Flyuorit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flyuorit (lot. fl uor — oqim), plavik shpati — ftoridlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi SaGʻ2; , baʼzan Sa, oz miqdorda Y ( i t troflyuorit), noyob yer elementlari (TR), Sr, Mn, Na, U bilan almashadi. F. kub singoniyada kristallanib, F.li struktura hosil qiladi. Kristallari kub va oktaedr shaklida, agregatlari yaxlit, yirik kristalli, donador, tuproqsimon (ratovkit). Rangsiz, pushti, yashil, sariq, havo rang , gunafsha rang xillari bor. F. qizdirilganda rangi yoʻqoladi va rentgen nurlari taʼsirida yana boʻyalib qoladi. Shishadek yaltiraydi, moʻrt. Qattikligi 4; zichligi 3,1 — 3,2 g/sm3, ittiroflyuoritniki 3,3 g/sm3 gacha; erish trasi 1360°. F. har xil sharoitda keng tarqalgan magmatik aksessor mineral boʻlib, pegmatit, greyzen, skarn, ikkilamchi kvarsitlar va choʻkindi jinslarda hosil boʻladi. Uning asosiy qismi gidrotermal jarayonda boʻshliklar va tomirlarni toʻldirgan holda metall rudasi hisoblangan minerallarga yoʻldosh sifatida uchraydi. Genetik mineralogiyaning muhim tipomorf minerali. F. metallurgiyada flyus sifatida ishlatiladi; kimyo sanoatida undan plavik kislota, kriolit olinadi; keramikada emal, glazur (sir) tayyorlanadi. F. sintetik kristallarni oʻstirish uchun xom ashyo hisoblanadi. Tiniq, shaffof, rangsiz yoki nim rang kristallaridan linza, obʼyektiv, teleskoplar, vakuum va rentgen spektrograflari uchun prizmalar tayyorlanadi. TR va U bilan faollashtirilgan F. lazer materialidir. Konlari RF (Primorye oʻlkasi, Baykalorti), Qozogʻiston, AQSH, Meksika, Fransiyada mavjud. F. konlari Oʻzbekistonda ChatqrlQurama regionida joylashgan: AgataChibargata, Navgiskon, Obirahmat, Kengutan, Qizilbaur va Navgarzonda qazib olingan; Suppatosh va Shabrez oʻzlashtirishga tayyorlangan.