Chihil sutun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chihil sutun - Isfahon shahri (Eron) dagi saroylardan biri. Shoh Abbos I tomonidan 1590-yilda shaharni qayta qurish davrida bunyod etilgan. Shoh maydon va Chorbogʻ xiyoboni oraligʻidagi bogʻning sharq tomondagi eshigidan kiriladi. Asosiy kismlari peshtoq, ayvon, uning yonlaridagi 2 zal va simmetrik tarzda joylashgan arzxonadan iborat. Peshtoq shifti chinor daraxtidan ishlangan boʻlib, uning yopmasini muqarnas kallakli 20 ustun (bal. — 14,6 m) koʻtarib turadi. Peshtoq tagida favvorali hovuz tashkil etilgan. Hovuz burchaklaridagi ustunlarning marmar kursilari sher shaklida ishlangan. Shifti nafis naksh bilan bezalgan. Peshtoqning toʻrida shohning taxti uchun tokchasimon ayvon kurilgan. Uning yarim gumbaz tarikasidagi yopmasi muqarnasdan tashkil topgan. Sirkor parchinlarga ega. Ayvonga 2 tomondan 2 zal tutash, ayvon va zallarning orqasida koʻndalang yoʻnalishdagi 3 gumbazli arzxona joylashgan. Uning devorlari syujetli sirkor suratlar bilan qoplangan. Gumbazlarning sirtlari ham sirkor naqshlar bilan ziynatlangan. Arzxonaning shim. va jan. tomonlarida ham chogʻroq boʻlgan peshtoklar mavjud. Saroyning asosiy old va 2 yondagi peshtokdari imoratni atrofdagi muhit bilan bogaab turadi. Ustunlar unga yengillik baxsh etadi. Chihil sutun saroyi qad. Eron davriga mansub boʻlgan yodgorliklardan.

Xayrulla Pulatov.