Futzal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futzal (Mini-futbol)
250px
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot FIFA
Qachondan beri 1968-yil
Xarakteristikalari
Kontakt oʻyinchilar
Anjom toʻp
Oʻynaladigan joy Zal
Mintaqa Butun Dunyo

Futzal yoki Mini-futbol (ingl. Futsal) - FIFA qanoti ostida oʻtkaziladigan sport turlaridan biri. Futzal xuddi Futbolga oʻxshaydi, ushbu sport turlarining farqi shundaki: futbolda maysali katta va usti ochiq maydonda oʻynalsa, futzalda parketli kichikroq va usti yopiq majmuada oʻynaladi.

Tarixi[tahrir]

Futzalga oʻxshash oʻyinni ilk bor 1920-yillarda Braziliyaliklar oʻynay boshlashgan. 1958-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Futbol boʻyicha Jahon Chempionatida Avstriya terma jamoasining murabbiylaridan biri Yozef Argauer braziliyaliklarning sport zalida shugʻullanishayotganini koʻrib qolib ularni tomosha qilgan. Unga ushbu zaldagi futbol yoqib qolgan va vatani Avstriyada ikkita mini-futbol jamoalarini tuzgan. Shundan keyin ushbu yangi sport turi Gollandiya, Ispaniya va Italiyada tarqalib ketgan. Gollandiyaliklar birinchilardan boʻlib oʻzlarining ilk milliy chempionatlarini oʻtkazishgan va 1968/1969-yildagi ilk mavsumda «Shyaraga'66» klubi gʻalaba qozongan.

70-yillarning oʻrtalarida futzalning alohida sport turi sifatida rivojlanishi boshlandi. 1974-yilning 19-iyul kuni Italiya poytaxti Rimda Futzal boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasida birinchi xalqaro oʻyin boʻlib oʻtdi va unda Italiyaliklar 9:2 hisobida Liviyalilarni magʻlubiyatga uchratishdi. Futzal boʻyicha norasmiy birinchi Jahon Chempionati prototipi esa 1986-yilda Mojariston poytaxti Budapeshtda oʻtkazildi. 8 ta jamoa qatnashgan turnirda Mojariston terma jamoasi finalda Gollandiya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratdi. 1989-yilda Futzal boʻyicha rasmiy birinchi Jahon Chempionati oʻtkazildi va oʻsha jahon chempionatida gʻoliblikni Braziliya terma jamoasi qoʻlga kiritdi. Osiyo chempionati esa 1998-yildan boshlab o'tkazilmoqda.

Qoidalari va Futzalning oʻzgachaligi[tahrir]

Oʻyin uzunligi boʻyiga 25dan 42 metrli, uzunligi eniga 15dan 25 metrli maydonda oʻtkaziladi. Xalqaro oʻyinlar oʻtkazish uchun esa boʻyiga 38-42 matr, eniga 18-25 metrli maydon ishlatiladi. Oʻyin 2 ta boʻlimdan iborat boʻlib, har bir boʻlim (taym) 20 daqiqadan iborat. Oʻyin toʻpi Futbol toʻpidan kichikroq boʻladi va ushbu toʻp oʻyin davomida ishlatiladi. Futzalda bitta oʻyinda xuddi futbolfagi singari ikkita jamoa oʻynaydi. Har bir jamoaning maydonda 5 ta futzalchisi harakat qiladi, bular darvozabon va maydon oʻyinchilari. Oʻyinchi oʻzgarishi oʻyin davomida amalga oshiriladi va futboldan farqli oʻlaroq cheksiz ravishda oʻyinchini almashtirish mumkin. Oʻyinchilarga (darvozabondan tashqari) oʻyin davomida faqat qoʻl bilan oʻynash taqiqlangan. Futzal qoidasi bu raqib darvozasiga gol urishdan iborat. Darvozalar oʻlchami 3ga 2 metr boʻlishi kerak.