Andijon zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Andijon zilzilasi
Andijon zilzilasi (Oʻzbekiston)
Bullseye1.png
Sana va
vaqti
16-dekabr, 1902-yil(1902-12-16)
Miqdori 8,9 Mw
Episentrning
joylashuvi
40°25′N 72°06′E / 40.42°N 72.10°E / 40.42; 72.10Koordinatalari: 40°25′N 72°06′E / 40.42°N 72.10°E / 40.42; 72.10
Taʼsir doirasidagi
davlatlar (hududlar)
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Talofatlar 4652 kishi halok boʻlgan.

Andijon zilzilasi – O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan biri. 1902 yil 16 dekabr soat 10da ro‘y bergan. Bu zilziladan Andijon shahri va uning atrofidagi qishloqlar katta tala-fot ko‘rgan. Yer ketma-ket uch marta silki-nib, birinchisi 8 – 9 ball, 1 – 1,5 mi-nutdan so‘ng ikkinchisi 9 balldan ortiq va yana 30 minut o‘tgach, uchinchisi 8 – 9 ball bo‘ldi. 50 ming kishi yashaydigan Andijon shahri bilan atrof qishloqlarda ko‘p joylar vayronaga aylandi. Zilzilada 4652 kishi nobud bo‘ldi. Zilzila nati-jasida Andijondan 5 – 6 chaqirim na-rigacha bo‘lgan temir yoʻl izlari egilib qoldi. Andijon stansiyasidagi parovoz va poyezd vagonlari izlaridan chetga surib tash-landi. 16 dekabrdan so‘ng ham bir necha oy davomida Andijonda yer qimirlab turdi. Zilzila oqibatida Andijon va uning atrofida eni 10 sm gacha bir necha yoriqlar paydo bo‘ldi. Ayrim yerlarda yer sathi 70 sm gacha cho‘qdi. Andijon zilzilasi Janubiy Farg‘ona flek-surasi – uzilish chizig‘i bo‘ylab sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Qorayorda (40,7° sh.k. 72,2° shq.u.da) joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Manba[tahrir]