Aleksandr Pushkin
| Aleksandr Pushkin | |
| Александр Сергеевич Пушкин | |
Aleksandr Pushkin, O.A. Kiprenskiy ishlagan potret |
|
| Tavallud sanasi: | 1799-yil 26-may (6-iyun) |
| Tavallud joyi: | Moskva, Rossiya imperiyasi |
| Vafot sanasi: | 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) |
| Vafot joyi: | Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
| Imzo: | 128px |
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer - yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).
Asarlari[tahrir]
Romanlar:
- «Erkinlik» (1817, oda),
- «Chaadaevga» (1818)
- «Qishloq» (1819)
- «Hanjar» (1821)
- «Qur’onga taqlid»
- «Andrey Shene»
- «19 oktyabr»
- «Stenka Razin haqida qoʻshiq»
- «Sibirga maktub»
- «Armon» kabi she’rlari
- «Ruslan va Lyudmila»
- «Kavkaz asiri» (1820-21)
- «Aka-uka qaroqchilar» (1821-22)
- «Boqchasaroy fontani» (1823)
- «Graf Nulin»
- «Poltava»
- «Mis chavandoz» (1833)
- «Gavriiliada» (poema)
- «Yevgeniy Onegin» (she’riy roman)
- «Buyuk Pyotrning habashi»
- «Boris Godunov» (tragediya)
- «Arzrumga sayohat»
Povestlar:
- «Dubrovskiy» (1832-33)
- «Kapitan qizi» (1836)
Nasriy asarlar:
- «O’q»
- «Boʻron»
Ertaklar:
- «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1830-34)
- «Baliqchi va baliq haqida ertak» (1830)
- «Shoh Saltan haqida ertak» (1831)
- «Oltin Xoʻroz haqida ertak» (1834)
Havolalar[tahrir]
- Поэзия и проза Пушкина А. С. в библиотеке Алекса Неста
- Сказка о рыбаке и рыбке, Спб., Берлин: Издательство З. И. Гржебина, 1922, на сайте «Руниверс»
- Фундаментальная электронная библиотека «Русская литература и фольклор»
- Информационно-справочный портал «А. С. Пушкин»
- Сочинения А. С. Пушкина в старой орфографии
- Хронологическая таблица Пушкин А.С
- Предки А. С. Пушкина до 14-го поколения
- Галерея рисунков и портретов, сделанных Пушкиным в своих произведениях
- Цявловская Т. Г. Рисунки Пушкина
- Пушкин и Лермонтов. История отношений