Kontent qismiga oʻtish

Odisseya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John William Waterhouse, 1891

Odisseya (lotincha: Odessea, Odyssia) — yunon epik dostoni. Muallifligi Gomerga nisbat beriladi. Miloddan avvalgi taxminan 9— 8-asrlarda paydo boʻlgan "Iliada" dostonidan keyin yaratilgan. Gekzametr (musaddas oʻlchovi)da yozilgan (12100 misra). Odisseya negizida dunyoga mashhur shunday folklor syujeti yotadi: uzok, darbadarlikdan soʻng sadoqatli rafiqasi Penelopa oldiga tanib boʻlmaydigan holda eri — Odissey qaytib keladi. Odissey obrazida qaxramonlik sifatlaridan koʻra uning aql-zakovati, epchilligi, tadbirkorligi ustun turadi. Odisseyada maishiy kartinalar va ertak unsurlari "Iliada"dagiga qaraganda koʻproq. Doston qadim zamonlardayoq yunon xalqining muqaddas va moʻtabar kitobiga aylangan. Koʻp tillarga tarjima qilingan. Ayrim parchalari oʻzbek tilida Mirtemir tarjimasida nashr etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil