Gʻuzor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘uzordan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Gʻuzor
shahar
38°37′15″N 66°14′53″E / 38.62083°N 66.24806°E / 38.62083; 66.24806Koordinatalari: 38°37′15″N 66°14′53″E / 38.62083°N 66.24806°E / 38.62083; 66.24806
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Qashqadaryo viloyati
Tuman Gʻuzor tumani
Aholisi
22 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Gʻuzor на карте
Red pog.png

Gʻuzor — Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi shahar (1977 yil dan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl statsiyasi Gʻuzor (3 km). Viloyat markazi (Qarshi shahri) dan 58 km janubi-sharqda. Aholisi 22,3 ming kishi (2005). Paxta tozalash. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, taʼmirlash, qurilish, "Shoʻr-tangaz" unitar shoʻʼba, "Shoʻrtangaz-kimyo" sanoat korxonalari, non kombinati, avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping , dehqon bozori va boshqa ishlab turibdi.

Umumiy taʼlim maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻuzor. yonidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Gʻuzordan Qarshi, Samarqand va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Gʻuzor" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil