Banjul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Banjul, Baterst — Gambiyaning poytaxti, eng katta port shahri, savdo va sanoat markazi. Aholisi 135 ming kishi (shahar atrofi b-n, 1995). B. 1816 y. Sent-Meri o.da qurila boshlagan va unga Britaniya mustamlakalar ministri Baterst nomi berilgan va 1973 y.gacha shu nomda atalgan. 1965 y.dan mustaqil Gambiyaning poytaxti. Oziq-ovqat (yer yongʻoq tozalash, yogʻ i. ch., baliq konservalash) sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, taxta tilish zavodlari bor. Gambiya tashqi savdosi muomalasining deyarli hammasi B. orqali oʻtadi. Chetga yer yongʻoq, teri xom ashyosi va mum chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Xalqaro aeroport va oʻqituvchilar tayyorlovchi kollej bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil