Futbol boʻyicha 2016-yilgi Yevropa chempionati mezbonini aniqlash
2016-yilgi Futbol boʻyicha Yevropa Chempionati mezbonini aniqlash, 2010-yilning 28-may kuni Jenevada boʻlib oʻtdi. Turnirni qabul qilish uchun Fransiya, Turkiya va Italiya oʻz zayavkalarini topshirishdi, yakunda Fransiya zayavkasi gʻalaba qozondi va Yevro 2016 turnirini oʻtkazish mezbonligini qoʻlga kiritdi.
UEFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]UK Jeff Tompson
Spain Anxel Mariya Vilyar
Germany Teo Tsvantsinger
Netherlands Mixael van Prag
Portugal Jilbertu Madail
Denmark Alan Xansen
Romania Mircha Sandu
Ukraine Grigoriy Surkis
Lithuania Lyutauras Varanavichyus
Slovakia Frantishek Laurinets
Malta Jozef Misfud
Cyprus Marios Lefkaritis
Israel Avraam Luzon
Ovoz berish paytida oʻz mamlakatlari ishtirok etayotgani sababli «Ijroiya Qoʻmitasi» aʼzolari yaʼni France Mishel Platini,
Turkey Senesh Erzik va
Italy Jankarlo Abete ovoz berishda ishtirok etishmadi.
Ovoz berish qoidalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi raundda har bir mamlakat prioritet boʻyicha qoʻyib chiqiladi: birinchi mamlakat 5 ochko, ikkinchi mamlakat 2 ochko va uchinchi mamlakat 1 ochkoga ega boʻladi. Birinchi raundga binoan 3-oʻrinni egallagan mamlakat, ikkinchi raundga chiqa olmaydi. Ikkinchi raundda eng koʻp ovoz toʻplagan mamlakat mezbonlikni qoʻlga kiritadi.
Ovoz berish natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya 2-raundda Turkiyadan 1 ta ovoz koʻp toʻplab gʻalaba qozondi.
Nomzod | 1-raund | 2-raund |
---|---|---|
![]() |
43 | 7 |
![]() |
38 | 6 |
![]() |
23 | 2-raundga chiqa olmadi |
Umumiy | 104 | 13 |
Turnirni qabul qilmoqchi boʻlgan, biroq oʻz zayavkasini qaytarib olgan mamlakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norvegiya /
Shvetsiya - bundan oldin Shvetsiya Yevro 1992ni qabul qilgan edi, biroq mamlakat hukumati qoʻllab-quvvatlamagani uchun 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib oldi.
Shotlandiya /
Wales Uels - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilishmagan, iqtisodiy inqiroz tufayli oʻz zayavkalarini qaytarib olishdi.
Irlandiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, Shotlandiya bilan boʻlgan muzokaralar ish bermagach zayavkasini qaytarib oldi.
Rossiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, ketma-ket ikkita Yevropa chrmpionati Sharqiy Yevropada oʻtishi mumkin emasligi bois (2012-yilda «Yevro-2012» Sharqiy Yevropaning mamlakatlari hisoblanadigan Polsha va Ukrainada oʻtkazilgan edi) 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib olishga majbur boʻldi.