Odissey
Bu sahifa Qadimgi yunon dini turkumining bir qismi |
Yunon mifologiyasi |
---|
![]() |
Xudolar |
Qahramonlar va qahramonlik |
aloqador |
|

Odissey (lotincha: Yuliss) — Qadimgi Yunoniston polisi Itakaning afsonaviy podshohi hisobnalib, Gomerning Odisseya dostoni mazkur shaxsga, xususan uning Troya urushidan Yunonistonga qaytish chogʻidagi sarguzashtlariga bagʻishlanadi. Qahramon, shuningdek, Gomerning yana bir epik dostoni, Iliadaning ham bosh personajlaridan hisoblanadi. Odissey oʻzining zukkoligi, ayyorligi va quvligi bilan mashhur va shu sababli ham Ayyor Odissey laqabi bilan tanilgan.
Laert va Antikleyaning o‘g‘li, Penelopaning eri hamda Telemax, Akusilay va Telegonning otasi bo‘lgan Odissey o‘zining aqliy iste’dodi, ayyorligi va ko‘p qirraliligi (polytropos) bilan mashhurdir. Shu sababli u Odissey Ayyor/Makkor (qadimgi yunoncha: μῆτις, lotincha: mêtis, ma’nosi: ’ayyor aql’) laqabi bilan tanilgan. U uzoq davomida nihoayasiga yetmagan o‘n yillik Troya urushidan so‘ng yana o‘n yil davom etgan nostos yoki "vatanga qaytish" sayohati bilan mashhurdir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odisseyning kelib chiqishi haqida bizga juda kam maʼlumot yetib kelgan. Uning ota tomonidan bobosi Arsey boʻlsa, ona tomondan bobosi oʻgʻri Avtolik (Germes va Xionning oʻgʻli) boʻlgan. Bu maʼlumot Odisseyning Olimp xudolaridan biri Germesning abirasi boʻlganligidan dalolat beradi.
Ismi, etimologiyasi va boshqa nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ὀδυσ(σ)εύς Odys(s)eus shakli epik davrdan boshlab klassik davrga qadar qoʻllanilgan, biroq bu ismning boshqa turli shakllari ham mavjud. Vaza yozuvlarida Oliseus (Ὀλισεύς), Olyseus (Ὀλυσεύς), Olysseus (Ὀλυσσεύς), Olyteus (Ὀλυτεύς), Olytteus (Ὀλυττεύς) va Ōlysseus (Ὠλυσσεύς) variantlari uchraydi. Oulixēs (Οὐλίξης) shakli Buyuk Gretsiyaning dastlabki manbalaridan birida (Diomedes Grammaticusga koʻra, Ibycus asarida) qayd etilgan, yunon grammatik olimi Eliy Gerodian esa Oulixeus (Οὐλιξεύς) shaklini oʻz asarlarida keltirib oʻtgan[1]. Lotin tilida u Ulixēs yoki Ulyssēs (nisbatan kamroq uchraydigan varianti) nomi bilan ham tanilgan[2]. Baʼzi olimlar „dastlab ikkita alohida shaxs – biri Odisseyga oʻxshash, ikkinchisi Uliksga oʻxshash nomli qahramonlar boʻlgan va keyinchalik ular bitta murakkab shaxsga birlashtirilgan boʻlishi mumkin“ degan farazni ilgari surishadi. Biroq, d va l harflari oʻrtasidagi almashinuv baʼzi hind-yevropa va yunon soʻzlarida ham keng tarqalgan, lotin shakli esa etrusk tilidagi Uthuze soʻzidan kelib chiqqan deya taxmin qilinadi, bu esa baʼzi fonetik oʻzgarishlarni tushuntirishi mumkin[3].
Nomning aniq etimologiyasi haqida maʼlumotlar yetarli emas. Qadimgi mualliflar bu nomni yunoncha odussomai (ὀδύσσομαι) „gʻazablanmoq, nafratlanmoq“[4], oduromai (ὀδύρομαι) (ὀδύρομαι) „yigʻlamoq, hasrat qilmoq“[5][6] yoki hatto ollumi (ὄλλυμι) „halok boʻlmoq, yoʻqolmoq“ feʼllari bilan bogʻlashgan[7][8]. Gomer uni oʻz asarlaridagi havolalar va soʻz oʻyinlarida bu feʼlning turli shakllari bilan bogʻlaydi. „Odisseya“ dostonining 19-kitobida, Odisseyning bolalik davri haqida hikoya qilinayotganda, Evrikleya bolaning bobosi Avtolikdan unga ism qoʻyishni soʻraydi. Evrikleya Poliaretosga (πολυάρητος) oʻxshash ism qoʻyishni taklif qilgan boʻlishi mumkin, „chunki uning haqiga koʻp duo qilingan edi“, ammo Avtolik, oʻsha vaqtdagi „istexzoli kayfiyati“ sababli, bolaga „oʻzining hayotiy tajribasi“ni eslatuvchi boshqa ism berishga qaror qiladi[9]: „Men koʻplab erkaklar va ayollardan gʻazablanganligim (ὀδυσσάμενος odyssamenos) sababli ham, bolaning ismi Odissey boʻlsin“[10] deb aytadi. Odissey koʻpincha Laertiad (Λαερτιάδης), yaʼni „Laertning oʻgʻli“ degan laqabi ham oladi.
Shuningdek, bu nomning kelib chiqishi yunon tili ga aloqador emas, balki boshqa tildan, ehtimol bu tilning hind-yevropa tillar oilasiga ham mansub emasligini va uning etimologiyasi nomaʼlumligini taxmin qilish mumkin[11].
Robert S. P. Beekes bu soʻzning yunonlardan avval yashagan xalqlarga tegishli boʻlishini taxmin qiladi[12]. Etrusk dinida Odisseyning nomi (va hikoyalari) Uthuze (Uθuze) nomi bilan qabul qilingan boʻlib, bu nomning oldingi Minoy shaklidan oʻzlashtirilgan deb talqin qilinadi (ehtimol *Oduze, ˈot͡θut͡se deb talaffuz qilingan). Ushbu nazariya fonologiyalardagi (d yoki l) noaniqliklarini ham tushuntirishi kerak, chunki oʻsha davrdagi yunon tiliga notanish boʻlgan affrikat [t͡θ] turli muqobil tovushlarni keltirib chiqargan (yaʼni, yunon tilida δ yoki λ, etrusk tilida esa θ)[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Entry „Ὀδυσσεύς“ (Wayback Machine saytida 5 March 2008 sanasida arxivlangan), in: Henry George Liddell and Robert Scott: A Greek–English Lexicon, 1940.
- ↑ Stanford, William Bedell. The Ulysses theme. A Study in the Adaptability of a Traditional Hero. Spring Publications, 1968 — 8-bet.
- ↑ See the entry "Ἀχιλλεύς" in Wiktionary; cfr. Greek δάκρυ, dákru, vs. Latin lacrima „tear“.
- ↑ Entry „ὀδύσσομαι“ (Wayback Machine saytida 6 January 2021 sanasida arxivlangan) in Liddell and Scott, A Greek–English Lexicon.
- ↑ Entry „ὀδύρομαι“ (Wayback Machine saytida 6 August 2020 sanasida arxivlangan) in Liddell and Scott, A Greek–English Lexicon.
- ↑ Homers Odysseen Helmut van Thiel: . Berlin: Lit, 2009 — 194-bet.
- ↑ Entry „ὄλλυμι“ (Wayback Machine saytida 6 August 2020 sanasida arxivlangan) in Liddell and Scott, A Greek–English Lexicon.
- ↑ Marcy George-Kokkinaki. Literary Anthroponymy: Decoding the Characters in Homer's Odyssey. Antrocom, 2008 — 145–157-bet. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
- ↑ Stanford, William Bedell. The Ulysses theme, 1968 — 11-bet.
- ↑ Odyssey 19.400–405 (Wayback Machine saytida 17 June 2021 sanasida arxivlangan).
- ↑ Dihle, Albrecht. A History of Greek Literature. From Homer to the Hellenistic Period. Routledge, 1994 — 19-bet. ISBN 978-0-415-08620-2. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
- ↑ Robert S. P. Beekes, Etymological Dictionary of Greek, Brill, Leiden 2009, p. 1048.
- ↑ Glen Gordon, A Pre-Greek name for Odysseus, published at Paleoglot. Ancient languages. Ancient civilizations. Retrieved 4 May 2017.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |