Kaliforniya
Kaliforniya - AQSH jan.gʻarbidagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd. 411 ming km2. Aholisi 34,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Sakramento sh. Shtat markazini keng Qirgʻoq boʻyi tizmalari b-n oʻralgan Kaliforniya vodiysi egallagan. Yirik daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Sharqda Syerra-Nevada togʻlari, jan.da Moxave qumli choʻli va chuqur tektonik botiqlar (Ajal vodiysi, Solton-Si koʻli) b-n chegaradosh. Iklimi yozi issiq va kishi sernam oʻrta dengiz iqlimi. Shtatning togʻ yon bagʻirlarida issiq va quruq iqlim. Togʻ qaragʻay oʻrmonlari va qattiq bargi doim yashil butalar oʻsadi. K.da Yosemit, Lassen-Volkanik, Sekvayya va Kings-Kanon milliy parklari tashkil etilgan. Neft, tabiiy gaz, oltin, simob, temir rudasi va b. foydali qazilmalar olinadi.
K. AQShning iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan shtati, muhim harbiy i.ch. markazi. Aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), qora metallurgiya rivojlangan. Koʻplab oziq-ovqat (ayniqsa, konserva sanoati) korxonalari bor. Muhim sanoat markazlari — Los-Anjeles, San-Fransisko, San-Diyego, Oklend. Gollivudda kino sanoati rivoj topgan.
Q.h. intensiv dehqonchilik b-n birga (asosan, meva va sabzavotlar, sitrus mevalar, paxta), ekstensiv chorvachilikka ixtisoslashgan. Shim.
da oʻrmonchilik, dengiz boʻylarida baliq ovlash, turizm rivojlangan.
Muhim portlari: San-Fransisko, Los-Anjeles. Harbiy bazalar, Kaliforniya universiteti bor.
K.ga yevropaliklar 16-a.da kela boshlagan. 18-a.dan ispanlar uni mustamlakaga aylantirganlar. Meksika mustaqillikka erishgach (1821), K. hududi uning tarkibiga kirgan. AQTT1 — Meksika urushi (1846—48) natijasida K. Meksikadan tortib olinib, AQShga qoʻshib olingan; 1850 y.dan AQSH shtati. [1]
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Sacramento | ||||
| Eng yirik shaharlar | Los Angeles San Diego San José |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 3-oʻrinda 423,970 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 1-oʻrinda 36,132,147 |
||||
| YShM |
AQSh: 1-oʻrinda $1,550,753 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
31-boʻlib 9 sentabr 1850 |
||||
| Vaqt | UTC-8 (PST) | ||||
| Qisqartma | CA [6] | ||||
| Shtat guli | California Poppy |
||||
| Shtat daraxti | California redwoods |
||||
Kaliforniya - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Sacramento shahri. AQSh ittifog`iga 9 sentabr 1850 yilda kirgan, undan oldin - Mexican Cession, Alta California. Kaliforniya hududi jihatidan O`zbekiston hududiga yaqin.