Favvora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Favvora, fontan — sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi va uni hosil qiluvchi inshoot. Dastlab Fontandan ichimlik suvi manbai sifatida ham foydalanilgan, keyinchalik shahar maydonlari, saroy va bogʻlarni bezash, havoni salqinlashtirish vositasi sifatida qoʻllanilgan. Fontanlar quduq, chashma, hovuz kabi suv inshootlari bilan boglik. Fontanda meʼmorlar tomonidan oqar suvning badiiyestetik jihatlari va shifobaxshligi namoyon qilingan. Ellinizm davrida meʼmoriy mujassamot markazini belgilashda daraxt, haykal bilan bir qatorda Favvoralar ham muhim urin tutgan (Gerkulanumlaph "terrasa" uylari va boshqalar). Koʻpincha serhasham qilib quriladi. F.larning bezak jihati Magʻribdagi haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan Madinash azZahra saroy majmuasitsa, jez va tilladan ishlangan alHumro saroyi F.larida oʻz aksini topgan. Shoh. Abbos davrida Isfahon (Eron) xiyobonida koʻpgina hovuzlarni F.lar jonlantirib turgan (XashtBihisht koʻshki oʻrtasidagi 8 qirrali hovuzda qurilgan F., Chihel sutun koʻshkida hovuz burchaklaridagi poyustunga ishlangan sher shaklidagi marmar haykalli F.lar). Yevropada Upgʻonish davri va Barokko davrlarida saroybogʻlar mujassamotida F.lar muhim oʻrin egallagan (mas, Tivolidagi d’ Estʼye villasi, 1550—72, meʼmori P. Ligorio). Klassitsizmning serhasham F.lari (Versaldagi Katta kanal, Appolon va Laton F.lari, Petrodvoretspagi Katta kaskad kabilar) ulugʻvorligi bilan ajralib turadi. Turkiyadagi F. — chashmalar uy devoriga tutash peshtoqsimon yarim doira shiypon yoki rotonda ichiga qurilgan. 18-asrdan F.lar ochiq maydonlarda murabba, koʻpburchak yoki doira tarhli qilib qurilgan, marmar bilan qoplanib, bejirim koʻrinishga ega boʻlgan; sirtlari ravoklar, jez panjaralar bilan bezalgan (Turkiyaning Toʻpqopu saroyidagi F.).

Oʻrta Osiyoda Fontan qurilishi 14—15-asrlarda keng rivojlangan. Amir Temur boglariga ishlangan F.lar xaqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Bu F.larga suvlar maxsus moslamalar (sopol quvurlar)dan kelib, hovuzlarga tushib ariqchalar orqali tashqariga oqib chiqqan. Hovuz atrofi har xil rangdagi marmar toshlar, rangbarang gullar tasviri bilan bezatilgan. Hovuzlarga quyiladigan ariqchalarning qirgʻoklari ham marmar toshlar bilan qoplangan. Qoʻlyozma kitoblar (mas, Nizomiyning "Xamsa", Boburning "Boburnoma" va boshqalar)ga ishlangan miniatyuralarda F. namunalari aks ettirilgan.

Oʻzbekistonda Fontan, asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan (Toshkentdagi teatr maydoni, 1947; Xadra maydoni, 1952—53; Navoiydagi "Farhod" va "Oʻzbekiston daryolari", 1970 va boshqalar). Mustaqillik maydonidagi F.lar (1970—74) katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi.

Hozirgi zamon F.lari fantexnika yutuqlari asosida bunyod etilmokda, Oqshomda ular harakatdagi rangli nurlar bilan yoritiladi. Suvning shovullash ovozi musiqiy ohanglar bilan muvofiklashtiriladi.

Rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]