Teresa ona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kalkuttalik Teresa
Agnes Gonxha Bojaxhiu
Avliyo Teresa
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-avgust 1910-yil
Skopye, Usmonli imperiyasi
Vafoti 5-sentyabr 1997-yil(1997-09-05)
(87 yoshda)
Kalkutta, Hindiston
Oʻlim sababi Yurak xuruji
Millati arman
Onasi Dranafile (Drana) Bernai Bojaxhiu
Otasi Nikollë Bojaxhiu
Dini Xristian
Dafn etilgan joyi Kalkutta
Unvoni
Nobel mukofoti sovrindori
Nobel mukofoti sovrindori

Kalkuttalik Avliyo[1] Teresa (haqiqiy ismi Agnes Gonxha Bojaxhiu ;albancha: Anjezë Gonxhe Bojaxhiu; 1910 -yil 26-avgust, Skopye, Usmonli imperiyasi[2] — 1997-yil 5-sentabr, Kalkutta, Hindiston), butun dunyoda Teresa ona nomi bilan mashhur[3][4]  katolik rohiba, kambagʻallar va bemorlarga xizmat qiliuvchi mehr-shafqat rohibalari missionerlar monastir jamoatining asoschisi.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati (1979)

2003-yilda katolik cherkovi tomonidan bahtiyorlar siymosi safiga kiritilgan, 2016-yil 4-sentyabrda esa kanonizatsiya qilingan (avliyolar safiga kiritilgan)[5].

Teresaning faoliyati rohibaning shubhali siyosiy aloqalari, xayriya qilingan mablagʻlardan samarasiz foydalanganligi va davolash vaqtida ogʻriq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni rad qilgani uchun tanqid qilingan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy sari kiygan xayriya missionerlari
Kalkutta xayriya uyi
Nirmal Xriday, Teresa onaning Kalkutta hospisi , 2007-yil

Agnes 1910-yil 26-avgustda Makedoniyaning Skopye shahrida[6] tugʻilgan. Kosovo-albanlari Dranfile va Nikollëning kenja farzandi boʻlgan[7]. Keyinchalik, Teresa ona 27-avgust choʻqintirilgan kunini „Haqiqiy tugʻilgan kunim“ deb ataydi[6]. Uning ota-onasi katolik edi. Uning Agata ismli singlisi va Lazar ismli ukasi bor edi. Oila juda badavlat boʻlib, uning otasi yirik qurilish kompaniyasining egasi va muvaffaqiyatli savdogar edi. Dranfile koʻp vaqtini ibodat va hayriya ishlariga bagʻishlardi. Kambagʻallarni Boyagyu oilasi iliq kutib olardi, bundan tashqari, Dranfile oʻz farzandlari bilan bir nechta kambagʻal oilalalarni yoʻqlab borardi. Nikollë 1919-yilda oʻldirilgandan soʻng uch farzand bilan yolgʻiz qolgan Dranfile, tikuvchilik, kashtachilik va boshqa turli ishlar bilan kun kechirgan[8].

Agnes 1928-yilda oʻrta maktabni tugatgan. Bir kuni u cherkov ruhoniysi Hindistondagi missionerlarning maktublarini oʻqiyotganini eshitdib qoladi, uning taʼkidlashicha, shundan keyin ichki ovoz uni Hindistonda missioner boʻlishga undagan. U Irlandiyaga ketib u yerda „Loretoning Irland hamshiralari“ monastir tashkilotiga qoʻshiladi[8].

Koʻp oʻtmay, tashkilot uni Kalkuttaga yuboradi va 1937-yilda Agnes monastir qasamyodini qabul qiladi. Avliyo Teresa de Lizye sharafiga Teresa ismini oʻziga oladi. Song, taxminan 20 yil davomida monastirdagi qizlar maktabida dars beradi[9].

1946-yil 10-sentyabrda Teresa ona Darjilingdagi har yili oʻtkaziladigan Muqaddas Govenyaga boradi. U yerga ketayotib, poyezdda: „Boy va kambagʻallar orasida yasha, Men sen bilan boʻlaman“ degan ichki ovozni eshitganini aytadi[10]. Ammo, faqatgina 1948- yil avgust oyida monastirni tark etish va Kalkuttaning kambagʻal hamda qashshoqlariga yordam berish ruhsatini qoʻlga kiritadi[11].

1950-yil 7-oktyabrda Teresa ona Rim papasi Pi XII dan opa-singil missionerlar muhabbati tashkilotini yaratishga ruxsat oladi, tashkilot faoliyati millati va dinidan qatʼi nazar qashshoqlar va ogʻir kasallangan bemorlar uchun maktab, boshpana va kasalxonalar yaratishga qaratilgan edi[12].

1996-yilga kelib bu tashkilot dunyoning 111 ta davlatda 400 ta filiali, dunyoning 120 ta davlatda 700 ta Mehribonlik uylari oʻz ichiga oladi, 500 ming oilaga muntazam oziq-ovqat yordami koʻrsatiladi, kasalxonalarda, moxov koloniyalarida,OITS bilan kasallangan bemorlar poliklinikalarida 250 ming kishiga tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tashkilot filiallariga qarashli maktablarda 20 ming bola tahsil oladi. Tashkilot faoliyati jismoniy shaxslar, korxonalar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, davlat organlarining xayriya mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Norasmiy hisob-kitoblarga koʻra, uning yillik byudjeti 10-50 milliard dollarni tashkil qilgan[13].

1973-yilda Teresa ona din sohasidagi taraqqiyot uchun Templeton mukofotining birinchi laureati boʻlgan.

1979-yilda Teresa ona „Jabrlangan odamga yordam berishdagi faoliyati uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

U 1997-yil 5-sentyabrda Kalkuttada (Hindiston) 88 yoshida vafot etadi.

Diniy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir kun Teresa ona oʻzining xizmati haqida uning Masihga boʻlgan ishonchiga asoslanganligini aytgan.

Baʼzi manbalarga koʻra, Teresa ona oʻzining diniy qarashlari haqida deyarli ellik yil davom etgan shubha va kurashlarni boshdan kechirgan, baʼzi manbalarga koʻra, vafotigacha „na qalbida, na yuragida Xudoning borligini his qilgan.“[14],Teresa ona Xudoning borligiga chuqur shubha qilganligi va imonsizligi tufayli kuchli ogʻriqni boshdan kechirganini aytadi.

Salomatligining yomonlashishi va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teresa ona Rimda 1984-yilda Rim papasi John Poul II ning oldiga tashrifi chogʻida yurak xurujiga uchradi. 1989-yilda ikkinchi xurujdan soʻng unga sunʼiy yurak stimulyatori oʻrnatiladi. 1991-yilda Meksikada pnevmoniya bilan kurashganidan soʻng, yurak bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekadi. Teresa ona rahm-shafqat tashkilot rahbari lavozimidan voz kechishni taklif qiladi. Ammo tashkilot rohibalari yashirin ovozda unga qarshi ovoz berishadi.

1996-yil aprel oyida Teresa ona yoqa suyagini yiqish oqibatida sindirib oldi. Oʻsha yilning avgust oyida bezgak bilan kasallandi, shuningdek, chap qorincha yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Uning yuragi operatsiya qilinsada, sogʻligʻi yomonlashayotgandi. Teresa ona kasal boʻlib qolganida, oʻzining klinikalaridan birida emas, balki Kaliforniyadagi yaxshi jihozlangan shifoxonada davolanishga qaror qiladi. Kalkutta arxiyepiskopi Henri Sebastian D' Sauzaning aytishicha, Teresa ona yurak xastaligi bilan birinchi marta kasalxonaga yotqizilganida, u ruhoniyga Teresaning ruxsati bilan ekskorizmani (jinni chiqarib tashlashni) buyurgan, chunki u Teresani shaytonning tahdidi ostida boʻlishi mumkinligiga ishongan.

1997-yil 13-martda Teresa ona mehr-shafqat tashkiloti rahbari lavozimini tark etadi. U 1997-yil 5-sentyabrda vafot etadi. Uning vafoti vaqtida Teresa ona ishlagan missionerlar tashkilotidan 123 ta mamlakatdan 4000 missionerlar bor edi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident Raegan Teresa onaga Ozodlik medalini topshirmoqda.

Tereza ona xotiralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skopyedagi Teresa ona haykali.
  • Albaniyaning eng yirik xalqaro aeroport Teresa ona nomi bilan atalgan[36].
  • 2010-yilda Hindistonda Teresa onaga bagʻishlangan 5 rupiylik tanga chiqarilgan[37].
  • 2011-yil 26-sentyabrda Moskvada Bibi Maryamning begʻubor kontseptsiyasi sobori hududida Teresa ona haykali ochilishi boʻlgan[38].

Teresa ona haqida filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tereza ona haqida bir qancha hujjatli va badiiy filmlar suratga olingan:

  • 1969-yilda hujjatli film, 1971-yilda Teresa ona haqida Malkolm Muggerijning „Something Beautiful for God“ kitobi ham chiqdi.
  • 1994-yil „Doʻzax farishtasi“ (Hell`s Angel) hujjatli filmi Tereza onaning faoliyatini tanqid qiladi.
  • 2003-yilda „Kalkuttalik Tereza ona (Madre Teresa)“ filmi chiqdi, u 2007-yilda „CAMIE award“ mukofotini olgan. Bosh rolni mashhur britaniyalik aktrisa Olivia Hussi ijro etgan.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanadalik olimlar Serj Larivet, Jenevyev Chenard va Kerol Senxalning hisobotiga koʻra, Teresa klinikalari millionlab dollarli xayriyalar olishgan, lekin ularning bemorlari tibbiy yordam, tizimli diagnostika, zarur ovqatlanish va jabrlanganlar uchun yetarli ogʻriq qoldiruvchi vositalari qabul qilmagan[39]: „Teresa ona kasallar xochdagi Masih kabi azob chekishi kerak deb hisoblagan“[40].

Germaniyaning Stern jurnalida chop etilgan hisobotda aytilishicha, 1991-yilda rahm-shafqat missiyasi tomonidan olingan xayriyalarning atigi 7 foizi xayriya maqsadlarida ishlatilgan[41].

1963-yil 26-iyulda uning tugʻilgan shahri Skopye zilziladan jiddiy zarar koʻrganida (1070 kishi halok boʻlgan va binolarning 75 foizi vayron boʻlgan), Agnes oʻzining monastir tashkilotidan moliyaviy yordam ajratishdan bosh tortdi.

Hindistonda yuz minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan tabiiy ofatlar chogʻida Teresa ona jabrlanganlar uchun odamlarni duoga chaqirgan, biroq u hech qachon yordam uchun pul ajratmagan. Tadqiqotchilar shubhali siyosiy aloqalarga, uning qoʻlidan katta miqdorda pul oʻtganiga va Teresa onaning 100 mamlakatdagi 517 tashkilotida kasal va oʻlayotganlarga yomon gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotganiga ishora qilmoqda. Taniqli rohiba bemorning taqdiri azoblanishiga ishonib, shafqatsiz va dogmatik qarashlarga amal qilgan holda ogʻriq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlagan va shuningdek u, ajralish, abort va kontratseptsiyaga keskin qarshi chiqqan[42].

Tashkilotning mehribonlik uylari koʻpincha juda ayanchli, yomon va iflos boʻlgan. Kasallar esa yetarli oziq-ovqat va ogʻriq qoldiruvchi vositalarni olmagan. Bularni mablagʻ yetishmasligi bilan bogʻlab boʻlmasdi — Teresa ona butun dunyodan koʻp miqdorda pul olgan[43].

Mehribonlik tashkiloti davosi bor va davolab boʻlmaydigan bemorlarni ajratmagan, shuning uchun ham yashab qolgan odamlarning infektsiyadan oʻlishi xavfi boʻlgan. Teresa onaning oʻzi oʻz obyektlarini „Oʻlganlar uchun uylar“ (Houses of the Dying) deb atagan. Boshpanalarda yaratilgan shart-sharoitlardan farqli oʻlaroq, Teresa onaning oʻzi Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yevropa va Hindistondagi taniqli tibbiy klinikalarga malakali tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, bu esa Kristofer Xitchens[44] kabi tanqidchilar tomonidan ikkiyuzlamachilikda ayblanishiga sabab boʻlgan.

Teresaning eng mashhur tanqidchilaridan biri ingliz jurnalisti, adabiyotshunos olim va antiteist Hristofer Xitchens, „Missionerlik pozitsiyasi: nazariya va amaliyotda Teresa ona“ (The Missionary Position:Mother Teresa in Theory and Practice) esse muallifi edi. 2003-yilgi maqolasida u shunday deb yozadi: „Bu bizni boylarga indulgentsiya sotib ularni doʻzax otashidan qutqaradigan oʻrta asrdagi cherkov korrupsiyasiga qaytarib olib keladi. Teresa ona kambagʻallarning doʻsti emas edi. U qashshoqlikning doʻsti. U azob-uqubatlar Xudoning sovgʻasi ekanligini aytgan. U oʻz hayotini ayollarni majburan farzand koʻrishdan ozod qilishga va dunyoda qashshoqlikning oldini olishning yagona samarali yoʻli boʻlgan ayollar emansipatsiyasini oldini olishga, bagʻishlagan“[45]. Teresa oʻzining yurak xastaligni davolash uchun zamonaviy klinikani tanlaganida Hitchens uni ikkiyuzlamachilikda aybladi[46].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Мать Терезу причислили к лику святых — Meduza“ (ru). Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  2. „Mother Teresa of Calcutta (1910-1997), biography“. www.vatican.va. Qaraldi: 2019-yil 9-yanvar.
  3. Ф. Л. Агеенко. „Тереза. Словарь собственных имён русского языка. Печатное издание М.: ООО «Издательство "Мир и Образование"», 2010. Электронная версия, «ГРАМОТА.РУ», 2011.“. gramota.ru. — „Тере́за, -ы [тэрэ] (мать Тереза) (основательница и настоятельница католич. Ордена милосердия в Калькутте, Индия)“. Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.
  4. Лопатин В. В., Нечаева И. В., Чельцова Л. К.. Прописная или строчная? Орфографический словарь, Библиотека словарей ЭКСМО. М.: Эксмо, 2011 — 264 bet. ISBN 978-5-699-49001-1, ББК 81.2Рус-4. 
  5. „Ватикан причислил монахиню мать Терезу к лику святых“. Радио "Свобода" (2016-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 (2002) „Mother Teresa of Calcutta (1910—1997)“. Vatican News Service. Retrieved 30 May 2007.
  7. Poplin, Mary. The Marriage Devotional: 365 Simple Ways to Celebrate Your Love. Andoza:Нп3, 2011 — 97 bet. ISBN 978-0830834723. [sayt ishlamaydi]. — „Mother Teresa, Albanian Catholic Nun Founder of the missionaries of charity“.
  8. 8,0 8,1 „Detstvo“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  9. „Sestra i nastavnitsa“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  10. „Vtoroy zov“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  11. „Vne sten monastirya“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  12. „Orden miloserdiya“. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  13. Angel dlya ada
  14. „Time: Кризис веры Матери Терезы“. 2013-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  15. „Padma Shri Awardees“. Правительство Индии. 2014-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 июля 2017.
  16. „Mother Teresa“. Премия Рамона Магсайсая. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 июля 2017.
  17. „Awarding of the John XXIII International Peace Prize to Sister Teresa Boyaxhiu (6-yanvar 1971-yil)“. Святой Престол. Qaraldi: 15 июля 2017.
  18. „Previous Templeton Prize Winners“. Темплтоновская премия. Qaraldi: 15 июля 2017.
