Abdulmalik (katta toʻra)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulmalik (Katta to‘ra) (1848– 1909, hozirgi Pokistonning Pesho-var shahrida vafot etgan) – Karmana, so‘ng Huzor (G‘uzor) bekligi beki (1860–68). Buxoro amiri Muzaffarning katta o‘g‘li. 1868 yil yozida amir Muzaffar boshchiligidagi Buxoro qo‘shinlari rus qo‘shinidan yengilgach, bu holdan noro-zi bo‘lgan ruhoniylar, hukmron harbiy mulkdor tabaqa va fuqarolar Abdulmalik atrofiga to‘plana boshladilar va Shahrisabzda uni amir deb e’lon qildilar. Amir Muzaffar o‘g‘liga qarshi qo‘shin tortdi, biroq zarbaga uchradi va rus ma’murlaridan harbiy yordam so‘rashga shoshildi. Abramov boshchiligidagi rus qo‘shinlari 1868 yil 23 oktabrda A.dan tortib olib, amir Muzaffarga topshirdi. Abdulmalik atrof-teva-rakdan kuch to‘plashga kirishgan, xususan Xiva xoni Muhammad Rahimdan madad is-tab borgan, so‘ngra Hisor viloyatidan va turkmanlardan qo‘shin to‘plab, Qarshini otasidan tortib oldi. 1870 yil general Abramov qo‘shinlari Abdulmalikning kuchlarini tor-mor keltirib, Shahrisabz, Kitob va Qarshini amir Muzaffarga qayta olib berdi. Abdulmalik Afg‘onistonga, so‘ng Qashqarga (1873) o‘tdi. Qashqar Xitoy tomonidan bosib olingach, Abdulmalik Hindistondan panoh topdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil