Aydaxo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aydaxo – AQSH shimoli-g‘arbidagi shtat. Katta qismi tog‘lardan ibo-rat. Shimoliy va markazida Qoyali tog‘lar, sharqida Kolumbiya platosi, janubida Sneyk daryosi tekisligi bor. Maydoni 216,4 234ming km². Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Ma’muriy markazi – Boyse shahri 3 mingga yaqin mahalliy xalq – indeyslar bor. Shimoliy qismida konchilik sanoati va rangli me-tallurgiya (qurg‘oshin, pyx), janubiy qismida sug‘oriladigan dehqonchilik (Sneyk da-ryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sug‘oriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin may-doni jihatidan AQSHda 1-o‘rinda, yalpi hosili jihatidan 2-o‘rinda turadi); qand lavlagi (AQShda qand lavlagining 1G‘10 qismi), bug‘doy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog‘dorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Aydaxo tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. A.da kumush, rux va qo‘rg‘oshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari – rangli metallurgiya (Kel-logg), oziq-ovqat sanoati, o‘rmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom ener-giyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va boshqalar) rivojlangan, kurort ko‘p. Ameri-kani g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadigan 2 ta temir yoʻl magistrali A.dan o‘tadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil