Konstantin Kaufman
Konstantin Kaufman | |
---|---|
ruscha: Константи́н Петро́вич Ка́уфман | |
Tavalludi | 19 fevral (3-mart) 1818 |
Vafoti | 4 (16) may 1882 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Otasi | Pyotr von Kauffmann |
Onasi | Emilie Watson-Prittfield |
Konstantin Petrovich Kaufman (ruscha: Константи́н Петро́вич Ка́уфман; 1818-1882 Toshkent) —Turkistonni bosib olish maqsadida Rossiya uyushtirgan harbiy yurishlarning rahbari, Turkiston general-gubernatori (1867—82). Ruslashgan nemis dvoryani oilasida tugʻilgan. Rossiya imperatori xonadoniga yaqin oilada tarbiyalandi. Yettisuv kazak qoʻshinlarining atamani, general-adʼyutant (1864), muhandisgeneral (1874). Xalq oʻrtasida istehzo bilan "yarim podsho" deb atalgan. Rossiya Turkistonni bosib olishga kirishgach, Turkiston oʻlkasining 1-general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni. Kaufmanga Rossiya imperatori Aleksandr II juda katta vakolatlar bergan. Kaufman 1868-yil 1 yanvarda Toshkentga keldi. Kaufman Rossiya hukmron doiralarining shovinistik va bosqinchilik siyosatini Turkistonda izchillik bilan davom ettirdi. Buxoro amirligi (1868) va Xiva xonligi (1873) hududining katta qismini bosib oldi, Qoʻqon xonligini tugatdi (1876). Turkiston oʻlkasini boshqarish tartiblarini joriy qilib, oʻzi harbiy gubernatorlar, uyezd boshliqlari va politsiya faoliyatiga rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan mustaqil aloqalar oʻrnatgan. Kaufman Turkistonni mustamlaka asoratida saqlashga, uni Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantirishga katta xizmat qilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1-kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]