Kontent qismiga oʻtish

Fabián Ruiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabián Ruiz
Fabián 2019-yilda Ispaniya terma jamoasida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fabián Ruiz Peña
Tavallud sanasi 3-aprel 1996-yil (1996-04-03) (28 yosh)
Tavallud joyi Los Palacios y Villafranca, Ispaniya
Boʻyi 1.89 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
La Unión Los Palacios
2004–2014 Real Betis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2016 Betis B 23 (2)
2014–2018 Betis 56 (3)
2017Elche (ijara) 18 (1)
2018–2022 Napoli 125 (18)
2022– Paris Saint-Germain 48 (4)
Milliy terma jamoa
2015 Ispaniya U19 2 (0)
2017–2019 Ispaniya U21 14 (5)
2019– Ispaniya 29 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 15-may 23:05 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 9-iyul 23:05 uchun)

Fabian Ruis Peña (ispancha talaffuzi: [faˈβjan rwiθ ˈpeɲa]; 1996-yil 3-aprelda tugʻilgan[2]) – Fabian nomi bilan ham tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi hisoblangan Paris Saint-Germainda va Ispaniya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruizning futbolga kirib kelishida onasining katta hissasi bor[2].

Klublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Betis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruiz Andalusiyaning Sevilla provensiyasiga qarashli Los-Palasios y Villafranka shahrida tugʻilgan. U 2004-yilda EF La Union de Los Palaciosda ish boshlaganidan keyin sakkiz yoshida Real Betis jamoasining yoshlar tarkibiga qoʻshildi[3]. U 2014-yil iyul oyida asosiy jamoaning zaxirasiga oʻtdi[4] va 21-sentabrda debyut qildi hamda Segunda B divizionida Marbellaga qarshi oʻz uyida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda ikkinchi boʻlimda maydonga tushirildi[5].

Fabian professional karyerasidagi birinchi oʻyinini 16-dekabr kuni oʻtkazdi va Segunda divizionining „Lugo“ klubiga qarshi safardagi 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 51-daqiqasida Xavi Torresning oʻrniga maydonga tushdi[6].

Fabian Ispaniya futbolidagi asosiy debyutini 2015-yilning 23-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida "Vilyarreal" klubiga qarshi kechgan oʻyinda (1:1) Alfred NʼDiaye oʻrniga maydonga tushdi[7].

Elche (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi yilning 23-dekabrida u shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va darhol Elche klubiga ijaraga berildi[8].

Yutuq[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaytib kelgach, Fabian yangi bosh murabbiy Quique Setien qoʻl ostida muntazam maydonga tushib turdi va 2017-yilning 25-sentyabrida „Levante“ klubiga qarshi 4:0 hisobida qozonilgan gʻalabali oʻyinda birinchi golini urdi. 31-yanvarda shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgandan soʻng, uning tovon puli 30 million yevro qilib belgiladi[9].

2018-yilning 30-aprelida Fabianning jamoasi oʻz uyida „Malaga“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 2018-19-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. „Betis“ klubiga gʻalaba keltirgan golni Fabian kiritdi[10].

Napoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 5-iyulida Fabian "Napoli" klubi bilan 2023-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi. „Napoli“ esa Fabianning 30 million yevro tovon pulini toʻlagan[11][12]. U 16-sentabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan „Srvena Zvezda“ jamoasi maydonida boʻlib oʻtgan va golsiz durang qayd etilgan oʻyinda debyut qildi[13]. Oʻn kundan keyin u A Seriyadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi va jamoasi bilan San-Paolo stadionida „Parma“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].

Paris Saint-Germain[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-avgustda Fabian Liga 1 klubi Paris Saint-Germain (PSJ) bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[15]. U 2022-yil 10-sentyabrda Parc des Princes stadionida „Brest“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushirildi[16]. 2023-yilning 1-fevralida u oʻzining PSJ jamoasidagi ilk golini „Monpelye“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi[17]. Mavsum oxirida Fabian PSJ bilan Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi, bu uning oliy ligalardagi birinchi chempionligi edi[18].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chap oyoqda koʻproq harakat qiluvchi markaziy yarim himoyachi Fabian oʻzining koʻrish qobiliyati, uzatmalari, toʻpni nazorat qilish va dribling qilish qobiliyati, shuningdek, taktik jihatdan koʻp qirraliligi bilan tanilgan va 4–4–2, 4–3–3 va 4–2–3–1 kabi bir qator formatlarda yaxshi oʻynay oladi[19]. U himoyaviy yarim himoyachi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi.

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 25-may holatiga koʻra[20]
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Kubok[lower-alpha 1] Xalqaro Boshqalar Umumiy
Dvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Real Betis B 2014–15 Segunda División B 19 1 19 1
2015–16 Segunda División B 4 2 4 2
Umumiy 23 3 23 3
Real Betis 2014–15 Segunda División 6 0 0 0 6 0
2015–16 La Liga 12 0 2 0 14 0
2016–17 La Liga 4 0 1 0 5 0
2017–18 La Liga 34 3 1 0 35 3
Umumiy 56 3 4 0 60 3
Elche (ijara) 2016–17 Segunda División 18 1 18 1
Napoli 2018–19 Serie A 27 5 2 1 11[lower-alpha 2] 1 40 7
2019–20 Serie A 33 3 5 1 8[lower-alpha 3] 0 46 4
2020–21 Serie A 33 3 1 0 8[lower-alpha 4] 1 0 0 42 4
2021–22 Serie A 32 7 1 0 5[lower-alpha 4] 0 38 7
Umumiy 125 18 9 2 32 2 0 0 166 22
Paris Saint-Germain 2022–23 Ligue 1 27 3 3 0 7[lower-alpha 3] 0 37 3
2023–24 Ligue 1 21 1 5 2 9[lower-alpha 3] 0 0 0 35 3
Umumiy 48 4 8 2 16 0 0 0 72 6
Karyerasi davomida 270 29 21 4 48 2 0 0 339 35
  1. Includes Copa del Rey, Coppa Italia, Coupe de France
  2. Six appearances in UEFA Champions League, five appearances and one goal in UEFA Europa League
  3. 3,0 3,1 3,2 Appearances in UEFA Champions League
  4. 4,0 4,1 Appearances in UEFA Europa League

Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[21]
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyinlari va gollari
Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Ispaniya 2019 6 1
2020 3 0
2021 6 0
2022 0 0
2023 6 0
2024 8 3
Umumiy 29 4
2024-yil 30-iyun holatiga koʻra. Roʻyxatda birinchi boʻlib Ispaniyaning gollari qayd etilgan.[21]
Xalqaro Oʻyinlardagi gollari
No. Sana Joy Kubok Raqib Goli Yakuniy natija Musobaqa
1 2019-yil 18-noyabr Wanda Metropolitano, Madrid, Ispaniya 6  Ruminiya 1–0 5–0 UEFA Yevro 2020 saralashi
2 2024-yil 8-iyun Estadi Mallorca Son Moix, Palma, Ispaniya 23  Shimoliy Irlandiya 4–1 5–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 2024-yil 15-iyun Olympiastadion, Berlin, Germaniya 24  Xorvatiya 2–0 3–0 UEFA Yevro 2024
4 2024 yil 30 iyun RheinEnergieStadion, Köln, Germaniya 26  Gruziya 2–1 4–1 UEFA Yevro 2024

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Betis

  • Segunda divizioni: 2014–15 

Napoli

  • Italiya kubogi: 2019–20[22]

Paris Saint-Germain

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2019[23]

Individual

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2019 yil
  • 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019[26]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fabián Ruiz“. Paris Saint-Germain F.C. (1996-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 23-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Lara, Miguel Ángel. „Fabián Ruiz: "Mi ídolo es mi madre"“ (es). Marca (2019-yil 5-sentyabr).
  3. „Fabián sigue quemando etapas rumbo a la elite“ (es). Estadio Deportivo (2014-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  4. „Fabián y Gavi, dos palaciegos en el futuro del Betis“ (es). Cuenta con la Cantera (2014-yil 16-sentyabr). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  5. „El Marbella golea a domicilio al Betis B“ (es). Diario Sur (2014-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
  6. „El Betis derriba el fortín del Lugo y se acerca a zona de ascenso“ (es). Marca (2014-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
  7. „Rubén Castro llega justo a tiempo“ (es). Marca (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  8. „Fabián extends his contract and goes on loan to Elche CF“. Real Betis (2016-yil 23-dekabr). 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  9. „El Betis hace oficial la renovación de Fabián Ruiz hasta 2023“ (es). Marca (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  10. „Betis qualify for the Europa League with win over Malaga“. Marca (2018-yil 30-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  11. „Napoli Confirm Signing of Real Betis Talent Fabian Ruiz on Long Term Contract“. Sports Illustrated. 5 July 2018.
  12. „Official: Napoli pay Ruiz clause“. Football Italia (2018-yil 5-iyul). Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  13. „Le formazioni ufficiali di Stella Rossa-Napoli: Milik titolare, debutta Fabian Ruiz“ (it). Eurosport (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  14. „Fabian Ruiz, l'esordio al San Paolo: prestazione brillante e priva di errori“ (it). Napoli Calcio Live (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  15. „Fabián Ruiz signs five-year deal with Paris Saint-Germain“. Paris Saint-Germain F.C. (2022-yil 30-avgust).
  16. „First appearance for Fabian Ruiz“. Paris Saint-Germain F.C. (2022-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  17. „Montpellier 1-3 PSG: Fabian Ruiz assists and scores in costly snoozefest“. PSG Post (2023-yil 2-fevral). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  18. „Football : le PSG remporte son onzième titre de champion de France“ (Fr). France 24 (2023-yil 27-may). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  19. „Chi è davvero Fabian Ruiz“ (it). ultimouomo.com. L'Ultimo Uomo (2018-yil 22-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  20. Fabián Soccerway saytida. Qaralgan sana: 11 August 2017.
  21. 21,0 21,1 „Fabián Ruiz“. European Football. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  22. „Coppa: Napoli beat Juventus on penalties“. Football Italia (2020-yil 17-iyun).
  23. „Spain U21 2–1 Germany U21“. BBC Sport (2019-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  24. UEFA.com. „Spain 2-1 England | UEFA EURO 2024 Final“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  25. Smith, Emma. „Spain win Nations League final on penalties“. BBC Sport (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  26. „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]