  19. „Albert Schweitzer International Prizes Ceremony at UNC-Wilmington“. Университет Северной Каролины в Уилмингтоне. Qaraldi: 15 июля 2017.
  20. „Mother Teresa receives La Storta Medal, 1976“. Скрантонский университет. Qaraldi: 15 июля 2017.
  21. „Supplement 47418, page 22“. The London Gazette (30 декабря 1977). Qaraldi: 15 июля 2017.
  22. „Mother Theresa of Calcutta“. Премия Бальцана. Qaraldi: 15 июля 2017.
  23. „The Nobel Peace Prize 1979“. Нобелевский комитет. Qaraldi: 15 июля 2017.
  24. „Bharat Ratna Awardees“. Правительство Индии. 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 июля 2017.
  25. „Мајка Тереза“. Город Скопье. Qaraldi: 15 июля 2017. [sayt ishlamaydi]
  26. „Bojaxhiu, Teresa. Companion of the Order of Australia“. Правительство Австралии (26 января 1982). 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 июля 2017.
  27. „Mother Teresa honoured by HM Queen Elizabeth II“. Andoza:Нп5 (24-noyabrya 1983). Qaraldi: 15-iyulya 2017.
  28. „Announcement of the Recipients of the Presidential Medal of Freedom“. Президентский проект Калифорнийского университета в Санта-Барбаре (8 апреля 1985). 2018-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 июля 2017.
  29. „96 лет назад родилась мать Тереза“. РИА Новости (27 августа 2006). Qaraldi: 15 июля 2017.
  30. „Лауреаты международной золотой медали имени Льва Толстого“. Российский детский фонд. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  31. „Od 1990. godine (Republika Hrvatska)“. Город Загреб. Qaraldi: 15 июля 2017.
  32. „Odluka kojom se odlikuje Veleredom kraljice Jelene s lentom i Danicom“. Andoza:Нп5 (22-avgusta 1995). Qaraldi: 15-iyulya 2017.
  33. „Honorary Citizens of the United States“. Сенат США. Qaraldi: 15 июля 2017.
  34. „Matka Teresa z Kalkuty ogłoszona świętą. "Nieśmy w sercu jej uśmiech"“. Польское радио (4 сентября 2016). Qaraldi: 15 июля 2017.
  35. „Congressional Gold Medal Recipients“. Палата представителей США. Qaraldi: 15 июля 2017.
  36. „Энциклопедия Кругосвет: Албания“. Кругосвет. 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  37. „Каталог монет. Республика Индия — юбилейные монеты“. 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-yanvar.
  38. Na otkritii pamyatnika materi Tereze v Moskve glavnoy temoy stalo razrushenie priyuta dlya bezdomnix
  39. Larivée, Serge; Carole Sénéchal; Geneviève Chénard. „Mother Teresa: anything but a saint ...“. Université de Montréal (2013-yil 1-mart). 2016-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-mart.
  40. Adriana Barton. „Mother Teresa was 'anything but a saint,' new Canadian study claims“. The Globe and Mail (2013-yil 5-mart).
  41. Pointing Fingers At Mother Teresaʼs Heirs. Forbes. 8/10/2010
  42. Uchenie: Obraz materi Terezi sozdan pressoy i ne viderjivaet proverki faktami
  43. Robin Fox. „CALCUTTA PERSPECTIVE: Mother Theresa's care for the dying“ (en). The Lancet (1994-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  44. „Nobel-Winner Aided the Poorest“. — „In 1983, she had a heart attack, and in 1989, she received a pacemaker. In 1991, she was treated in California for heart ailments and pneumonia. In 1993 in Rome, she broke three ribs. In the same year, she developed malaria, which was complicated by heart and lung problems. Last April, she broke her collarbone. She also suffered from arthritis and failing eyesight.“. 2013-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-avgust.
  45. Hitchens, Christopher „Mommie Dearest“. Slate (2015-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 19-dekabr.
  46. cf. Fr. James Martin, SJ, Letter in The New York Review of Books, 19 September 1996 In Defense of Mother Teresa, accessed 2 February 2014.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]