Transliteratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transliteratsiya (lot. trans — „qarshi“, „orqali“ va littera — „harf“) deb bir yozuv tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi.[1][2]

Transliteratsiya (trans... va lot. littera — harf) — bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida soʻzlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan xdrfmaharf aks ettirish. Transkripsiyaaln farmi ravishda T. muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish koʻradi. Bironbir alifboga asoslanar ekan, T. harflarni shartli qoʻllashga, qoʻshimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yoʻl qoʻyadi. T. dastlab 19-a.da Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, Kirill, arab, hind va boshqa yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxonalar uchun tuzilgan yoʻriqnomalar 20-a.da lotincha boʻlmagan yozuv gizimlarini lotinchaga oʻgirish andozasining asosi boʻlib xizmat qildi. Hozirgi T.ga oid tavsiyalar Xalqaro standartlar tashkiloti — ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. T. oʻzining universalligi tufayli koʻp tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti boʻlib xizmat qilishi mumkin. T.ni amaliy transkripsiyadan fark,lash kerak. T. xalqaro boʻlishi mumkin va boʻlishi kerak, chunki u bironbir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa bironbir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan oʻqish qoidalariga tayanadi. T. qad. qoʻlyozma yodgorliklar, jahon xalklari tarixi, tili va adabiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Transliteratsiya qatʼiy va boʻshashtirilgan boʻladi. Qatʼiy transliteratsiyada bir yozuv harflari boshqa yozuv harflari bilan birma-bir almashtiriladi, masalan, yunoncha Ελληνική Δημοκρατία ("Ellenik Respublika") Ellēnikē Dēmokratia deb transliteratsiya qilinadi, bunda yunon harflari mos lotin harflari bilan almashtiriladi. Boʻshashtirilgan transliteratsiyada harflar birma-bir almashtirilishi shart emas, agarda asl yozuvda ular beradigan tovush boshqa yozuvdagi mos harflar tovushiga mos kelmasa, masalan, Ελληνική ΔημοκρατίαEllinike Dimokratiya (bunda transliteratsiya yunon talaffuziga tayanadi).

Manbalar[tahrir]

  1. Kharusi, N. S. & Salman, A. (2011). The English Transliteration of Place Names in Oman.. Journal of Academic and Applied Studies. 
  2. Rujero Gilarevskiy, Starostin B. A. (1985). Иностранные имена и названия в русском тексте: Справочник. Высшая школа.