Faeton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faeton (yun. phaeton — yunon mifologiyasidagi Quyosh xudosi, yaʼni Geliosning oʻgʻli Faeton nomidan), foytun — 1) tepasi (soyaboni) ochiladigan ot qoʻshilgan arava; 2) yengil avtomobil kuzovi; tepa (soyabon) kismi oson ochiladigan, 2 yoki 3 qator oʻrindiqli, 2 yoki 4 eshikli boʻladi. Soyaboni yumshoq material (brezent, sintetik mato) dan yasalib, taxlanadigan karkasga tortiladi.