Atalanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atalanta
Otasi Iasius, Maenalus va Sxeney
Onasi Clymene

Atalanta (/ˌætəˈlæntə/ ; Grekcha:'Atalantē') „vazn boʻyicha teng“ degan maʼnoni anglatadi, yunon mifologiyasi qahramonlaridan biri hisoblanadi.

Atalanta Lepautre Louvre MR1804.jpg

Ovchi Atalantaning kelib chiqishi xususidagi ikkita versiya mavjud: biri Arkadiyalik[1] ekanligi haqida boʻlib, ota-onasi Iasus va Clymenening[2][3] Kalidonlik choʻchqa ovi rivoyati hamda Argonavtlar haqidagi ertaklardan maʼlum;[4] ikkinchi versiyaga koʻra Boeotiadan boʻlib, u shoh Schoeneusning qizi[5][6] va poygada mudom birinchilikni egallab kelganligi bilan mashxurlikka erishgan[5]. Ikkala versiyada ham Atalanta maʼbuda Artemida bilan ittifoqdosh boʻlgan shaxs sifatida etirof etilgan[7]; bunday ogʻzaki rivoyatlardagi oʻzaro nomutanosibliklar sababli ayrim qahramonlarning asl kelib chiqishi bilan bogʻliq chalkashliklar yuzaga keladi[8].

Mifologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atalanta tugʻilganida Parfenion togʻiga qurbolik uchun olib borilgan, chunki otasi oʻgʻil koʻrishni orzu qilgan edi[3]. Artemidaning timsollaridan biri boʻlgan, bolalari ovchilar tomonidan oʻldirilgan ona ayiq Atalanta yoniga kelib, bolalarini nobud qilgan ovchilar bolani topib, togʻda oʻzlari voyaga yetkazish uchun olib ketgunlariga qadar qizaloqni emizgan[1]. Keyinchalik, Atalanta erkaklardan oʻzini olib qochadigan va ovchi Artemidaga oʻzini bagʻishlagan tezkor oyoqli bokira qiz boʻlib voyaga yetadi[3].

Atalanta Artemidaga taqlid qilib, tizzasiga qadar yetib boradigan oddiy yengsiz tunika kiyib, sahroda yashadi[1]. Yovvoyi tabiat qoʻynida yashagan Atalanta goʻzalligi kentavrlarning diqqatini oʻziga tortgan va uni zoʻrlamoqchi boʻlganidan soʻng, ikkita kentavr — Rhoecus va Hylaiosni kamon oʻqi bilan oʻldirgan[1][2][3].

Argonavtlarning sayohati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirol Peliasning dafn marosimi paytida Peleus va Atalanta oʻrtasidagi kurash oʻyini aks ettirilgan qora figurali sopol idish. Orqa fonda duel mukofoti: teri va kalidon choʻchqasining boshi tasvirlangan.

Atalanta Argonavtlar afsonasida ham tilga olingan[8][9]. Biroq, uning ishtiroki Pseudo-Apollodorusning hisobida qayd etilgan, unda aytilishicha, Oltin moʻynani qidirish paytida Artemidani himoya qilish uchun taklif qilingan va jamoaga qoʻshilgan Atalanta argonavtlar bilan birga suzib ketgan, ular orasidagi yagona ayol edi[10]. Diodor Siculusning qayd etishicha, Atalanta nafaqat argonavtlar bilan birga suzib ketgan, balki ular bilan birga Kolxidadagi jangda qatnashgan, u yerda Atalanta, Yason, Laertes va Tesipaning oʻgʻillari Medeya tomonidan yaralangan va keyinchalik shifo topgan[11]. Rodoslik Apolloniusning hikoyasida Yason Atalantaning qoʻshilishiga uning mahorati kamligi uchun emas, balki ayol sifatida u kemadagi erkaklar oʻrtasida nizo keltirib chiqarishi mumkinligi uchun toʻsqinlik qiladi[12].

Qirol Peliasning Iolkusdagi oʻlimidan soʻng, dafn marosimi oʻtkazildi, unda Atalanta kurashda Peleusni magʻlub etdi[3]. Ushbu oʻyin yunon sanʼatida mashhur tasvirga aylandi[7].

Kalidon choʻchqasi ovi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meleager (qoya ustida oʻtirgan, 2 nayza bilan) va Atalanta (tik turgan) Kalidonlik choʻchqa ovidan keyin. Pompeyda ishlangan tarixiy freska.

Har yili oʻtkaziladigan bayramda Kalidon qiroli Oeneus xudolarning marosimlarida Artemidani qurbon qilish bilan ularga nisbatan hurmatsizlik koʻrsatadi[4][2]. Undan gʻazablangan xudolar, yerni, chorva mollarini va odamlarni nobud qilgan shuningdek ekinlarni ekishga toʻsqinlik qiladigan dahshatli yovvoyi choʻchqani — Kalidon choʻchqasini yubordi[4][13]. Atalanta Meleager, Tesey, Pollux, Telamon, Peleus va Argonavt ekspeditsiyasining aʼzolarini mazkur toʻngʻiz oviga qoʻshilishga chaqiradi[4][6]. Koʻpchilik erkaklar ularga ayol rahbarlik qilishidan gʻazablanishdi, lekin Meleager oʻz oilasi boʻlsa ham, ov paytida uning kamondan otish va goʻzallik boʻyicha tajribasini eshitib, Atalantadan farzand koʻrishni xohlayotganiga ularni ishontirdi[4][2][14].

Ov paytida Hyleus va Ancaeus halok boʻldi, Peleus tasodifan bir ovchini yarador qiladi. Atalanta kamon bilan choʻchqaga birinchi oʻqni otadi[4]. Ushbu jasoratidan soʻng, choʻchqani oʻldirish jamoaviy harakatga aylanadi, chunki dastlabki zarbadan soʻng Amfiaraus choʻchqaning koʻziga oʻq uzadi va Meleager hayotini havf ostiga qoʻyib toʻngʻizni butkul halok etadi[4]. Meleager jasorati uchun terini Atalantaga topshirdi[6][15], lekin terini Meleagerning togʻalari Plexipp va Toxeus olib ketishdi, ular ayolning bunday mukofotga ega boʻlishini nomussizlik deb hisoblaydilar[4]. Bunga javoban Meleager togʻalarini oʻldirdi[4]. Meleagerning onasi Altea akalarining oʻlimini eshitib, qaygʻuga botadi va oʻgʻlining hayoti bogʻlangan yogʻochni olovga tashlaydi natijada Meleager vafot etadi[4][6].

Poyga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luvr muzeyida joylashgan Noel Halle tomonidan Hippomenes va Atalanta oʻrtasidagi poyga tasvirlangan moyli rasm.

Ovidning soʻzlariga koʻra, sarguzashtlaridan oldin, Atalanta nikoh uning hayotini barbod qilishini bashorat qilgan orakul bilan maslahatlashgan. Natijada, Atalanta choʻlda yashashni afzal deb hisoblaydi[16]. Kalidonlik choʻchqa ovidan soʻng, Atalantani otasi topadi va uni oʻz qizi sifatida qabul qiladi hamda unga munosib turmush oʻrtoq qidirishni boshlaydi[3]. Oila qurishga yoʻl qoʻymaslik uchun Atalanta, agar nomzod kuyov undan yugurib oʻtib ketsa, unga turmushga chiqishga rozi boʻladi, lekin buning iloji yoʻq edi, sababi Atalanta juda tezkor boʻlib undan hech bir nomzod oʻtib keta olmasligini yaxshi bilardi[5]. Agar nomzod magʻlub boʻlsa, u oʻldirilardi[3][6]. Uning otasi shartlarga rozi boʻldi. Koʻplab daʼvogarlar, shuningdek, Atalantaga oshiq boʻlgan Hippomenes[5] [16] ham birinchi urinishdayoq magʻlub boʻlishadi va shartga koʻra oʻldiriladilar[3]. Hippomenes, Atalantani yengish qobiliyatiga ega emasligini bilar edi, shuning uchun u Afrodita maʼbudasiga yordam soʻrab ibodat qildi[5]. Afrodita, Atalanta Artemidaning fidoyisi boʻlganligi va sevgini rad etgani uchun Hippomenesda uchta oltin olma beradi[3][16]. Poyga boshlanganda, qurol-aslahalar kiyib olgan Atalanta tezda Hippomenesning yonidan oʻtib ketdi, biroq Hippones olmani olib unga tomon uloqtirganda, u yoʻldan ogʻib ketadi[6]. Atalanta har safar Hippomenesga yetay deganida, u boshqa olmani tashlaydi[16] va yakunda poygada g‘alaba qozondi[5][3].

Atalanta oʻgʻil tugʻdi va unga Parthenopaios (uning otasi Meleager yoki Ares boʻlishi mumkin)deb ism beradi u kelajakda Thebesga qarshilik qilgan yettilikdan biriga aylanadi[3][17][18].

Metamorfoza bilan sherga aylanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atalanta va Gippomenlarning oʻzgarishining yogʻoch oʻymakorligi. Rijks muzeyi

Poygadan keyin Hippomenes Afroditaga yordami uchun minnatdorchilik bildirishni unutgan va er-xotin ovga chiqqanda, maʼbuda ularni jinsiy ehtirosga soladi va ular Zevs [6] yoki Reyaga tegishli boʻlgan maʼbadda jinsiy aloqada boʻlishadi[16]. Ular Artemida (Atalanta bokiraligini yoʻqotganidan gʻazablangan), maʼbuda Cybele yoki Zevsning oʻzi tomonidan qurbonlik qilinishlari uchun sherga aylantiriladi[3]. Oʻsha paytdagi eʼtiqodga koʻra, sherlar oʻz turlari bilan juftlasha olmaydi, faqat leoparlar bilan juftlasha olar edi; shuning uchun Atalanta va Hippomenes hech qachon „sevgi aloqasi“ ni amalga oshira olmaydi[6][9].

Biroq, bu nuqtai nazar tanqidga uchragan. Adrienn Mayor oʻzining "Amazonlar: Qadimgi dunyo boʻylab jangchi ayollarning hayoti va afsonalari" kitobida qadimgi yunonlarda erkak va urgʻochi sherlar jinsiy aloqada boʻlolmaydi, degan fikrni tasdiqlovchi hech qanday dalil yoʻqligini taʼkidlaydi. Toʻgʻrirogʻi, Adrienn Mayor Atalanta va uning sevgilisining sherlarga aylanishi hissiy va shahvoniy baxtning bir lahzasida sodir boʻlgan, buni anʼanaviy yunon gender rollariga qarshi chiqqan er-xotinga ilohiy hamdardlik sifatida talqin qilish mumkin, deb taʼkidlaydi va shu tariqa ularni sherga aylantirish sevishganlarga imkon beradi deya baholaydi[19].

Zamonaviy talqin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyaning „Atalanta“ futbol klubi oʻz nomini mazkur qahramon nomidan olgan. Bundan tashqari, klub gerbida qahramonning yuzi ham tasvirlangan[20].

Angliyaning „Huddersfild Atalanta Ladies“ futbol klubi ham qahramon Atalanta nomi bilan atalgan.

Atalanta hikoyasining yangi versiyasi asosida Free to Be.. You and Me - bolalar uchun multimedia koʻngilochar loyihasida paydo boʻlgan[21][22].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Aelian: Various Histories. Book XIII, Ch. 1“. penelope.uchicago.edu. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „CALLIMACHUS, HYMNS 1-3 - Theoi Classical Texts Library, HYMN 3“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 „APOLLODORUS, THE LIBRARY BOOK 3.9.2 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 4,9 „APOLLODORUS, THE LIBRARY BOOK 1.8.2-3, Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „HESIOD, CATALOGUES OF WOMEN FRAGMENTS, FRAGMENT 14 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 „Hyginus, Fabulae. 173-174 and 185“. topostext.org. 26-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  7. 7,0 7,1 Boardman, John (1983). "Atalanta". Art Institute of Chicago Museum Studies 10: 3–19. doi:10.2307/4104327. 
  8. 8,0 8,1 Howell, Reet A.; Howell, Maxwell L. (1989). "The Atalanta Legend in Art and Literature". Journal of Sport History 16 (2): 127–139. 
  9. 9,0 9,1 Barringer, Judith M. (1996). "Atalanta as Model: The Hunter and the Hunted". Classical Antiquity 15 (1): 48–76. doi:10.2307/25011031. ISSN 0278-6656. https://www.jstor.org/stable/25011031. 
  10. „Apollodorus, Library, book 1, chapter 9, section 16“. www.perseus.tufts.edu. Qaraldi: 9-mart 2021-yil.
  11. „DIODORUS SICULUS, LIBRARY OF HISTORY BOOK 4.48.5 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  12. „APOLLONIUS RHODIUS, ARGONAUTICA BOOK 1.768 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  13. „PHILOSTRATUS THE YOUNGER, IMAGINES 13 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 5-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  14. „OVID, METAMORPHOSES 8.300 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  15. „Pausanias, Description of Greece, Arcadia, chapter 45, section 2“. www.perseus.tufts.edu. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 „OVID, METAMORPHOSES 10.560-681 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  17. „AESCHYLUS, SEVEN AGAINST THEBES, 526 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  18. „DIODORUS SICULUS, LIBRARY OF HISTORY BOOK 4.65-7 - Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 20-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  19. Mayor, Adrienne „Prologue: Atalanta, the Greek Amazon“,. The Amazons: Lives and Legends of Warrior Women across the Ancient World. Princeton University Press, 2014 — 1–14 bet. DOI:10.1515/9781400865130-003. ISBN 978-0-691-14720-8. 
  20. Munday. „Behind the badge: the story of Atalanta's logo“. thesefootballtimes.co (9-mart 2020-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  21. Powers. „Atalanta and the No-Choice Generation“. HuffPost (26-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  22. „The History of Free to Be You and Me: As Remembered by Marlo Thomas, Carole Hart, Stephen Lawrence and Letty Cottin Pogrebin“. The Free to Be Foundation. Qaraldi: 25-may 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aelian: Turli xil tarixlar. XIII kitob . Tomas Stenli tomonidan tarjima qilingan,
  • Esxil, Bogʻlangan Prometey, Ilovachilar, Fibaga qarshi etti . Vellakott tomonidan tarjima, P. Pingvin klassikasi. London. Pingvin kitoblar
  • Apollodor, yunon mifologiyasi kutubxonasi . Aldrich, Keyt tomonidan tarjimasi. Lourens, Kanzas: Coronado Press, 1975 yil.
  • Apollodor, Kutubxona . Ser Jeyms Jorj Freyzer tomonidan ingliz tiliga tarjimasi, FBA, FRS 2 jildda. Kembrij, MA, Garvard universiteti nashriyoti; London, Uilyam Heinemann Ltd. 1921 yil. Freyzerning eslatmalarini oʻz ichiga oladi.
  • Apollonius Rodius, Argonautika . Rieu tomonidan tarjima, EV The Penguin Classics. London: Pingvin kitoblari.
  • Callimachus, madhiyalar va epigrammalar . Mair, AW & Mair tarjimasi, GR Loeb klassik kutubxonasi 129-jild. Kembrij, Massachusets: Garvard universiteti nashriyoti.
  • Diodorus Siculus, Tarix kutubxonasi . Oldfather tarjimasi, CH Loeb klassik kutubxonasi 303, 377 jildlar. Kembrij, Massachusets : Garvard universiteti nashriyoti.
  • Hesiod, Gomer madhiyalari, Evelin-Uayt tarjimasi, HG Loeb klassik kutubxonasi 57-jild. Kembrij, Massachusets: Garvard universiteti nashriyoti.
  • Ovid, Metamorfozlar . Melvil tomonidan tarjima qilingan, A. D
  • Hyginus, Fabulae dan Hyginus afsonalari, Meri Grant tomonidan tarjima qilingan va tahrirlangan. Kanzas universiteti gumanistik tadqiqotlar boʻyicha nashrlari, №. 34. https://topostext.org/work/206
  • Pausanias. Gretsiya tavsifi . WHS Jones, Litt tomonidan ingliz tiliga tarjimasi. D. va HA Ormerod, MA, 4 jildda. Kembrij, MA, Garvard universiteti nashriyoti; London, Uilyam Heinemann Ltd. 1918 yil.
  • Filostrat Elder, Filostrat Kichik, Kallistratus . Fairbanks tarjimasi, A. Loeb klassik kutubxonasi 256-jild. Kembrij, Massachusets: Garvard universiteti nashriyoti.
  • Bolen, Jan Shinoda. Artemida: har bir ayolda yengilmas ruh, Conari Press, 2014 yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]