Gubanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gubanlar, doʻrdoq bal iqlar (Labridae) — okun (olabugʻa)simon baliqlar turkumining bir oilasi. Koʻpchilik turlari tanasining uz. 10 — 30 sm, vazni 250 g cha; baʼzi turlarining uz. 1,8 m ga, vazni esa 27 kg ga yetadi. 400 turni oʻz ichiga olgan 50 ga yaqin urugʻi maʼlum. Tropik va moʻʼtadil iqlimli dengizlarda uchraydi; bir qancha turlari suv oʻtlari yoki marjon poliplar orasida yashaydi. Rangi yashash muhitiga moslashgan yaltiroq, tiniq boʻladi. Qora dengiz va Azov dengizida 8 turi bor. Mayda umurtqasiz hayvonlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va b. bilan oziqlanadi; oʻsimlikxoʻrlari ham bor. Koʻpincha suv oʻtlari orasiga tuxum tashlab koʻpayadi; kam ovlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil