Akulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akulalar (Selachomorpha) — togʻayli baliqlar sinfi plastinka ja-bralilar kenja sinfining katta tur-kumi. Tanasi suyri shaklda, suv tubida yashovchi A. yassi, uz. 15-40 sm dan (tikanli qora A.) 15-20 m gacha (gigant A.), ogʻirligi 14 t gacha (gigant va kit A.). Tanasi plakoid tangachalar bilan krplangan. Jabra yoriqlari 5 (baʼzi turlarida 6-7) tadan boʻlib, boshining ikki yonida, ogʻzi boshining ostida tanasiga koʻndalang joylashgan. Dum suzgichi kuch-li rivojlangan, har xil kattalikdagi (gsterotserkal) ikkita boʻlakdan ibo-rat. Tishlari koʻp, uchi oʻtkir. Yirtqich A.ning tishlari juda yirik. Koʻpchilik A. yirtqich; baliqlar, mollyuskalar va boshqa hayvonlar bilan, kit va gigant A. esa plan-kton bilan oziqlanadi. A. tuxumdan tirik tugʻadi yoki tuxum qoʻyib koʻpayadi. A. 6 turkumni (har xil tishlilar, koʻp jabra-lilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar, skvatinsimonlar), 20 oilani oʻz ichiga oladi. A. Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua koʻli)da yashaydi. Qora va Uzoq Sharq dengizlarida tikanli qora A., yaʼni katran, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida seld A., shim. dengizlarda qutb A. tarkalgan. A. ayniqsa tropik dengizlarda xilma-xil boʻladi. Koʻpchilik A. ovlanadi, jigaridan baliq yogʻi oli-nadi, goʻshti ovqat uchun ishlatiladi. skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Koʻpchiligi yirtqich A. (yoʻlbars A., kar-harodon, bolgʻabosh A., mako A. va boshqalar), aso-san baliqlar va suvdagi umurtqasizlar bilan oziqlanadi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Dunyodagi eng xavfli akulalar