Fluoressensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fluoressensiya (flyuorit va lot. escent — kuchsiz taʼsirni ifodalovchi suffiks), flyuoressensiya — qisqa vaqtda soʻnadigan lyuminissensiya. Odatda, F. atom va molekulalarning spontan kvant oʻtishlarida sodir boʻladi, shuning uchun F. davomiyligi atom va molekulalarning uygʻongan holatda yashash vaqti bilan aniqlanadi (man etilgan utishlar holida F. davomiyligi anchagina katta boʻlishi mumkin). F. yordamida moddalar strukturasi va ularda yuz beradigan fizik jarayonlar oʻrganiladi. F.dan lyuminessent analiz, chaqnovchi sanagichlar, defektoskopiya, mikrobiologiya, tibbiyot, biofizika va h.k.larda foydalaniladi.