Britaniya orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Britaniya orollariAtlantika okeani bilan Shim. dengiz oraligʻida, Yevropaning shim.gʻarbida joylashgan. Maydoni 314,4 ming km². Materikdan LaMansh va PadeKale boʻgʻozlari ajratib turadi. Britaniya orollarining 2 ta yirik orolida Buyuk Britaniya va Irlandiya davlatlari joylashgan. Britaniya orollari bir necha mayda (Gebrid, Orkni va Shetland) orollar toʻdasini, shuningdek Anglsi, Men va boshqa orollarni ham oʻz ichiga oladi. Ba’zan Britaniya orollari tarkibiga Normand orollarini ham kiritadilar. Yer yuzasi asosan tekis, oʻrtacha balandlikdagi (Pennin va Grampian) togʻlar ham bor. Iqlimi dengiz iqlimi. Yillik havo temperaturasi 8—14°. Yogʻin 600 mm dan 2000 m gacha. Daryolari toʻlib oqadi, qishda muzlaydi. Koʻl va yaylovlar koʻp, kichikroq oʻrmonlar bor. "

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil