Port-lui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Port-lui — Mavrikii davlati poy-taxti. Mavrikiy o.ning shim.gʻarbiy qismida. Port-Lui okrugining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik, oʻrtacha t-ra fevralda 26°, avg .da 19°. Yillik yogʻin 2000 mm. Aholisi 128 ming kishi (2000). P.-L. — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. hind okeani sohilidagi port. Shosse yoʻllar tuguni. Neftni qayta ishlovchi, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, oziqovqat (shakarqand, yogʻmoy, tamaki) korxonalari mavjud. Un-t, institut, muzeylar, badiiy galereya, kutubxona bor. Qad. fort va qalʼa saqlangan. Shaharga 1736 y.da asos solingan. Suvaysh kanali ochilgunga qadar Hind okeanida yirik savdo porti boʻlgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil