Andijon jome masjidi majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Andijon Jome masjidi majmuasi

Andijon jome masjidi majmuasime’moriy yodgorlik (19-asr oxiri). Masjid, Madrasa va minoradan iborat. Madrasa bosh tarzi sharqqa qaratib qurilgan. Tarzining o‘rtasida peshtoq qad ko‘targan. Uning ikki yonida bezakdor minora bor. Bur-chaklarida gumbazli darsxonalar, ularning o‘rtasida ikki qavatli hujralar joylashgan. Birinchi qavatning tekis de-vorlarida to‘rt burchakli darchalarga pan-jaralar ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralarning mehrobiy ravoqlari bosh tarziga ko‘rkamlik baxsh etadi. Masjid majmuaning g‘arbiy qismida joylashgan. Uning tarhi to‘g‘ri burchakli xonaqoh va uch tomoni qator ustunli, shifti bezak-dor ayvondan iborat.Minora (bal. 32 m) hovlida joylash-gan. Asosi sakkiz qirrali, yozma naqdshi turunjlar va koshin bilan pardozlangan. Jomega beshta (janubida bitta, shim. va sharqdan ikkitadan) darvoza orqali ki-rilgan. Andijon jome masjidi majmuasi m.m. qurilishida Isaxon, Yu. Musayev va boshqa ustalar qatnashgan. 1902 yilgi zilzilada shikastlangan. Binolar 1971 – 74; 1999-2000 yillarda ta’mirlan-gan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Andijon jome masjidi majmuasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil