Kursi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kursi — 1) oʻtirishga moʻljallangan uy jihozi, suyanchiqsiz yogʻoch oʻrindiq, aksariyat toʻrt oyoqli boʻladi. Shakli aylana yoki qirrali (3 dan to 10 tagacha) qilib yasaladi. Boʻyama, oʻyma naqshlar bilan bezatiladi, panjara usulida ham ishlanadi; 2) meʼmorlikda ustunning quyi qismi, poyustun. Us tun tanasi K.ga oʻtishda ingichkalashadi, shunda ustun ogʻirligi K.ga tushadi. Us tun K.si 2 usulda — ustun bilan yaxlit yogʻochdan yoki alohida yogʻochlardan yasaladi, alohida yasalganida K. uchun tosh (marmar) ham ishlatilishi mumkin. K. ustun bilan uygʻunlashtirib boʻyama, oʻyma vaqshlar bilan bezatiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil