Nico Williams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nico Williams
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nicholas Williams Arthuer
Tavallud sanasi 12-iyul 2002-yil (2002-07-12) (21 yosh)
Tavallud joyi Pamplona, Spain
Boʻyi 1.80m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Athletic Bilbao
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012–2013 Osasuna
2013–2019 Athletic Bilbao

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-yanvar uchun)

Nicholas Williams Arthuer (2002-yil 12-iyulda tugʻilgan), Williams Jr. nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Bilbaoning “Atletic ” klubida yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navarrening Pamplona shahrida tugʻilgan WilliamsBilbaoning "Atletik " yoshlar akademiyasiga 2013-yilda "Osasuna " jamoasidan kelib qoʻshilgan edi[1]. U oʻzining katta faoliyatini 2019-2020-yilgi mavsumda klubning Basconia fermer jamoasida boshlagan[2].

2020-yil 11-may kuni Williams Segunda B divizionida oʻrinbosarlar jamoasiga koʻtarildi[3]. U oʻzining birinchi jamoasi va La Ligadagi debyutini keyingi yilning 28-aprelida oʻtkazdi va oʻz uyida " Real Valladolid "ga qarshi 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Jon Morcilloning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi[4]; 10 daqiqadan soʻng uning akasi Iñaki ham zaxiradan maydonga tushdi. Bu 1986-yilda Julio va Patxi Salinasdan beri birinchi marta ikki aka-uka bir vaqtning oʻzida klub uchun maydonga tushishi edi[5].

Williams" sherlar" uchun oʻzining dastlabki ikkita golini 2022-yilning 6-yanvarida Ispaniya kubogi doirasida " Atlético Mancha Real" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi[6]. Yetti kundan soʻng u Ispaniya Superkubogi 2021-2022 yarim finalida Atletico Madrid ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida gol urdi[7].

2022-yil 20-yanvarda Uilyamsga bir qator bandlarni bajarganidan soʻng birinchi jamoa shartnomasi berildi[8].

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Williams birinchi marta 2020-yilda 18 yoshgacha boʻlganlar tarkibida Ispaniyani himoya qilgan va toʻrtta oʻyinda ikkita gol urgan[9]. U 2021-yilning fevral oyida Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan[10] va oʻsha yilning sentabrida 21 yoshgacha boʻlganlar safida debyut qilgan[11].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Williams Ispaniyaning Pamplona shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Liberiyadagi fuqarolar urushidan boshpana soʻragan ganalik edi[12][13]. Nikoning akasi Inyaki Uilyams ham futbolchi va hujumchi; u ham "Atletik Bilbao"da tarbiyalangan[14][15].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 15 May 2022[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Qirol kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Baskoniya 2019–20 Tercera divizioni 4 0 4 0
Atletik Bilbao B 2020–21 Segunda B divizioni 26 9 26 9
Atletik Bilbao 2020–21 La Liga 2 0 0 0 0 0 2 0
2021–22 La Liga 34 0 3 2 2 [lower-alpha 1] 1 39 3
Jami 36 0 3 2 2 1 41 3
Karyera jami 66 9 3 2 2 1 71 12
  1. Appearances in Supercopa de España

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Afro-ispanlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rabuñal. „Nico Williams, la nueva gran promesa del Athletic“ (es) (8-may 2020-yil).
  2. „Nico Williams sube al filial e Iñaki le espera pronto a su lado“ (es). AS.com (11-may 2020-yil).
  3. „Nico Williams y Nico Serrano, al Bilbao Athletic“ (es). Athletic Club website (11-may 2020-yil).
  4. „Athletic Club vs. Real Valladolid“. Soccerway (28-aprel 2021-yil).
  5. „Draw against Real Valladolid at San Mamés“. Athletic Club website (28-aprel 2021-yil).
  6. „Nico Williams' double ends the illusion of Atlético Mancha Real“. Spain's News (6-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  7. „Nico Williams scores dramatic late winner as Athletic Club stun Atletico Madrid with comeback“. Eurosport (13-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
  8. „Nico Williams earns first-team contract“. Athletic Bilbao (20-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  9. „La Selección Sub 18 llama a Nico Williams, hermano de Iñaki“ (es). www.besoccer.com (19-yanvar 2020-yil). 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  10. „Nico Serrano y Nico Williams, convocados por la selección española sub-19“ (es). Athletic Club website (16-fevral 2021-yil).
  11. Vencedor and Nico Williams make their Spain Under-21 debuts Athletic Club official website, 3 September 2021
  12. „Iñaki Williams explains how he got his name and why Bilbao means so much to him“. Diario AS (4-mart 2020-yil). 2023-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  13. „Nico Williams: Spain U-17 coach tips Bilbao youngster for greatness“. Footy Ghana (1-iyun 2020-yil). 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  14. Río, Endika. „El hermano de Iñaki Williams debuta con gol en el juvenil del Athletic“ (es). Mundo Deportivo (10-fevral 2019-yil). Qaraldi: 14-fevral 2019-yil.
  15. Abizanda, Jorge. „El imparable ascenso de Nico Williams en el Athletic“ (es). ABC (31-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 25-fevral 2021-yil.
  16. „N. Williams“. Soccerway. Qaraldi: 29-iyul 2021-yil.