Napoleon III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Napoleon III, Lui Napoleon Bonapart (1808—73) — Fransiya imperatori (1852—70). Napoleon Ining jiyani. N. III Shveysariya, Italiya va boshqa mamlakatlarda quvgʻinlikda hayot kechirgan (1848). 1836 va 1840 yillarda Fransiyada hokimiyatni qoʻlga olishga urinib koʻrgan. 1840 yilda Gam kalʼasiga bir umr qamoqqa hukm qilingan. 1846 yil Buyuk Britaniyaga qochgan. 1848 yil fevral inqilobidan soʻng Fransiyaga qaytib kelgan hamda yirik sarmoyadorlarning diktatorlik rejimiga intilishidan foydalanib, 1848 yil 10 dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1851 yil 2 dekabrda inqilobga qarshi davlat toʻntarishi qilib, qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yuborgach, butun hokimiyat prezident qoʻliga oʻtgan. N.III nomi bilan imperator deb eʼlon qilingan (1852 yil 2 dek.). Fransiya N.Sh hukmronligi davrida Qrim urushida, Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da, Hindixitoy (1858-62), Suriya (1860—61), Meksika (1862—67) va boshqa mamlakatlarga qilingan intervensiyalarda qatnashgan. Fransiya-Prussiya urushi (Sedan jangi)da prusslarga asir tushgan (1870.2.9.) Parijdagi 1870 yil sentabr inqilobi natijasida taxtdan agdarilgan. Umrining oxirigacha Angliyada yashagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil