Antiteizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antiteizm (yun. ἀντί — „qarshi“ va teizm) deb teizmga boʻlgan faol qarshilikka aytiladi. Dunyoviy maʼnoda atama dinlarga qarshilikni, diniy tarafdan esa xudolarda qarshilikni bildiradi.

Dinni zararli va xavfli, deb qarovchilar oʻzlarini antiteist deyishlari mumkin. Masalan, britan adibi Christopher Hitchens yozgan: „Men ateist emas, koʻproq antiteistman: men nafaqat barcha dinlar bir yolgʻonning turli koʻrinishidir, deyman, balki diniy tashkilot va eʼtiqod samaralarini zararli, deb topaman.“[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Christopher Hitchens - Book Excerpt. Asl nusxadan arxivlandi (2009-09-15).