Foton
Foton (qadimgi yunoncha: φωτός — „yorugʻlik“) elementar zarracha boʻlib, elektromagnit nurlanish (xususan, yorugʻlik) kvantidir. Bu massasiz zarracha faqat yorugʻlik tezligida harakat qilibgina mavjud boʻla oladi. Fotonning elektr zaryadi nolga teng. Foton faqat ikki spin holatida boʻla oladi: +1 va -1 spirallik harakati yoʻnalishiga spin proeksiyasi. Bu xususiyatga klassik elektrodinamikada aylanma oʻng va chap elektromagnit toʻlqin qutblanishi mos keladi. Foton kvant zarrachasi boʻlgani uchun unga korpuskular-toʻlqin dualizmi xos, u bir vaqtning oʻzida ham zarracha, ham toʻlqin xossalarini namoyon etadi.
Foton (yun. photos — yorugʻlik) — elementar zarra, elektromagnit nurlanish (tor maʼnoda — yorugʻlik) kvanti; F. ning tinchlikdagi massasi /ya?=0, shuning uchun tezligi faqat yorugʻlik tezligi s=3108 m/s ga teng. F.ning spini (h birliklarida) 1 ga teng, shuning uchun bozonlar guruhiga kiradi va Boze — Eynshteyn statistikasiga boʻysunadi. F. elektromagnit va gravitatsion oʻzaro taʼsirlarda qatnashadi, barcha elementar zarralar bilan oʻzaro taʼsirlashadi. Energiyalari 100 keV dan katta boʻlgan F.lar, odatda, ukvantlar deb ataladi. Atom yadrosining elektrostatik maydonida energiyasi > 1 MeV boʻlgan ukvantlar elektron va pozitronga (elektronpozitron juftning tugʻilish jarayoni) aylanishi mumkin, elektron hamda pozitron toʻqnashganida ikkita (yoki uchta) ukvantga annigilyatsiyalanishi mumkin. F.ning nurlanish klassik nazariyasi Maksvell tenglamasiga, F.larning oʻzaro taʼsir etish kvant nazariyasi kvant elektrodinamikasita asoslangan. F.lar manbalari boʻlib yorugʻlik manbalari, ukvantlar manbalari boʻlib radiaktiv izotoplar xizmat qiladi.
| |
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar | |
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon | |
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar |
![]() |
Vikiomborda Foton haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |