Pretoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pretoriya - JARning poytaxti. Apis daryosi sohilida, oʻrtacha 1738 m balandlikda. Transvaal provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 526 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Yanv. (eng issiq oy)ning oʻrtacha t-rasi 21,4°, iyul (eng sovuqoy)niki 10°. P. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning qora metallurgiya sanoati markazi. Shahar ishchilarining deyarli yarmi metallurgiya k-tida ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik (tayyor kismlardan avtomobil yigʻish, velosipedlar va elektr ji-hozlari i.ch.), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oynashisha, poligrafiya sanoati korxonalari, shahar yaqinida ferrovanadiy ishlab chikariladigan zavod bor. P. yakinidan olmos va temir rudalari qazib olinadi.

P. 1855 y.da burlar qalʼasi sifatida bunyod etilgan va burlarning siyosiy arbobi M. Pretorius nomiga qoʻyilgan. 1860 y.dan Transvaal burlar respublikasi poytaxti. 1910 y.dan Jan. Afrika Ittifoqi, 1961 y.dan JAR poytaxti. P.dahukumatidoralari, banklar, kompaniyalar joylashgan. Un-t, ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylar, hayvonot bogʻi, rasadxona, kutubxonalar, teatrlar, kartinalar galereyasi va h.k. bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil