][34][35][36].

1-savat[lower-alpha 1]
Jamoa Koeff Oʻrin[36]
 Ispaniya (amaldagi chempion)[lower-alpha 2] 37,962 2
 Germaniya 40,236 1
 Angliya 35,963 3
 Portugaliya 35,138 4
 Belgiya 34,442 5
2-savat
Jamoa Koeff Oʻrin[36]
 Italiya 34,345 6
 Rossiya 31,345 9
  Shveysariya 31,254 10
 Avstriya 30,932 11
 Xorvatiya 30,642 12
 Ukraina 30,313 14
3-savat
Jamoa Koeff Oʻrin[36]
 Chexiya 29,403 15
 Shvetsiya 29,028 16
 Polsha 28,306 17
 Ruminiya 28,038 18
 Slovakiya 27,171 19
 Vengriya 27,142 20
4-savat
Jamoa Koeff Oʻrin[36]
 Turkiya 27,033 22
 Ireland 26,902 23
 Islandiya 25,388 27
 Uels 24,531 28
 Albaniya 23,216 31
 Shimoliy Irlandiya 22,961 33
  Amaldagi chempion sifatida avtomatik tarzda 1-savatdan o'rin olgan
  1. Fransiya — mezbon. UEFA koeffitsiyentlar jadvalidagi oʻrnidan qatʼiy nazar 1-savatchaga joylashtirilgan va qurʼadan oldin avtomatik tarzda A guruhining 1-jamoasi sifatida qayd etilgan.
  2. Ispaniya — amaldagi chempion sifatida avtomatik tarzda 1-savatga joylashtirilgan. Qurʼa natijasiga koʻra B1, C1, D1, E1 yoki F1 oʻrinlaridan birini egallashi mumkin edi.

Jamoalar ketma-ket „A“dan „F“gacha boʻlgan guruhlarga taqsimlandi. Dastlab, 1-savatdan oʻrin olgan jamoalar oʻz guruhlaridagi birinchi oʻrinlarga, keyin esa qolgan jamoalar oʻz guruhlarida oʻzlari oʻrin olgan savatga mos raqamli oʻrinlarga joylashtirildi.

A guruhi
Jamoa
 Fransiya
 Ruminiya
 Albaniya
  Shveysariya
B guruhi
Jamoa
 Angliya
 Rossiya
 Uels
 Slovakiya
C guruhi
Jamoa
 Germaniya
 Ukraina
 Polsha
 Shimoliy Irlandiya
D guruhi
Jamoa
 Ispaniya
 Chexiya
 Turkiya
 Xorvatiya
E guruhi
Jamoa
 Belgiya
 Italiya
 Ireland
 Shvetsiya
F guruhi
Jamoa
 Portugaliya
 Islandiya
 Avstriya
 Vengriya

Joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa uchun oʻnta stadion tanlab olindi. Dastlab, 2010-yil 28-mayda fransuzlarning UEFAga yuborgan taklifida 12 ta stadiondan foydalanish koʻzda tutilganligi qayd etilgan edi. 2011-yil may oyining oxirigacha ushbu miqdor toʻqqiztagacha qisqartirilishi kerak edi, ammo 2011-yil iyun oyida oʻn bitta stadiondan foydalanish mumkinligi aytib oʻtilgan[37][38]. Musobaqada foydalaniladigan stadionlar Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan tanlanishi kerak edi.

Yettita stadion nomi allaqachon aniq edi: Stade de France, Métropole Européenne de Lille (Villeneuve-d'Ascq), Décines-Charpieu (Lion metropolisi), Nice, Bordeaux va ikki katta shahardagi (Parij va Marsel) stadionlar. Strasburg quyi ligaga tushib ketganidan keyin moliyaviy sabablarga koʻra bu klubning stadioni roʻyxatdan chiqarildi[39]. Natijada, Lens va Nancy shaharlaridagi maydonlar musobaqada foydalanish uchun tanlab olindi. Tuluza va Saint-Étienneda joylashgan stadionlar zaxira varianti sifatida olib qoʻyildi.

2011-yil iyun oyida jamoalar soni 16 tadan 24 taga koʻpaytirilganligi sababli oʻyinlar oʻtkaziladigan stadionlar soni ham 11 taga yetkazildi[40][41]. Shundan soʻng, yuqorida nomlari qayd etilgan zaxiradagi maydonlar ham asosiy roʻyxatga qoʻshildi. 2011-yilning dekabr oyida, Nancy shahridagi stadionda taʼmirlash ishlari toʻxtatilgandan song, mezbonlar oʻyinlarni oʻnta stadionda oʻtkazishini maʼlum qilishgan[42].

Ehtimoliy variantlardan yana 2 tasi: Nantesdagi Stade de la Beaujoire va Monpellierdagi Stade de la Mosson (ikkalasidan ham 1998-yilgi jahon chempionati vaqtida foydalanilgan) Yevro-2016 oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlab olinmagan. Yakuniy roʻyxat UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan 2013-yil 25-yanvarda tasdiqlangan[43].

Saint-Denis
(Paris area)
Marseille Décines-Charpieu
(Lyon area)
Villeneuve-d'Ascq
(Lille area)
Stade de France Stade Vélodrome Parc Olympique Lyonnais Stade Pierre-Mauroy
Sigʻimi: 81,338 Sigʻimi: 67,394 Sigʻimi: 59,286 Sigʻimi: 50,186
Paris Bordeaux
Parc des Princes Nouveau Stade de Bordeaux
Sigʻimi: 48,712 Sigʻimi: 42,115
Saint-Étienne Lens Nice Toulouse
Stade Geoffroy-Guichard Stade Bollaert-Delelis Stade de Nice Stadium Municipal
Sigʻimi: 41,965 Sigʻimi: 38,223 Sigʻimi: 35,624 Sigʻimi: 33,150

Jamoalarning bazalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir terma jamoaga musobaqa davomida istiqomat qilish va mashgʻulot oʻtkazish uchun alohida hudud ajratilgan. 66 ta bazadan iborat roʻyxat ichidan qaysi joyni tanlaganligini 24 ta ishtirokchi jamoa 2016-yilning 31-yanvarigacha UEFAga maʼlum qilishi kerak edi[44].

Jamoalar bazalarining yakuniy roʻyxati 2016-yil 2-martda eʼlon qilingan[45]:

Jamoa Bazasi
Albaniya bayrogʻi Albaniya Perros-Guirec
Avstriya bayrogʻi Avstriya Mallemort
Belgiya bayrogʻi Belgiya Bordeaux/Le Pian-Médoc
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya Deauville/Cœur Côte Fleurie
Chexiya bayrogʻi Chexiya Tours
Angliya bayrogʻi Angliya Chantilly
Fransiya bayrogʻi Fransiya Clairefontaine-en-Yvelines
Olmoniya bayrogʻi Germaniya Évian-les-Bains
Vengriya bayrogʻi Vengriya Tourrettes
Islandiya bayrogʻi Islandiya Annecy/Annecy-le-Vieux
Italiya bayrogʻi Italiya Grammont/Montpellier
Shimoliy Irlandiya bayrogʻi Shimoliy Irlandiya Saint-Georges-de-Reneins
Polsha bayrogʻi Polsha La Baule-Escoublac
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya Marcoussis
Irlandiya bayrogʻi Irlandiya Versailles
Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Orry-la-Ville
Rossiya bayrogʻi Rossiya Croissy-sur-Seine
Slovakiya bayrogʻi Slovakiya Vichy
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya Saint-Martin-de-Ré
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya Saint-Nazaire/Pornichet
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya Montpellier/Juvignac
Turkiya bayrogʻi Turkiya Saint-Cyr-sur-Mer
Ukraina bayrogʻi Ukraina Aix-en-Provence
 Uels Dinard

Musobaqa formati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishtirokchi jamoalar soni 16 tadan 24 taga kopaytirilgani sababli yana qoʻshimcha ikkita guruh shaklaantirildi va pley-off bosqichiga qoʻshimcha raund (nimchorak final) qoʻshildi. Oltita guruhning (A dan F gacha) har birida toʻrttadan jamoa oʻyinlarda ishtirok etgan. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar pley-offga yoʻl olishgan. Yangi formatga asosan, toʻrtta eng yaxshi uchinchi oʻrin egalari ham nimchorak final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Guruh bosqichidan soʻng 8 ta terma jamoa musobaqa bilan xayrlashgan[17]. Mazkur format 1986, 1990 va 1994-yillardagi jahon chempionatlariniki bilan deyarli bir xil. Faqat Yevropa chempioonatida jahon chempionati bilan farqli ravishda uchinchi oʻrin uchun bahs oʻtkazilmagan.

Yangi format sababli oʻyinlar soni 31 tadan 51 taga koʻpaygan. Chempionat 31 kun davom etgan. UEFA bosh kotibi Gianni Infantino guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalarning ham pley-offga chiqish imkoniyati mavjudligi sababli ushbu formatni ideal emasligini aytib oʻtgan. Va hatto jamoalar guruhdan chiqishini oldindan osonlik bilan tahmin qilib, boshqa jamoalar bilan ikki tarafning manfaati uchun kelishuvlar amalga oshirishi ehtimolini ham inkor etmagan[17].

Tarkiblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir terma jamoa 23 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni turnirning ochilish oʻyinidan kamida oʻn kun oldin eʼlon qilishi kerak edi. 23 ta futbolchining uchtasi darvozabon boʻlishi talab etilgan[46]. Agar jamoadagi biror futbolchi oʻz jamoasining birinchi oʻyini oldidan turnirda ishtirok etishiga toʻsqinlik qiladigan darajada jiddiy jarohat oladigan boʻlsa, oʻsh futbolchini boshqa futbolchi bilan almashtirish mumkin boʻlgan[16].

Hakamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 15-dekabrida UEFA Yevro-2016 oʻyinlarida faoliyat yuritadigan oʻn sakkiz nafar bosh hakamlarning ismlarini maʼlum qilgan[47]. Yakuniy toʻliq roʻyxat esa 2016-yil 1-martda eʼlon qilingan[48][49]. Turnirda faqat Angliya davlatidan ikki nafar bosh hakam oʻyinlarni boshqarish uchun chaqirilgan.

Fransiya va Ruminiya oʻrtasidagi ochilish oʻyinini vengriyalik hakam Viktor Kassai boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan[50]. Angliyalik hakam Mark Clattenburg Portugaliya va Fransiya terma jamoalari oʻrtasidagi final oʻyininida ishlagan[51].

Mamlakat Bosh hakam Qanot hakamlari 4-hakam Ishlagan oʻyinlari[50]
 Angliya Martin Atkinson Michael Mullarkey
Stephen Child
Gary Beswick (standby)
Michael Oliver
Craig Pawson
Germany–Ukraine (Group C)
Hungary–Portugal (Group F)
Wales–Northern Ireland (Round of 16)
 Germaniya Felix Brych Mark Borsch
Stefan Lupp
Marco Achmüller (standby)
Bastian Dankert
Marco Fritz
England–Wales (Group B)
Sweden–Belgium (Group E)
Poland–Portugal (Quarter-finals)
 Turkiya Cüneyt Çakır Bahattin Duran
Tarık Ongun
Mustafa Emre Eyisoy (standby)
Hüseyin Göçek
Barış Şimşek
Portugal–Iceland (Group F)
Belgium–Republic of Ireland (Group E)
Italy–Spain (Round of 16)
 Angliya Mark Clattenburg Simon Beck
Jake Collin
Stuart Burt (standby)
Anthony Taylor
Andre Marriner
Belgium–Italy (Group E)
Czech Republic–Croatia (Group D)
Switzerland–Poland (Round of 16)
 Shotlandiya Willie Collum Ireland Damien MacGraith
Francis Conno
Douglas Ross (standby)
Bobby Madden
John Beaton
France–Albania (Group A)
Czech Republic–Turkey (Group D)
 Shvetsiya Jonas Eriksson Mathias Klasenius
Daniel Wärnmark
Mehmet Culum (standby)
Stefan Johannesson
Markus Strömbergsson
Turkey–Croatia (Group D)
Russia–Wales (Group B)
Portugal–Wales (Semi-finals)
 Ruminiya Ovidiu Hațegan Octavian Șovre
Sebastian Gheorghe
Radu Ghinguleac (standby)
Alexandru Tudor
Sebastian Colțescu
Poland–Northern Ireland (Group C)
Italy–Republic of Ireland (Group E)
 Rossiya Sergei Karasev Anton Averyanov
Tikhon Kalugin
Nikolai Golubev[upper-alpha 1]
Sergey Lapochkin
Sergey Ivanov
Romania–Switzerland (Group A)
Iceland–Hungary (Group F)
 Vengriya Viktor Kassai György Ring
Vencel Tóth
István Albert (standby)
Tamás Bognár
Ádám Farkas
France–Romania (Group A)
Italy–Sweden (Group E)
Germany–Italy (Quarter-finals)
 Chexiya Pavel Královec Slovakiya Roman Slyško
Martin Wilczek
Tomáš Mokrusch[upper-alpha 2]
Petr Ardeleánu
Michal Paták
Ukraine–Northern Ireland (Group C)
Romania–Albania (Group A)
 Niderlandiya Björn Kuipers Sander van Roekel
Erwin Zeinstra
Mario Diks (standby)
Pol van Boekel
Richard Liesveld
Germany–Poland (Group C)
Croatia–Spain (Group D)
France–Iceland (Quarter-finals)
 Polsha Szymon Marciniak Paweł Sokolnicki
Tomasz Listkiewicz
Radosław Siejka (standby)
Paweł Raczkowski
Tomasz Musiał
Spain–Czech Republic (Group D)
Iceland–Austria (Group F)
Germany–Slovakia (Round of 16)
 Serbiya Milorad Mažić Milovan Ristić
Dalibor Đurđević
Nemanja Petrović (standby)
Danilo Grujić
Nenad Đokić
Republic of Ireland–Sweden (Group E)
Spain–Turkey (Group D)
Hungary–Belgium (Round of 16)
 Norvegiya Svein Oddvar Moen Kim Thomas Haglund
Frank Andås
Sven Erik Midthjell (standby)
Ken Henry Johnsen
Svein-Erik Edvartsen
Wales–Slovakia (Group B)
Ukraine–Poland (Group C)
 Italiya Nicola Rizzoli Elenito Di Liberatore
Mauro Tonolini
Gianluca Cariolato (standby)
Luca Banti
Antonio Damato
Daniele Orsato[upper-alpha 3]
England–Russia (Group B)
Portugal–Austria (Group F)
France–Republic of Ireland (Round of 16)
 Sloveniya Damir Skomina Jure Praprotnik
Robert Vukan
Bojan Ul (standby)
Matej Jug
Slavko Vinčić
Russia–Slovakia (Group B)
Switzerland–France (Group A)
England–Iceland (Round of 16)
 Fransiya Clément Turpin Frédéric Cano
Nicolas Danos
Cyril Gringore (standby)
Benoît Bastien
Fredy Fautrel
Austria–Hungary (Group F)
Northern Ireland–Germany (Group C)
 Ispaniya Carlos Velasco Carballo Roberto Alonso Fernández
Juan Carlos Yuste Jiménez
Raúl Cabañero Martínez (standby)
Jesús Gil Manzano
Carlos del Cerro Grande
Albania–Switzerland (Group A)
Slovakia–England (Group B)
Croatia–Portugal (Round of 16)
  1. Anton Averyanov jismoniy imtihondan oʻta olmagani uchun Nikolai Golubev bilan almashtirilgan[52].
  2. Martin Wilczek jismoniy imtihondan oʻta olmagani uchun Tomáš Mokrusch bilan almashtirilgan[53].
  3. Luca Banti shaxsiy sabablar tufayli musobaqada qatnasha olmasligini bilgirganidan soʻng, Daniele Orsato bilan almashtirilgan[54].

Oʻyinlarda faqat toʻrtinchi hakam sifatida faoliyat yuritadigan (2 nafar) hakamlar va yana 2 nafar zaxiradagi qanot hakamlarining ham nomlari eʼlon qilingan[48]:

Mamlakat Toʻrtinchi hakam Zaxiradagi qanot hakami
Belorussiya bayrogʻi Belarus Aleksey Kulbakov Vitaliy Maliutsin
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya Anastasios Sidiropulos Damianos Eftimiadis

Ochilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochilish marosimi

2016-yil 10-iyun kuni „Stade de France“ turnirning ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Marosimda 600 nafar raqqosa ishtirok etgan.

Marosim davomida 2015-yilning noyabrida Parijda boʻlib oʻtgan terakt qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Marosimdan soʻng, ochilish oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda mezbon Fransiya Ruminiyani 2:1 hisobida magʻlub etdi[55][56].

Guruh bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevro-2016da ishtirok etgan jamoalarning natijalari:

UEFA turnir taqvimini 2014-yil 25-aprelda eʼlon qilgan va bu jadval 2015-yil 12-dekabrda qurʼa tashlash marosimidan soʻng rasman tasdiqlangan[57][58][59].

Guruh gʻoliblari, ikkinchi oʻrin egalari va uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa 1/8 finalda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Qoʻshimcha mezonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar ikki yoki undan ortiq jamoalarning guruh oʻyinlari yakuniga koʻra ochkolari teng boʻlib qolsa, quyidagi mezonlarga asosan pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoa nomi aniqlanadi[16].

  1. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoa orasidagi bahsida toʻplangan ochkolar soni;
  2. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsidagi toʻplar nisbati;
  3. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsida koʻproq gol urgan jamoa;
  4. Agar yuqoridagi 3 ta mezon qoʻllangandan keyin ham vaziyat hal boʻlmasa, 5—9-mezonlarga murojaat qilinadi;
  5. Guruhda oʻtkazilgan barcha oʻyinlardagi toʻplar nisbati;
  6. Guruhda oʻtkazilgan barcha oʻyinlarda koʻproq gol urgan jamoa;
  7. Agar teng ochko toʻplsgsn jamoalar 3-turda oʻzaro bahs olib borsa va oʻyinni durang bilan tugatib, umumiy toʻplar nisbati teng boʻlib qolsa, mazkur ikki jamoaning oʻrni penaltilar seriyasiga koʻra aniqlanadi. (Agar ikkitadan ortiq jamoa bir xil miqdordagi ochkoga ega boʻlsa, ushbu mezon qoʻllanilmaydi.);
  8. Guruhdagi barcha oʻyinlarda jami eng past jarima ballari toʻplagan jamoa (bitta sariq kartochka uchun 1 ball, ikkita sariq kartochka natijasida olingan qizil kartochka uchun 3 ball, toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka uchun 3 ball, bitta sariq kartochkadan keyingi toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka uchun uchun 4 ball);
  9. UEFA koeffitsiyentlar jadvalidagi oʻrniga koʻra.

A guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1  Fransiya (M) 3 2 1 0 4 1 +3 7 Pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
2   Shveysariya 3 1 2 0 2 1 +1 5
3  Albaniya 3 1 0 2 1 3 −2 3
4  Ruminiya 3 0 1 2 2 4 −2 1
Manba: UEFA
(M) ?


10-iyun, 2016-yil(2016-06-10)
21:00
Fransiya  2–1  Ruminiya Stade de France, Saint-Denis
Tomoshabinlar: 75,113[60]
Hakam: Viktor Kassai (Vengriya)
Giroud Gol 57'
Payet Gol 89'
Bayonnoma Stancu Gol 65' (pen.)


11-iyun, 2016-yil(2016-06-11)
15:00
Albaniya  0–1   Shveysariya Stade Bollaert-Delelis, Lens
Tomoshabinlar: 33,805[61]
Hakam: Carlos Velasco Carballo (Ispaniya)
Bayonnoma Schär Gol 5'
15-iyun, 2016-yil(2016-06-15)
18:00
Ruminiya  1–1   Shveysariya Parc des Princes, Parij
Tomoshabinlar: 43,576[62]
Hakam: Sergey Karasyov (Rossiya)
Stancu Gol 18' (pen.) Bayonnoma Mehmedi Gol 57'
15-iyun, 2016-yil(2016-06-15)
21:00
Fransiya  2–0  Albaniya Stade Vélodrome, Marsel
Tomoshabinlar: 63,670[63]
Hakam: Willie Collum (Shotlandiya)
Griezmann Gol 90'
Payet Gol 90+6'
Bayonnoma
19-iyun, 2016-yil(2016-06-19)
21:00
Ruminiya  0–1  Albaniya Lion olimpiya parki, Lion
Tomoshabinlar: 49,752[64]
Hakam: Pavel Královec (Chexiya)
Bayonnoma Sadiku Gol 43'

B guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

C guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

D guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

E guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

F guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pley-off bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pley-off bosqichida, agar asosiy vat durang natija bilan yakunlansa, gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasigadan foydalanilgan[16].

Yevro-1984dan beri har bir turnirda boʻlgani kabi Fransiyadagi chempionatda ham uchinchi oʻrin uchun bahs oʻtkazilmagan.

Turnir Setkasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nimchorak final bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorak final bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yarim final bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Final[tahrir | manbasini tahrirlash]

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqada eng yaxshi deb topilgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnirning ramziy terma jamoasi

UEFA Texnik jamoasi musobaqa yakunida eng yaxshi 11 futbolchidan iborat ramziy terma jamoani eʼlon qildi[65]. Tahlilchilar guruhi qaror qabul qilishdan oldin har bir oʻyinni qayta koʻrib chiqishdi[65]. Turnirda gʻolib boʻlgan Portugaliya terma jamoasidan toʻrt nafar oʻyinchi ramziy terma jamoaga kiritildi[65].

Turnirning eng yaxshi futbolchisi

Turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrini fransiyalik futbolchi – Antuan Grizmannga topshirildi. Mazkur sovrin sohibini aniqlash jarayonida UEFA texnik direktori – Ioan Lupescu, Alex Ferguson va Alen Giresselar ishtirok etishgan.

Turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi

Mazkur sovrin 1994-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan futbolchilardan biriga topshirilishi kerak edi. Angliyalik futbolchi – Kingsley Coman va Portugaliya jamoadoshi Raphaël Guerreironi raqobatda ortda qoldirgan holda Renato Sanches „Turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi“ nomiga sazovor bolgan. Bu mukofot egasini ham UEFA texnik jamoasi aniqlab bergan.

Oltin butsa

„Oltin butsa“ sovrini turnir davomida oltita gol urgan Antuan Grizmannga topshirilgan.

Kumush butsa

Kumush butsa guruh bosqichida ikkita va pley-off bosqichida bitta gol urgan, hamda uchta golli uzatmani amalga oshirgan Cristiano Ronaldoga topshirilgan.

Bronza butsa

Bronza butsa Olivier Giroudga topshirilgan. Giroud guruh bosqichida bitta va pley-offda ikkita gol urgan hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Dimitri Payet ham xuddi shunday koʻrsatkich qayd etgan, biroq maydonda Girouddan 50 daqiqa koʻproq harakat qilgan.

Turnirning eng chiroyli goli

Turnirning eng chiroyli goli onlayn ovoz berish orqali aniqlandi. Roʻyxatdan jami 5 ta gol oʻrin oldi. 2016-yilning 13-iyulida 150 000 dan ortiq muxlis ishtirok etgan ochiq ovoz berish jarayonidan soʻng UEFA vengriyalik yarim himoyachi Zoltán Geraning Portugaliya darvozasiga kiritgan golini muxlislar tomonidan „eng chiroyli gol“ deb topilganini eʼlon qildi[66]. Alohida soʻrovnomada UEFA texnik jamoasi tomonidan Shveysariyalik hujumchi – Xherdan Shaqirining Polsha darvozasiga urgan goli turnirdagi eng chiroyli gol deb topildi[67].

Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovrin jamgʻarmasi
Oʻrin (norasmiy) Jamoa Million €
1  Portugaliya 25.5
2  Fransiya 23.5
3  Germaniya 18.5
4  Uels 18
5  Polsha 14.5
6  Belgiya
 Islandiya
 Italiya
14
9  Xorvatiya 12
10  Angliya
 Vengriya
 Ispaniya
  Shveysariya
11.5
14  Ireland
 Slovakiya
11
16  Shimoliy Irlandiya 10.5
17  Albaniya
 Turkiya
9
19  Avstriya
 Chexiya
 Ruminiya
 Rossiya
 Shvetsiya
8.5
24  Ukraina 8

Toʻliq roʻyxat[68]:

  • Musobadagi ishtirok uchun: €8 million

Jamoaning keyingi oʻyinlarda kiʻrsatgan natijalariga asosan qoʻshimcha mukofot:

  • Chempion: 8.000.000 yevro
  • Ikkinchi oʻrin: 5.000.000 yevro
  • Yarim finalga chiqqan jamoalar: 4.000.000 yevro
  • Chorak finalga chiqqan jamoalar: 2.500.000 yevro
  • Nimchorak finalga chiqqan jamoalar: 1.500.000 yevro
  • Guruhdagi har bir oʻyinda qozonilgan gʻalaba uchun: 1.000.000 yevro
  • Guruhdagi oʻyinlarda qayd etilgan durang natija uchun: 500 000 yevro

Marketing[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevro-2016 musobaqasining video oʻyini Konami kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan[69][70]. 2016-yil 24-martda asosiy platformalarda (PlayStation 3, PlayStation 4, Xbox 360, Xbox One va Microsoft Windows) ushbu oʻyinni bepul oʻynash imkoniyati yaratilgan[71].

Logotip va shior[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy logotip 2013-yil 26-iyun kuni Parijdagi Pavillon Cambon Capucinesda boʻlib oʻtgan marosimda taqdim etilgan[72]. Logotip Portugaliyaning Brandia Central agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Logotipda Fransiya bayrogʻida mavjud boʻlgan koʻk, oq va qizil rangladagi Yevropa chempionati kubogi tasvirlangan. Kubok atrofida futbolga oid elementlari ifodalovchi shakl va chiziqlar mavjud[73].

2013-yil 17 oktyabrda UEFA turnirning rasmiy shiorini eʼlon qilgan: Le Rendez-Vous. Shior haqida soʻralganda, Yevro-2016 tashkiliy qoʻmitasi raisi Jacques Lambert quyidagicha izoh bergan: „UEFA butun dunyodagi futbol ishqibozlariga va katta tadbirlarni sevuvchilarga yirik musobaqada ular bilan uchrashish va his-tuygʻularini baham koʻrish uchun taklifnoma yuboryapti“, – deya izoh bergan[74].

Oʻyin toʻplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir tarixida birinchi marta ikkita oʻyin toʻplaridan foydalanildi[75]. Guruh bosqichida „Adidas Beau Jeu“ nomli toʻpdan[76], pley-off bosqichida esa „Adidas Fracas“ nomli oʻyin toʻpidan foydalanildi[75].

Rasmiy qoʻshiqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

David Guetta va Zara Larsson tomonidan ijro etilgan „This Oneʼs for You“ qoʻshigʻi musobaqaning madhiyahi hisoblanadi. Yopilish marosimidagi qoʻshiq („Free Your Mind“) esa Maya Lavelle tomonidan ijro etilgan[77][78][79]. Maʼlum boʻlishicha, ochilish marosimidagi ijrosidan soʻng Devid Guettaning veb-saytidagi obunachilari soni 1 millionga ortgan[80].

Homiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevro-2016 ramzlari tushurilgan Turkish Airlines samolyoti.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „France forward Antoine Griezmann wins Golden Boot“. UEFA (2016-yil 10-iyul). Qaraldi: 2016-yil 11-iyul. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "golden-boot-winner" defined multiple times with different content
  2. „Antoine Griezmann named Player of the Tournament“. UEFA (2016-yil 11-iyul). Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  3. „Renato Sanches named Young Player of the Tournament“. UEFA (2016-yil 10-iyul). Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 „UEFA EURO 2016: key dates and milestones“. UEFA (2013-yil 1-fevral).
  5. 5,0 5,1 5,2 „UEFA EURO 2016 steering group meets in Paris“. UEFA (2012-yil 23-oktyabr).
  6. „UEFA approves 24-team Euro from 2016“. UEFA (2008-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  7. Chaplin, Mark. „2016 bidding process given green light“. Nyon: UEFA (2008-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  8. „France beat Turkey and Italy to stage Euro 2016“. BBC Sport (2010-yil 28-may). Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  9. FIFA.com. „FIFA Confederations Cup Russia 2017 – Teams – FIFA“. FIFA. 2008-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.
  10. „Four candidates signal UEFA Euro 2016 interest“. UEFA (2009-yil 11-mart). Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  11. „Regeringen säger nej till EM 2016-ansökan“ (sv). Swedish Football Association (2009-yil 9-dekabr). 2011-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar.
  12. „France chosen to host Euro 2016“. UEFA (2010-yil 28-may). Qaraldi: 2012-yil 2-iyul.
  13. „France win race to host Euro 2016“. The Roar. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
  14. „UEFA EURO 2016 qualifying format“. UEFA (2013-yil 19-dekabr).
  15. „UEFA EURO 2016 regulations published“. UEFA (2013-yil 18-dekabr).
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 „Regulations of the UEFA European Football Championship 2014–16“. UEFA. 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "regulations" defined multiple times with different content
  17. 17,0 17,1 17,2 Ziegler, Martyn. „Uefa admit expansion of European Championships to 24 teams 'not ideal'“. The Independent. London: Independent Print Limited (2012-yil 28-mart). Qaraldi: 2012-yil 28-mart.
  18. „EURO 2016 qualifying: Platini's plan“. Football-Rankings.info (2011-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-iyul.
  19. „EURO 2016: UEFA looking to change qualifying format“. Football-Rankings.info (2013-yil 7-iyun). Qaraldi: 2013-yil 3-iyul.
  20. McNulty, Phil. „Lithuania 0–3 England“. BBC Sport (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  21. Grohmann, Karolus. „Euro 2016 title is next on Germany's list – Schweinsteiger“. Reuters (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 „Euro 2016: Qualifiers for the tournament in France“. BBC Sport (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  23. „Hungary earn Euro 2016 spot by beating Norway to end finals drought“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.
  24. „Russia, Slovakia qualify for 2016 European Championship“ (en-US). USA TODAY. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  25. Rouse. „Tight win sends Slovakia to Euro 2016; Ukraine faces play-off after loss to Spain“ (en). theScore.com (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  26. Fisher, Ben. „Marcel Koller brings Austria in from the cold and ready for Euro 2016“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.
  27. Association, Press. „Ukraine through to Euro 2016 as Slovenia manage only a draw“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.
  28. Eccleshare, Charlie. „Euro 2016: How will England, Wales, Northern Ireland and possibly Republic of Ireland fare in France?“. The Daily Telegraph (2015-yil 12-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  29. FIFA.com. „O'Neills relishing landmark EURO challenge“. FIFA (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  30. „Netherlands 2–3 Czech Republic“. BBC Sport (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  31. „Finals draw“. UEFA.
  32. „UEFA EURO 2016 finals draw made in Paris“. UEFA (2015-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 12-dekabr.
  33. „EURO 2016 play-off, final tournament draw info“. UEFA (2015-yil 30-iyun). Qaraldi: 2015-yil 30-iyun.
  34. „UEFA EURO 2016 draw pots take shape“. UEFA (2015-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  35. „EURO 2016 draw pots confirmed for 12 December“. UEFA (2015-yil 17-noyabr).
  36. 36,0 36,1 36,2 36,3 36,4 „National Team Coefficients Overview 2015“. UEFA (2015-yil 14-oktyabr). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  37. „France to host Euro 2016 at eleven venues“. Supersport. Reuters (2011-yil 16-iyun). Qaraldi: 2011-yil 16-iyun.
  38. „UEFA European Football Championship – Final Tournament 2016 – Bid Evaluation Report“. UEFA. 2010-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
  39. „Strasbourg se rétracte“ (fr). Sport24 (2011-yil 29-iyul). Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
  40. Bisson, Mark. „France gets go-ahead to stage Euro 2016 in 11 host cities“. World Football Insider (2011-yil 17-iyun). 2011-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
  41. „France to host Euro 2016 at 11 venues“. Dawn. Reuters (2011-yil 17-iyun). Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
  42. „Nancy renonce à accueillir l'Euro 2016“ (fr). Le Monde. Agence France-Presse (2011-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 4-dekabr.
  43. „Executive Committee confirms EURO 2016 venues“. UEFA (2013-yil 25-yanvar).
  44. „UEFA EURO 2016 base camp catalogue launched“. UEFA (2014-yil 5-sentyabr).
  45. „Where will your team be based at EURO 2016?“. UEFA (2016-yil 2-mart).
  46. „All 24 UEFA EURO 2016 squads confirmed“. UEFA (2016-yil 1-iyun). Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  47. „Eighteen referees appointed for UEFA EURO 2016“. UEFA (2015-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  48. 48,0 48,1 „Full UEFA EURO 2016 referee teams named“. UEFA (2016-yil 1-mart). Qaraldi: 2016-yil 1-mart. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "referee teams named" defined multiple times with different content
  49. „Match Officials – UEFA EURO 2016“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2016-yil 1-mart). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
  50. 50,0 50,1 „UEFA EURO 2016 referee appointments“. UEFA. Qaraldi: 2016-yil 8-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "referee appointments" defined multiple times with different content
  51. „Euro 2016: Mark Clattenburg to referee Portugal-France final“. BBC Sport (2016-yil 8-iyul).
  52. „Rossiyskiy sudya Anton Averyanov ne budet rabotat na Yevro-2016“ (ru). Sport.ru (2016-yil 27-aprel). Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
  53. „Královcovi na ME vymění asistenta, který měl problémy s fyzickými testy“ (cs). Sport.cz (2016-yil 25-may). 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
  54. „il team arbitrale che rappresenterà l'Italia all'Europeo 2016“ (it). Italian Football Federation (2016-yil 25-may). Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
  55. „David Guetta and 150 can-can dancers, welcome to the Euro 2016 opening ceremony“. The Independent (2016-yil 10-iyun).
  56. „Euro 2016 opening ceremony: can-can girls, giant dancing lips, ballet and... lollipops?“. www.telegraph.co.uk. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  57. „UEFA EURO 2016 match schedule announced“. UEFA (2014-yil 25-aprel).
  58. „UEFA Euro 2016 Match Schedule“. UEFA. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  59. „UEFA EURO 2016 final tournament schedule“. UEFA (2015-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  60. „Full Time Summary Group A – France v Romania“ (PDF). UEFA.org. Union of European Football Associations (10-iyunda 2016). Qaraldi: 10-iyun 2016.
  61. „Full Time Summary – Albania v Switzerland“ (PDF). UEFA.org. Union of European Football Associations (11-iyun 2016). Qaraldi: 11-iyun 2016.
  62. „Full Time Summary – Romania v Switzerland“ (PDF). UEFA.org. Union of European Football Associations (15-iyun 2016). Qaraldi: 15-iyun 2016.
  63. „Full Time Summary – France v Albania“ (PDF). UEFA.org. Union of European Football Associations (15-iyun 2016). Qaraldi: 15-iyun 2016.
  64. „Full Time Summary – Romania v Albania“ (PDF). UEFA.org. Union of European Football Associations (19-iyun 2016). Qaraldi: 19-iyun 2016.
  65. 65,0 65,1 65,2 65,3 „UEFA EURO 2016 Team of the Tournament revealed“. UEFA (2016-yil 11-iyul). Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  66. „Gera wins fans' Goal of the Tournament“. UEFA (2016-yil 13-iyul).
  67. „UEFA Euro 2016 technical report: Goals of the tournament“. UEFA (2016). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  68. „UEFA Euro 2016 prize money substantially increased“. UEFA (2015-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
  69. „UEFA EURO 2016 Content Will Be Free for Existing PES 2016 Users“. Pro Evolution Soccer. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  70. „UEFA EURO 2016“. UEFA (2015-yil 5-avgust).
  71. „Konami to release UEFA Euro 2016 game in April“. UEFA (2016-yil 26-fevral). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
  72. „UEFA EURO 2016 logo Launch“. UEFA (2013-yil 26-iyun). 2013-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  73. „UEFA EURO 2016 logo unveiled“. UEFA (2013-yil 26-iyun). Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  74. „UEFA EURO 2016: 'Le Rendez-Vous'“. UEFA (2013-yil 17-oktyabr).
  75. 75,0 75,1 UEFA.com. „Ball for UEFA EURO 2016 knockout rounds unveiled – UEFA EURO – News – UEFA“. UEFA (2016-yil 20-iyun).
  76. „Zidane reveals Beau Jeu as official match ball“. UEFA (2015-yil 12-noyabr).
  77. „UEFA Euro 2016 Information & Schedule“.
  78. „This One's For You“. 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  79. „David Guetta Gets One Million Fans for Euro Song“. UEFA (2016-yil 27-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-may.
  80. „David Guetta Is Seeking One Million Fans for UEFA Anthem“. EDM Tunes (2015-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 28-may.