Sulton Abdulaziz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Abdulaziz 1861-yil 15-iyunda dunyoga keladi. Yevropa va Misrga diplomatik tashrif buyurgan birinchi sulton. Chernogoriya inqilobi, Serb inqilobi, Krit inqiloblarini oqilona hal qilgan. Uning davrida Istanbulda birinchi temiryo'l ochildi, pochta markazlari tizimi joriy etildi. Usmonli floti ingliz va fransuz flotidan keyin uchinchi flotga aylandi. 1875-yilda davlat bankrot e'lon qiladi. 1864-yilda Yangi ma'muriy tumanlar tashkil etildi. Fransuzlar maslahati bilan davlat kengashi tuzildi. Fransuzlar modeli asosida xalq ta'limi yo'lga qo'yildi va yangi universitet tashkil etildi. Sulton Abdulaziz davrida birinchi Usmonli kodeksi tuzildi. Xorijliklaga mulk huquqi berildi. 1856-yilgi "Islohotlar to'g'risida" gi farmonda to'xtalgan bu masala G'arb davlatlarining uzoq davom etgan bosimidan so'ng 1868-yil 10-iyunda besh banddan iborat qonun bilan hal qilindi. Shunga ko'ra xorijliklar Hijoz mintaqasidan tashqari Usmonlilar o'lkasida mulk huquqini qo'lga kiritdilar.

Qurdirilgan inshoatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiragan saroyi. Yevropadagi hamkasblaridan ustun bo'lgan bu saroy to'rt million Usmonli oltiniga tushdi.

Beylerbeyi saroyi.

Bu davrda Kagithane Kasri ta'mirlandi.

Abdulazizning onasi Pertevniyal Volida Sulton tomonidan qurilgan Oqsaroydagi Volida masjidini 1871-yil qurib bitkazadi.