Mikel Merino
|
Merino Ispaniya tarkibida (2025-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Mikel Merino Zazón[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 22-iyun[2] | ||
| Tavallud joyi | Pamplona, Ispaniya[2] | ||
| Boʻyi | 1.88 m[3] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi, strayker | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
| Raqami | 23 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Amigó | |||
| Osasuna | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014 | Osasuna B | 5 | (0) |
| 2014—2016 | Osasuna | 63 | (5) |
| 2016—2017 | Borussia Dortmund | 8 | (0) |
| 2017 | → Newcastle United | 7 | (0) |
| 2017—2018 | Newcastle United | 17 | (1) |
| 2018—2024 | Real Sociedad | 190 | (20) |
| 2024— | Arsenal | 50 | (11) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014—2015 | Ispaniya U19 | 12 | (1) |
| 2016—2019 | Ispaniya U21 | 20 | (4) |
| 2021 | Ispaniya olimpiya | 6 | (1) |
| 2020— | Ispaniya | 27 | (2) |
Medallar | |||
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 24-may uchun) | |||
Mikel Merino Sason (ispancha: Mikel Merino Zazón; 1996-yil 22-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premyer-liganing Arsenal klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.
U oʻz faoliyatini Osasunada boshlagan va 2018-yilda „Real Sociedad“ bilan shartnoma imzolashdan oldin Dortmundning „Borussia“ va „Newcastle United“da qisqa muddat oʻynagan va klub bilan 2019-20-yilgi Ispaniya kubogida gʻolib chiqqan, jami 242 oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan[4]. 2024-yil avgust oyida u „Arsenal“ga qoʻshildi va ikkinchi mavsumida Premyer-ligada gʻolib chiqdi.
Merino Ispaniyani 21 yoshgacha boʻlgan ikki marta Yevropa chempionatida himoya qilib, 2019-yilgi chempionatda gʻolib chiqdi. U 2020-yilda kattalar safida debyut qilgan, Yevro-2024 va 2026-yilgi Jahon chempionatiga tanlangan va ikkala turnirda ham gʻalaba qozongan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Merino- Osauna klubi tarbiyalanuvchisi.2014-yilning 23-avgustida Barselona B jamoasiga qarshi Segundada debyut qilgan.21-dekabrda Las-Palmasga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.2015-yilda Merinoning xizmatlariga Barselona qiziqish bildirgan.
2016-yilda Merino Borussiya Dortmund bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. U 14-oktyabr kuni Bundesligada Gertaga qarshi bahsda debyut qiladi. Oʻzining ilk mavsumida klubi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.
2017-yilnin yozida Mikel Merino oʻyin amaliyoti kamligi sababli Nyukasl Yunayted klubiga ijaraga beriladi.13-avgustda Premyer ligadagi ilk uchrashuvini Tottenhemga qarshi oʻtkazadi.2017- yilning 13-oktyabrida Nyujkasl Merinoni toʻlaqonli sotib oladi.21-oktyabrda Kristal Pelasga qarshi kechgan bahsda oʻzining debyut golini uradi.
2018-yilning yozida Merino Ispaniyaga qaytib,Real Sosyead aʼzosiga aylanadi. Nyukasl Yunayted bu transferdan 12 million yevro ishlab olgan. U La-ligadagi debyutini Villyarealga qarshi bahsda oʻtkazadi.21-sentyabrda Ueskaga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2017-yilda Merino Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Polshadagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Portugaliya va Serbiyaga qarshi bahslarda maydonga tushgan. 2019-yilda esa Italiyadagi Yevropa chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritadi. 2021-yilda esa Merino Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etdi. Ispaniya olimpiya terma jamoasi turnirda kumush medallarga ega chiqqan.
Shu kunlarda Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatida Mikel Merino Ispaniya milliy terma jamoasi safida harakat qilmoqda.5-iyul kuni boʻlib oʻtgan mezbon Germaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining 119-daqiqasida aynan Merino kiritgan gol Ispanlarga yarim final yoʻllanmasini taqdim etdi.
Manbaalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
- 1 2 Clavero, Marta. „Mikel Merino, el goleador de la victoria de España que casi nace en Vigo“ (es) (2024-yil 5-iyul). Qaraldi: 2025-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Mikel Merino“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Mikel Merino abandona la Real Sociedad y firma con el Arsenal“ (es) (2024-yil 27-avgust). Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Mikel Merino“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Mikel Merino National-Football-Teams.com saytida
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- CA Osasuna B futbolchilari
- CA Osasuna futbolchilari
- Real Sociedad futbolchilari
- Borussia Dortmund futbolchilari
- Newcastle United F.C. futbolchilari
- Arsenal F.C. futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- Tercera División oʻyinchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha U-19 Yevropa chempionlari
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
