Alex Ferguson
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Alexandr Chapman Ferguson | ||
| Tavallud sanasi | 31-dekabr 1941-yil | ||
| Tavallud joyi | Glazgo, Shotlandiya | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Laqabi | Fergi, SAF | ||
Sir Alexandr Chapman Ferguson (talaffuzi Sir Aleksandr Chepmen Fergyuson; 1941-yil 31 dekabrda Shotlandiyaning Glazgo shahrida tugʻilgan. Uning taxalluslari Aleks Fergyuson, Sir Aleks, SAF yoki Fergi — Shotlandiyalik futbolchi va futbol murabbiyi. Aleks Fergyuson 1986-yil Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. boʻlgan. Aleks Ferguyoson Britaniya futbolidagi eng koʻp sovrinli murabbiy boʻlgan. U dunyo futbol tarixida buyuk murabbiylardan biri deb tan olingan.
Fergyuson Shotlandiyaning “Ist Sterlingshir” va “Sent-Mirren” klublari bosh murabbiyi boʻlgan, bundan soʻng “Aberdin” klubini mashq qildirgan, bu klub bilan u katta yutuqlarga erishgan. U Jok Steyn oʻlimidan soʻng Shotlandiya milliy terma jamoasini qisqa vaqt boshqarib turadi, bundan soʻng 1986-yil noyabr oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlanadi.