Bahoullo
Bahoullo (asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuri) (1817 – 1892) – bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining koʻzga koʻringan namoyandalaridan, Bobiyning yaqin safdoshlaridan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi mu-vaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin B. Iroqqa qochgan (1852), bu yerda oʻzini Bob ishini davom ettiruvchi va xudodan va-hiy olgan mahdiy deb eʼlon qilgan.
1858-yilda Bagʻdodda chiqqan "Kitobi iyqon" ("Ishonch kltobi") asarida Bob taʼlimotiga boʻlgan munosabatini aks ettirgan. 1873-yilda Falastinda "Kitob al-aqdas" ("Eng muqaddas kitob") asarini yozadi, unda bahoiylik taʼlimotining asosiy gʻoyalarini bayon etadi. Keyinchalik B. oʻz taʼlimotini davom ettirishni katta oʻgʻli Abbos afandiga (taxallusi Abdulbaho, 1920-yil v. e.) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon oʻz gʻoyalarini targʻib etmoqdalar.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |