Laureat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laureat [lot. laureatus — boshiga dafna (lavr) gulchambari kiygizilgan] — davlat mukofoti yoki xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan shaxs, shuningdek, tanlovlar (asosan, badiiy tanlovlar) gʻolibi. "L." atamasi Yunonistonda paydo boʻlgan.U yerda biror musobaqa gʻoliblari "gʻalaba toji" sifatida dafna daraxti yaproqlaridan qilingan faxriy gulchambar bilan taqdirlangan. Bunday odat keyinchalik Qad. Rimda ham tarqalgan. Gʻoliblarni dafna gulchambarlari bilan takdirlash hozirga qadar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil