Fors xattotligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fors xattotligi fors yozuvida qoʻllaniladigan xat turi bo'lib, Fors tarixidagi eng hurmatga sazovor bo'lgan sanʼatlardan biridir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

VII asrda arablar Fors davlatini bosib olgandan so'ng, islom madaniyati kirib keldi. Arab tilining obro'si ostida forslar arab yozuvini o'zlari uchun moslashtirdilar va tovushlarni belgilash uchun unga arab tilida yo'q bo'lgan to'rtta harfni :(پ), (چ),(ژ), (گ) qo'shdilar. Buning natijasida fors alfaviti 32 ta harfdan tashkil topdi.

Forslarga arab xattotligi kirib kelishi uchta asosiy yozuvi - kufi, nasx va sulsdan boshlangan. Ulardan eng qadimgisi kufi xat turi bo'lib, taxminan VII asrgacha hukmronlik qilgan, to'g'ri chiziqlari va aniq geometrik shakllari bilan ajralib turgan. Hozirda u Qur'on suralarining sarlavhalarini yozishda foydalaniladi. Nasx yozuvi asosan, Qur'on va hadislarni ko'chirishda ishlatilgan. Suls xat turi ("uchdan bir") 1/3 nisbatda o'zaro bog'liq bo'lgan egri chiziqli va to'g'ri chiziqli elementlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Fors yozuvida ayniqsa, Nasx va Suls maktablari keng tarqalgan edi, chunki ular me'morchilikda musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan masjid, maqbara va boshqa binolarni bezash uchun keng qo'llanilgan.

Nasta'liq qo'lyozma namunasi

Temuriylar davrida fors xattotligining rivojlanishiga Amir Temurning nabirasi Boysung'ur yordam bergan. Sanʼat homiysi va arab xattotligining oltita uslubini oʻzlashtirgan tajribali xattot (Mashhaddagi Gavharshod masjidida shaxsan oʻzi yozgan xat yozuvi saqlanib qolgan) boʻlgan Boysung'ur Mirzo 1420-yilda Tabrizni qoʻlga kiritgach, bir qancha kitob ustalarini yetishtirib chiqdi.U yerdan, xususan, mashhur xattot Mir Ali Tabriziy, unga Boysung'urning kutubxonasiga rahbarlik qilgan. Tabriziy kursiv yozuvning yangi turini - " nasta'liq " ni taklif qildi ( forscha: نستعلیق nastaʿliq – ism “nasx” va “tolik” so‘zlaridan kelib chiqqan).

Nasta'liq qisqa vertikal, uzun gorizontal chiziqlar bilan ajralib turadi. Kaligrafik yozuvlar siyohga botirilgan, uchi 5-10 mm kattalikdagi qiya uchli, kesilgan qamish boʻlagi boʻlgan “qalamdan" foydalanilgan . Qalamningning uchi odata, siyohni so‘rilishini osonlashtirish uchun o‘rtasidan bo‘lingan.

Nasta'liq yozuvi forslar o'rtasida tezda shuhrat qozondi. U kitoblar va she'riy to'plamlar, sevgi maktublari va ma'muriy hujjatlarni yozishda ishlatilgan. Hozirgacha Eronda Hofiz, Sa’diy, Rumiy va boshqa shoirlarning she’rlari “nasta'liq” yordamida nashr etiladi. Fors o'lkasidan tashqari “nasta'liq” Markaziy Osiyo, Pokiston va Hindistonda ham keng tarqalgan.

Shoh Abbos davrida (VIIasr boshlari) xattot Mir Emad Hassaniy tomonidan "nasta'liq" xat turiga" ko'plab o'zgarishlar kiritildi. Hassaniy tomonidan qayta koʻrib chiqilgan “nastaliq” Eronda hozirgacha qoʻllaniladi. XVII asr oxirida Hirot hukmdori (o‘sha paytda Safaviylar davlati tarkibiga kirgan) Morteza Go‘lixon Shomlu yangi xat turi— shekaste nasta'liq ( forscha singan nastalik ")ni ishlab chiqdi.

Shekaste nasta'liq qo'lyozma namunasi.

Tipografiya Fors xattotligigi kirib borar ekan, yozuv o‘zining estetik jozibasini yo‘qotib, tobora soddalashdi. XIX asrda Nosiriddinshohning kotibi Mirzo Muhammad Rizo Kalhor “nasta'liq”ga yana bir oʻzgartirish kiritdi: bosma shaklni siyoh bilan toʻldirish qulayligi uchun harflar va chizmalar biroz qalinroq boʻldi.

Zamonaviy Eronda xattotlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yillarda Eronda Eron xattotlar jamiyati[en] tashkil etilgan boʻlib, uning tashkilotchilari orasida mashhur xattotlar Husayn Mirxoniy, Ali Akbar Kaveh, Ibrohim Buzoriy, Hasan Mirxoniy va Mehdi Bayon [1] kabi xattotlar ham bor.

Eronda xattotlik rivojiga yangi turtki 1960-1970-yillarda reklama sanoatining rivojlanishi bilan bogʻliqdir. O'sha davrda "nasta'liq"ning ikkita maktabi: an'anaviy va yangi maktablari paydo bo'ldi. Shuningdek, bugungi kunda ma'lum bo'lgan fors xattotligining eng yangisi - " Mulla " maktabi ham faoliyat ko'rsatadi.


Xattotlik mamlakatdagi bir qator muzeylarda – xususan, Qazvin shahridagi xattotlik muzeyida namoyish etilgan hamda Eronda muntazam ravishda ko‘rgazma va xattotlik tanlovlari ham o‘tkazib turiladi [2][3] .

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]