Mineralogiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mineralogiya (mineral... va ...logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi)ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jara-yonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. M.ning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. M.dan 19-asrda kristallografiya va petrografiya, 20-asr boshlarida foydali qazilmalar haqida taʼlimot, geokimyo, soʻngra kristallokimyo ajralib chiqpi. M. hozirgi zamon fizikasi, kimyosi qonuniyatlaridan keng foydalanadi.

M.ni urganishniig asosiy yoʻnalishlari. Tavsifiy M.ning asosiy vazifasi minerallarning sistematikasi masallari; morfologiyasi, konstitutsiyasi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tavsifiy M.da hozirgi vaq-tda minerallar fizikasi eng muhim boʻlimni tashkil etadi.

Genetik M. muayyan mineral turi va minerallar assotsiatsiyasi — foydali qazilma konlarini hosil boʻlishiga sabab boʻlgan sharoit, qonuniyat va jarayonlarni aniqlaydi; minerallarning hosil boʻlish jarayonini tavsiflovchi fizikkimyoviy oʻlchamlari (tra, bosim, mineral hosil boʻluvchi muhitning kimyosi)ni belgilaydi. Genetik M.minerallar tipomorfizmi haqidagi taʼlimotni; ontogenetik va kristallomorfologik taxlilni; qattiq va gazsuyuklik kiritmalarni ta-dqiq qilish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Eksperimental M. tabiatda minerallarning vujudga kelish sharoitlarini aniqlash maqsadida tabiiy jarayonlarni modellashtirish va fizikkimyoviy sistemalarni urganish bilan shugʻullanadi. Minerallarni (olmos, pyezokvars kristallari, optik flyuorit, laʼl, granat va boshqalar) sintez qilish ham shu sohaga yaqin turadi.

Amaliy va texnik-iqtisodiy M. mineral xom ashyodan kompleks foydalanishga qrragilgan va undan olinadigan foydali qismlarini koʻpaytirish uchun yangi mineral turlarini mineralogik tadqiq qilib, sanoatda foydalanish muammolari bilan shug-ullanadi; minerallarning texnologik xususiyatlari ularning tarkibi va strukturasiga bogʻliqligini, rudani boyitish jarayonida minerallarning uzgarishi, erishi va boshqa ni oʻrganadi, qidirishning maxsus mineralogik metodlarini ishlab chikadi.

Regional M. mineral va ular as sotsiatsiyalarining taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida muayyan hududlar va ruda provinsiyasining mineralogik oʻrganishni umumlashtiradi.

Kosmik jismlar M.si Oy jinslaridan namunalar olingandan keyingina rivojlandi. Shuningdek, meteoritlarning mineral tarkibini oʻrganish ham katta ahamiyatga ega.

Bu yoʻnalishlarning birortasi minerallarni tadqiq qilishning yangi metodlarni yaratmay va mavjudlarini takomillashtirmay turib Samara bermaydi.

Tarixi. M. odamlarning amaliy ehti-yojidan kelib chiqqan holda juda qadimda vujudga kelgan. Oʻsha davrlarda toshdan keng koʻlamda foydalanilgan. Dastlabki maʼlumotlar qad. hind diniy kitoblari va dostonlari, miloddan avvalgi 4—2asrlarda yashagan yunon olimi Teofrastning "Toshlar haqida" va Katta Pliniy asarlarida berilgan. Oʻrta ayerda Sharkda M.ga Abu Ali ibn Sino, Al-Kindi, Abu Rayhon Beruniy, Jobir ibn Xayyom, Roziy, Mahmud ibn Vali, Muhammad ibn Mansur va boshqa hissa qoʻshgan. Beruniy "Kitob aljamohir fi maʼrifat aljavohir" ("Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami" — qisqacha "Mineralogiya") asarida 300 dan ziyod mineral va ular turlarining xususiyati, qoʻllanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, qattikligi va zichligini taʼriflaydi. Mahmud ibn Vali ham "Bahr ul-asror" ("Sirlar dengizi") asarida (17-asrning 1-yarmi) M. rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Bu asarlarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida maʼlumotlar bor.

Konchilikning Yevropada (6—13-asrlar) rivojlanishi (temir, qalay, muskovit, tosh tuzi, kahrabo, kumush va boshqa ni qazib olish) rudalarni oʻrganishga turtki boʻldi. 13-asrda Yevropada mineral haqida maxsus risola yozildi. Pekin u vaqtda mineral, togʻ jinslari va rudalar oʻzaro farq qilinmagan, ularning tasnifi juda sodda boʻlgan. M.ni oʻrganish alkimyo bilan bogʻliqholda olib borilgan. M. Uygʻonish davridan boshlab fan sifatida shakllandi. G. Agrikola "Konchilik va metallurgiya" asarida (1550) birinchi marta mineralni togʻ jinsidan aniq farqladi, dastlabki tasnifni qoʻlladi. "M." termini fanga italyan tabiatshunosi Bernard Seziy tomonidan 1636 yilda kiritilgan. 17-asrda Yevropada kristallarning geometrik qonunlari va ularning optik xususiyatlari oʻrganildi. Kristallarning kirrali burchaklarini tadqiq qilish M. va kristallografiya rivojiga katta hissa qoʻshdi. Rus olimi M. V. Lomonosov minerallarning asosiy belgisi sifatida uning kimyoviy tarkibini olgan. 19-asrda mi-nerallarning tarkibi va fizik xossalarini oʻrganish natijasida izomorfizm va polimorfizm tushunchalari paydo boʻldi. 19-asr oxirida turli xom ashyoga boʻlgan ehtiyojning kuchayishi bilan tavsifiy M.ning eski usullari talabga javob bermay qoʻydi. M.ga rus olimlaridan V. V. Dokuchayev, A. S. Fyodorov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, D. S. Korjinskiy, shveysariyalik P. Niggli, amerikalik N. L. Bouen, gollandiyalik Ya. X. Vant-Goff va boshqa salmokdi hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda M.ni oʻrganish va mineralog kadrlar tayyorlash 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Bir qancha minerallarning toʻliq tasnifi berildi. Toshkentda yangi mineralogikgeokimyoviy yoʻnalish vujudga keldi. Hozirgi Oʻzbekiston milliy unti geologiya fakultetida, Tosh-TU ning konchilik-geologiya fakultetida, Oʻzbekiston FA H.M. Abdullayev nomidagi Geol. va geofizika institutida, Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi Mineral resurslar institutida mineralogik, geokimyoviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston hududidan jahonda ilgari nomaʼlum boʻlgan yangi minerallar topildi.

Adabiyot[tahrir]

  • Betehtin A. G., Mineralogiya kursi, T., 1969; Uklonskiy A. S, Mineralogiya. M., 1940; Grigoryev D. P., Ontogenez mineralov, Lvov, 1961.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil