Fosforessensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fosforessensiya - uygʻotish tugagandan keyin xam ancha davom etadigan lyuminessensiya. F. bir necha sekund, minut, soat, oy va hatto yil davom etishi mumkin. Kristallofosforlarning F.si uygʻotish vaqtida ajraladigan elektronlar va kovaklarning rekombinatsiyasi vaqtida sodir boʻladi. Nurlanishning choʻzilishi elektronlar va kovaklarning turli "qopqon"larga ilinishi bilan bogʻliq. Ular faqat "qopqon" chuqurligidan katta boʻlgan qoʻshimcha energiya olibgina bu "qopqon"lardan ozod boʻlishi mumkin. Murakkab organik molekulalarning F.si ularning metastabil (oraliq) holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Organik molekulalar F.sining ravshanligi, odatda, vaqt boʻyicha eksponensial qonun boʻyicha kamayadi. Kristallofosforlar F.si ravshanligining soʻnish qrnuni murakkab. Kristallofosforlar trasining ortishi, odatda, F.ning soʻnishini tezlatadi (yana q. Fluoressensiya).