Troya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Troya urushi — yunon eposlari "Iliada" va "Odisseya"da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining koʻrsatishicha, mil. av. taxminan 1260 yilda shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi maʼlumotlar tasdiklangan. Epos maʼlumotlariga koʻra, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning qizi — goʻzal Yelenani oʻgʻirlab ketilishi Troya urushiga sabab boʻlgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxdarini yordamga chakirib katta flot bilan Troya sohillariga yoʻl olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar (q. Troya oti). Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat boʻlgan harbiy harakatlarda yunonaxeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va boshqa, troyaliklardan — Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat krzonishgan. Troyaliklarning magʻlubiyati dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga koʻchib oʻtishini yengillashtirgan.