Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (OʻzA) — Oʻzbekistondagi yetakchi informatsion agentlik. Axborotlarni oʻzbek, ingliz va rus tillarida tarqatadi. U oʻz faoliyatini Toshkentda 1918 yildan RosTAning boʻlimi sifatida boshlagan. Keyinchalik TASS tizimida respublika telegrafaxborot agentligi — OʻzTAG maqomida ish yuritgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 6 fevraldagi farmoni bilan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — OʻzA sifatida qayta tashkil etildi.

OʻzA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi faoliyati bilan bogʻliq rasmiy hujjatlarni asl manbadan olib, tezkorlik bilan tarqatadigan yagona davlat axborot agentligidir.

OʻzAda dunyodagi yirik, xususan, Xitoy, Turkiya, Rossiya, AQSH va boshqalar mamlakatlarning axborot agentliklari bilan axborot almashinuvi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. OʻzA mamlakat ichkarisida va xorijda mingdan ortiq obunachiga ega; OʻzA axboroti hamda suratlaridan foydalanuvchilar orasida nafaqat gaz. va jur.lar, televideniye va radiostansiyalar, balki Oʻzbekistondagi, MDH davlatlaridagi va boshqalar mamlakatlardagi elchixonalar, biznes markazlar, vazirliklar va idoralar ham bor.

Agentlikning Respublika axboroti, mahalliy axborot, xalqaro axborot, tarjima va fotoaxborot tahririyatlari mavjud. OʻzA mamlakatning barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻz muxbirlari va fotomuxbirlariga ega.

Noragi Ochilov.