Antananarivu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antananarivu (Tananarive) - Madagaskar Respublikasining poy-taxti. Antananarivu provinsiyasining ma’muriy markazi. Madagaskar o.ning markaziy qismidagi platoda joylashgan. Aholisi 802 ming kishi (1990). Mamla-katning iqtisodiy markazi. A. Tamatave porti va Ansirabe shahri b-n t.y. orqali tutashgan. Avtomobil yo‘llari tuguni. A.dan 50 km narida xalqaro aeroport bor. Sanoati oziq-ovqat (go‘sht konserva-lash, sholi oqlash), charm poyabzal, kimyo, tikuvchilik, yog‘ochsozlik korxonalaridan iborat. Un-t, tibbiyot va farmakologiya, adabiyot va sotsiologiya millim maktabla-ri, FA, tarix va xalq san’ati muzeylari, teatrlar, rasadxona, botanika bog‘i bor. A. 17-a. 1-yarmida bunyod etilgan. 17— 19-a.larda Madagaskar qirollarining qarorgohi. 1895 y.da A.ni Fransiya qo‘shinlari egallagach, Tananarive nomi b-n Fransiyaning Madagaskar mustamla-kasi ma’muriy markazi. 1960 y. 26 iyun-dan mustaqil Malagasi Respublikasi-ning , 1975—92 y.lar Madagaskar Demo-kratik Respublikasining poytaxti.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil