Choʻgʻlanma lampa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lampa

Choʻgʻlanma lampa — elektr toki taʼsirida tolasi (simi) choʻgʻlanib nur sochadigan yorugʻlik manbai. Ichidan havosi soʻrilib, choʻgʻlanish jismi (sim) joylangan kolba (lampochka)dan iborat. Baʼzi choʻgʻlanma lampalarning kolbasi tolaning trasi, yaʼni nur sochishini yaxshilash uchun inert gaz bilan toʻldiriladi. Choʻgʻlanma lampaning tolasi spiral, bispiral (ikki spiral) yoki trispiral (uch spiral) tarzida oʻralgan volfram simdan qilinadi. Choʻgʻlanma lampa yonganda tolasi 2500—3300 K gacha qiziydi; nur sochish quvvati 10—35 lm/Vt; xizmat muddati 1000 soatgacha. Dastlabki choʻgʻlanma lampani 1872-yilda Aleksandr Lodigin ixtiro qilgan. 1879-yilda Thomas Edison uni takomillashtirgan. Choʻgʻlanma lampalar xonalar va maydonlarni yoritishda, kinoproyeksion apparatlarda, konlarda, avtomobillarda ishlatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]